Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi a. A. Pulatov, m a qdirova sport pedagogie



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/64
Sana27.06.2022
Hajmi4,93 Mb.
#711349
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64
Bog'liq
SPORT-PEDAGOGIK-MAHORATINI-OSHIRISH-VALEYBOL

Maqsadi
To‘p sari yugurib boruvchi va uni to‘g‘ri yo‘Uovchi uzatuvchini 
rag‘batlantirish.
Shaylanish
Наг bir tomonda uch nafar orqa qator o ‘yinchilari joylashadi. 
Ulaming har bin orqasida orqa chiziq bo‘ylab zaxira o‘yinchilari 
turadi. Bir uzatuvchi ikki tomonda faoliyat ko‘rsatadi. Uzatuv- 
chilarni almashtirib turing! To‘p tashlab beruvchi va iluvchi to‘p!i 
savat bilan maydoncha tomonda joylashadi.
131


M ashqni q o ila sh
1. To‘p tashlovchi to‘pni maydonchaning xohlagan tomonidan 
tashlaydi. Uzatuvchi to‘p tashlangan tomonga harakatlanadi.
2. 0 ‘yinchilar to‘pni uzatadilar va 3 m li hujum chizig‘idan 
hujum uyushtiríladi. Uzatuvchi to‘r oldida qoladi.
3. G ‘alaba qilgan tomon harbir harakati uchun ochko ishlaydi. 
0 ‘yin 8 ochkogacha davom etadi.
4. Hujum qilgan o‘yinchi orqasidagi zaxira o‘yinchi o‘yin- 
dan chiqqanni almashtiradi. Almashinish harakat davomida 
kechadi.
5. Har bir uzatuvchi 10 marta to‘p uzatadi va keyingi ch iziqdagi 
uzatuvchi maydonchaga kiradi. Lekin harakat uzatuvchilar alma- 
shinuvi boshlanmasdan kechishi kerak.
T renr ko‘rsatm asi
To‘pni uzatish yo‘nalishini jamoada qabul qilingan belgilar 
yordamida e’tirof etgan hujumchilami rag‘batlantiring!
Variantlar:
q
• har bir harakatda to‘p uzatuvchini almashtiring;
• hujum qiladiganlar xato qilmaguncha maydonchada qolishi 
mumkin. Orqa chiziqda o‘yinchi orqasida turgan o‘yinchi 
xato qilganda almashtiriladi;
• ikki tomonga ham uzatuvchi kiriting.
1. Trener to‘pni uzatuvchiga tashlaydi, u xohlagan hujumchiga 
to‘pni yo‘llaydi. Uzatuvchi maium vaqt to‘siq mohiyatini o‘qiydi. 
Bu chora hujumchiga to‘siqqa qarshi eng yaxshi zarba berish 
uchun qo‘llanadi.
2. 12 marta to‘p o‘ynalgandan keyin trener hujumchilami va 
to‘siqchilami almashtiradi.
3. Yangi hujumchilar va to‘siqchilar mashqni bajaradi.
4. Uzatuvchilar har uch to‘p o‘ynalgandan keyin yoki har 
raunddan keyin almashinadi.
5. Hujumchilar har raundda yoki har to‘p o ‘ynalganda 
yugurishi uchun hujum turini almashtirib turing.
6. B tomonda turgan trener ma’lum hujumchiga yoki barcha 
hujumchilarga to‘siq qo‘yuvchi jamoaning to‘siq qo‘yishini o‘qish- 
ga imkon beradi. 0 ‘rta to‘siqchi har to‘p uzatishga qarab harakatini
132


f
o‘zgartiradi. Keyingi o‘rta to'siqchi 3 m oraliqdan awalgi oerta 
to‘siqchini almashtirishga tayyor turadi.
7. Maqsad — 12 imkoniyatdan muvaffaqiyatli foydalanish.
T reuer ko‘rsatm asi
• Sabr-toqatli boiing. Bu mashq jamoa mukammallikka 
erishguncha takrorlanishni talab qiladi.
• 0 ‘yinchilarga har bir pozitsiyada o‘ynash imkoniyatini 
bering. Bu ulaming o‘yinni tushunishi va to'pni nazorat 
qilishini yaxshilaydi.
• B tomonda himoyachilami ko‘paytiring.
• To6pni to‘rdan chalg‘itib tashlovchi va hujumchi guruhlar 
o‘rtasida raqobatni yarating.
Hujum to‘pni uchib kelish vaqtida kechadigan o‘yin usuli 
sifatida o‘z tartibiga uch yoki to‘rt bosqichli harakatlami kiritadi; 
oyoqdan oyoqda hatlash, pastroq holatiga tushib, keskin sakrash 
va q o i bilan to‘pni raqib maydonchasiga yo‘llash. Shuning uchun 
ham hujum ko‘nikmasi bir necha qismlarga boiib o’rgatiladi. 
Qismlami alohida 0‘yinchilarda ko6p martalab takrorlash yaxshi 
natija beradi. Lekin bunday mashqlami qoilashda to‘pning
133


balandligi, tezligi, yo‘nalishi kabi xususiyatlar e’tiborga olinishi 
darkor.
Hujum zarbalari yoki raqibni chalgitib to‘pni qarshi maydonga 
tashlash (skidka) turli zonalardan amalga oshiriladi. Aynan mazkur 
hujum harakatlari integrallashtirilgan uslub boiib, ulami ijro etish 
mahorati har bir o‘yin vaziyatida foydali natijaga erishish imko- 
niyatini yaratadi.
Voieybol amaliyotida yuzaga keladigan o‘yin vaziyatlari va 
hujum harakatlari qaysi zonadan uyushtirilayotganiga qarab turli 
mazmun hamda usullarda ijro etiladi.
0 ‘yinchining individual harakati jamoa harakatining hal qiluv- 
chi qismi hisoblanadi. Bunday harakat to‘psiz va to‘p bilan amalga 
oshiriladi.
0 4yinchm ing to ‘psiz h a ra k a ti. 
Bunday harakat joy tanlash, 
kiritilayotgan to‘pni qabul qilish, birinchi to ‘pni uzatish, hujum 
zarbasi va boshqa hujuqj harakatlari bilan ifodalanadi. Bu 
harakatlar o‘yin davomida uzliksiz takrorlanib turadi.
Ikkinchi to‘pni uzatish uchun joy tanlash quyidagicha amalga 
oshiriladi:
1) bogiovchi o‘yinchining hujum zonasida harakatlanib, qulay 
joyni tanlashi;
2) bogiovchi o ‘yinchining orqa chiziq zonalari o ‘yinchisi 
ortidan oldingi zonalarga maqsadli chiqishi. Bunday vazifa 
kiritilayotgan to‘pni qabul qilishda bajariladi;
3) orqa chiziq o‘yinchisining zonadan chiqishi; bunday harakat 
kiritilayotgan to‘pni qabul qilishda ham, o‘yin davomida ham 
qoilaniladi;
4) aniq yetkaziladigan to‘pga chiqish. Bu harakat to‘p noaniq 
qabul qilinganda yoki bogiovchi o‘yinchi turgan joydan qarama- 
qarshi tomonga yo‘naltirilganda qo‘llaniladi.
Ikkinchi to‘pni uzatish uchun joy tanlashda bogiovchi o‘yinchi 
quyidagilami bilishi lozim:
1) bogiovchi o ‘yinchining joyi 2-zonada, yon chiziqdan 
1,5—2 m. Oraliqda boiishi kerak.
2) orqa zonalardan ikkinchi to ‘pni uzatishga chiquvchi tÿpni 
uzatishga chiquvchi o‘yinchi o‘z jamoadoshlariga xalaqit bermasligi
134


r
kerak. Ikkinchi to‘pni uzatishda kiritilayotgan to‘pga qarshi yoki 
raqib yo‘llagan zarba to‘piga tik chiqishi mumkin emas.
3) 
ikkinchi to‘pni uzatadigan o‘yinchi to‘p yo‘nalishi va baland- 
ligini aniqlamaguncha keskin harakatlanishga y o i qo'ymasligi 
kerak.
0 ‘yinchining hujum zarbasini ijro etish uchun to‘psiz harakat- 
lanishi va joy tanlashi quyidagi holatlar bilan belgilanadi: dastlabki 
holat, qulay joy tanlash, oldindan siljishi yoki harakatlanish va 
hujum zarbasiga chiqish.
Dastlabki joylashish holatini tanlashda har bir o'yinchi 
o'ziga qulay joyni egallashi lozim, masalan, 4-zona — 3 m li 
hujum chizig'i ortida yoki yon chiziq atrofida joylashish 
maqsadga muvofiq. Bu rejalashtirilgan taktik kombinatsiya 
turiga bogiiq boiadi. Keyinchalik o‘yinchi samarali harakatni 
amalga oshirish uchun u oldindan birmuncha orqaga va chap 
tomonga siljiydi. Hujum zarbasi uchun chiqish uch yo‘nalishda 
kechadi: to‘g‘ri to‘r o ‘rtasi — 3-zonaga, 3- va 4-zona o ‘rtasiga 
yoki to ‘r chegarasiga (antennaga). 2-zonadan o'yinchi yon 
chiziqdan biroz uzoqroq va qisman orqaga siljigan holatda turishi 
mumkin. 3-zonadan, 3- va 2-zonalar o‘rtasidan va t o e i n g o‘ng 
tomon chegarasidan hujum tashkil qilish uchun ham o'yinchi 
muvofiq yo‘nalishda harakatlanadi, 2-zoanadan 4-zonaga ham 
hujum zarbasi uchun chiqish imkoniyati bo‘lishi mumkin.
Hujumchi o ‘yinchi 3-zonada quyidagicha joylashishi mumkin:
— 3 m li hujum chizig‘i atrofida — ikki yon chiziq o‘rtasida;
— o‘rtadan o‘ngroqda;
— o‘rtadan chaproqda;
— 3-zona atrofida to£rdan 1—2 m oraliqda.
Shunday xatolar uchraydiki, 3-zonada turgan o ‘yinchi 
oldindan 4 yoki 3-zonaga hujum qilish uchun chiqish kerak.
Bunday holatda u uch metrlik chiziq o‘rtasining chaproq 
tomonida yoki o‘ngroq tomonida joylashishi lozim boiadi.
3-zonadan hujum qilishda o‘yinchilar to‘rga nisbatan burchak 
yo‘nalishida chiqishi darkor. Agar o‘yinchi to ‘p uzatuvchining 
orqa tomonidan hujum qilmoqchi bo‘lsa, (2- yoki 4-zonadan), 
unda u o‘ziga qulay boiishi uchun orqaga 5» yonga — oldinga
135


o‘ng tomonga yoki chap tomonga harakatlanishi zarur. Agar 
o‘yinchi to'rdan 1—2 m oraliqda joylashgan boisa, unda u to‘p 
kiritish vaqtida biroz orqaga siljib turishi kerak. O'yinchilar hujum 
zarbalariga chiqishi uchun quyidagi holatlarga amal qilishi lozim:
— hujum xavflni yaratish;
— boshqa zonalarga haiakatlanib to‘siq qo‘yuvchilami chal- 
g'itish;
— har zumda hujum zaïbasini berishga tayyor bo'lish;
— boshqa o'yinlarning o‘zaro harakatiga xalaqit bermaslik, 
amalga oshirilayotgan taktik kombinatsiya shiddati va ritmiga 
bo'ysunish.
O'yinchining to ‘p bilan ijro etiladigan harakati 
bularga — 
hujum usulin tanlash, uni o‘z vaqtida va samarali qollash cho- 
ralari kiradi. 0 ‘yinchi raqibga xavf solishi, ruxiy ta’sir etishi, to‘p 
kiritish usullarini almashtirib uni chalg'itishi, turli o'zgaruvchan 
yo'nalishlarda aniq zarba berib, raqibning himoya tizimini izdan 
chiqarishi, goh kuchli, goh%ekin, goh chalg'ituvchi zarbalar berib 
psixik muvozanatni buzishga urinishi mumkin. Bundan tashqari, 
hujum zarbalariga uzatiladigan to‘p tezligi va yo'nalishini o‘zgartirib 
turish ham yaxshi natija beradi.
To‘p kiritishni o'zgartiruvchan taktika bilan amalga oshirish 
raqibni to‘p qabul qilishiga va maqsadli hujunmi tashkil qilishiga 
salbiy ta’sir ko'rsatadi. Ko'pincha to‘p kiritish ochkoga erishish 
bilan yakunlanadi. Bunday imkoniyat sakrab kuch bilan to‘p 
kiritish, maydonning qaltis joylariga to‘p kiritish orqali qo‘lga 
kiritiladi.
Uzanlashtirilgan arg'imchoq

Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish