2.3. O‘z-o‘zini tekshirish uchun misol, masala va savollar
lgk ning Т¯1 ga bog‘liqlik grafigi (chizmasi) qanday ko‘rinishga ega?
Tezlik doimiysi o‘lchamga egami va unimaga bog‘liq?
Birinchi moddaning konsentratsiyasi 2,5·10¯1 mol/l va ikkinchi moddaning konsentratsiyasi 4,5·10¯7 mol/l bo‘lganda ikkinchi tartibli reaksiyaning tezligi 4,5·10¯7 mol/l.s ga teng. Tezlik doimiysining qiymatini (sm3/ mol.l) hisoblang.
Birinchi tartibli reaksiyaning tezlik doimiysi ifodasini yozing.
Tasirlashayotgan moddalar teng konsentratsiyalarda olingan bo‘lsa, ikkinchi tartibli reaksiyaning tezlik doimiysi qiymati grafik shaklda qanday aniqlanadi?
Birinchi va ikkinchi tartibli reaksiyalarning tezlik doimiysi o‘lchamlarini ko‘rsating.
Kimyoviy reaksiyaning tezlik doimiysiga quyidagi omillarning qaysilari tasir etadi: reaksiyaning tabiati, moddalar konsentratsiyasi, katalizator qo‘llanilgan eritmaning tabiati, bosim, harorat?
Kimyoviy reaksiyaning tezligini (tezlik doimiysi) fizik-kimyoviy analiz usullari bilan aniqlashda qanday maxsus sharoitni qo‘llash kerak.
Ikkita bir xil artibli reaksiyalarning eksponensial ko‘paytirgichi (a) bir xil qiymatga ega, lekin ularning faollanish energiyasi 83.169 kJga farq qiladi, ulaning 443 K da tezlik doimiysi nisati (k1/k2) ni aniqlang.
Agar k1 > k2 >k3 bo‘lsa
Reaksiyaning energetik diagrammasini chizmada ifodalang va ΔН qiymatini aniqlang.
Agar A va B larning konsentratsiyalari 0,05 va 0,1 mol/l, reaksiya tezligi esa 5*10¯ 5 mol/l min. Bo‘lsa, А+В=С reaksiyaning tezlik doimiysi qiymatini aniqlang.
A moddaning C moddaga aylanishi quyidagi sxema bilan boradi:
Bunda reaksiyaning ikkinchi bosqichi energiya yutish bilan sodir bo‘ladi va k1 > k2 ; k2 >k3 . jarayonning energetik diagrammasini sxematik tarzda ifodalang va jami jarayonlar yig‘indisi uchun ΔH qiymatini aniqlang.
А+2В=С gipotetik reaksiya uchun quyidagi kinetik qiymatlar olingan.
Tajriba №
|
[A], mol/l
|
[B], mol/l
|
Tezlik, mol·l – 1 . s – 1
|
1
2
3
|
0.20
0.40
0.20
|
0.10
0.10
0.20
|
7.0· 10 – 5
7.0· 10 – 5
2.8· 10 – 4
|
Shu reaksiyaning tezlik doimiysi qiymatlarini aniqlang.
Moddaning parchalanish reaksiyasi birinchi tartibga ega. Agar shu moddaning konsentratsiyasi 2,5·10¯3 vaqt davomida yarmigacha kamaysa parchalanish reaksiyasining tezlik doimiysi qanday qiymatga teng bo‘ladi?
Ayni moddaning parchalanishi birinchi tartibli tenglama asosida boradi: SO2Cl2(g) →SO2+Cl2(g). Quyida keltirilgan kinetik kattaliklar yordamida shu reaksiyaning tezlik doimiysi qiymatini toping.
Vaqt, s
|
Reagent bosimi, atm.
|
0
2500
5000
7000
10000
|
1.000
1.947
0.895
0.845
0.803
|
A reagent bo‘yicha ikkinchi tartibli bo‘lgan reaksiya 350 minut davomida konsentratsiyasi 1,35 mol\l bo‘lsa, bu reaksiyaning tezlik doimiysi qiymati qanday bo‘ladi?
Quyida keltirilgan (jadval) metilizonitrilning qayta guruhlanish reaksiyasi tezlik doimiysi qiymatlaridan foydalanib, shu reaksiyaning 430 K dagi tezlik doimiysi qiymatini hisoblang.
Harorat, 0S
|
k, sek – 1
|
139.7
198.9
230.3
251.1
|
2,52· 10 – 5
5,25· 10 – 5
6,30· 10 – 4
3,16· 10 – 3
|
2NO2(g) →2NO(g) +O2 (g) reaksiyaning faollanish energiyasi 113.5 kJ/mol. Agar 600 0С da tezlik doimiysi 0,75 mol¯1. l.sek¯1 bo‘lsa, 5000С da tezlik doimiysining qiymatini toping.
N2O5 parchalanish reaksiyasi birinchi tartibli bo‘lib, tezlik doimiysi (T=298 K da) 0,002 min¯1 га teng. 2 soat davomida azot (V)- oksidning necha foizi parchalanganligini aniqlang.
CH3COOC2H5+NaOH → CH3COONa +C2H5OH reaksiyaning tezlik doimiysi T=298 K da 5,4 min¯1 (kmol/m3)-1, agar efir va ishqorning boshlang‘ich konsentratsiyalari bir xil 0,02 kg – ekv/m3 ga teng bo‘lsa, 10 minut davomida efirning necha foizi tasirlashganligini aniqlang. Reaksiyaning ikkinchi tartibli deb hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |