Yechish. Selsiy gradusi bo‘yicha ifodalangan haroratni, Kelvin shkalasidagi, gradusga aylantirib, so‘ngra 1/T ni qiymatlarini hisoblab, tezlik doimiysining tegishli logarifmik qiymatini (lgk) topish kerak. olingan natijalar quyidagi ko‘rinishda, jadvalda keltirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Harorat, K
|
1/Т, К – 1
|
lgk
|
462,6
471,9
503,3
524,1
|
2,160·10 – 3
2,118·10 – 3
1,986·10 – 3
1,907·10 – 3
|
-4,60
-4,29
-3,20
-2,50
|
Jadvalda olingan qiymatlar asosida koordinatlarda lgk-1/T bog‘liqlik grafigi chiziladi.
15-rasm. Metilizonitrilni qayta gurug‘lanish reaksiyasi tezlik doimiysi logarifmini teskari haroratga bog‘liqligi.
15-rasmdan ko‘rinadiki, olingan qiymatlar to‘g‘ri chiziqda yotadi. Bu grafikdan tga ni hisoblash uchun bir-biridan yetarli darajada uzoqda joylashgan ikkita nuqtani olib, ularni koordinatlari ordinata va absissa o‘qlari bo‘ylab, aniqlanadi:
Ea = - 2,3R tga = - 2,3·(8,31)·(8330) = 159000 j/mol = 159kj/mol
Shunday hollar ham uchraydiki, ularda lgk -1/Т bog‘liqlik to‘g‘ri chiziq bilan ifodalanmaydi, balki murakkab ko‘rinishga ega bo‘ladi (16-rasm), reaksiya murakkab bo‘lib, haroratga bohliqligi turlicha bo‘lgan bir necha bosqichlarda boradi. Bunda grafik har xil og‘ish burchagiga ega bo‘lgan ikkiga to‘g‘ri chiziq tarzida interpretatsiyalanadi. Og‘ish burchagi (tga) har xil qiymatga va shunga bog‘liq holda faollanish energiyasi ham har xil qiymatga ega bo‘ladi. Past haroratlarda Еа ning qiymati kaichik bo‘lgan reaksiya, yuqori haroratlarda esa Еа ning qiymati katta bo‘lgan reaksiya yaxshi ketadi. Bunday reaksiyalarga misol sifatida vodorod va oltingugurt orasidagi reaksiyani olish mumkin, bunda reaksiyaga kirishuvchi moddalar suyuq va gaz fazalaroda bo‘ladi va gaz fazasida ketadigan reaksiya Yea ning katta qiymatlari bilan harakterlanadi, bunga 2-chiziq to‘g‘ri keladi (16-rasm), vodorodning suyuq oltingugurt sirtida boradigan reaksiyasi esa Еа ning kichik qiymatiga mos keladi (16-rasm 1-chiziq).
Ayrim hollarda ln-1/Т (lgk – 1/Т) bog‘liqlik grafigi absissa o‘qiga parallel bo‘lgan to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘ladi (17-rasm). Bu esa erkin radikallar yoki atomlarning rekombinatsiyasi yoki disproporsiyalanishiga mos keladi va ulardan ayrimlari quyida misol sifatida keltirilgan;
R˙ + R˙ → R – R; CI˙ + CI → Cl2, CH˙3 + H˙ → CH4
R – CH2 - CH˙2 + ˙CH2 – R → R – CH2 = CH2 + CH3 - R
Bunday reaksiyalarning faollanish energiyasi nolga yaqin yoki unga teng bo‘ladi. Erkin radikallar va atomlar juftlashmagan elektronga ega bo‘ladi, natijada ularning ichki energiyast valentliklari to‘yingan molekulalarinikidan katta bo‘ladi va ularni reaksiyaga kirishishi uchun qo‘shimcha faollantirish talab qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |