Silikagellar – qattiq shishasimon g‘ovakli donachalardir. Zarracha formasiga qarab, bo‘lakli yoki granulalangan holda bo‘ladi. Ularning g‘ovakliligi markasiga bog‘liq bo‘lib, 20-60 % orasida bo‘lsa, solishtirma sirti esa 200-800 m2/g ga teng bo‘ladi.
Kimyoviy tabiatiga ko‘ra silikagellar gitratlangan amorf qumtuproq (kremniy oksidi. Хn H2O) dan iborat o‘zgaruvchan tarkibga ega bo‘ladi. Sanoatda ishlab chiqariladigan silikagellar (КСМ, ШСМ, МСМ, КСК, МСК va boshqa markali) ishqorli silikatlarga sulfat kislota tasir ettirib olinadi. Olingan zol gelga aylanadi, gel yuviladi, quritiladi va qizdiriladi. Bunday gellar bir jinsli g‘ovak tuzilishga ega bo‘ladi.
Faol alyuminiy oksid (γ – Аl2О3) monogidrat yoki trigidrat alyuminiy oksidni qizdirib olinadi. Olingan oksidning yuzasi g‘ovaklik o‘lchami va hajmi, boshlang‘ich alyuminiy gidroksidining kristallik modifikatsiyasi gidrat suv va ishqoriy hamda ishqoriy yer metallarning miqdoriga, termik ishlash sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. O‘rtacha g‘ovakligi 50-70%, solishtirma sirti 120 -150 m2/g ga teng bo‘ladi.
(γ – Аl2О3) ishlab chiqarishning barcha texnologik sxemalari qumtuproqni qayta cho‘ktirish orqali alyuminiy gidroksid olishga asoslangan. Qayta cho‘ktirish jarayonining mohiyati qumtuproqni kislota (sulfat yoki nitrat) yoki ishqorda eritish va mos ravishda asos yokikislotada gidrolizlash va neytrallashdan iborat. Olingan pasta quritiladi, maydalanadi va tabletka (yoki boshqa forma) holatga keltiriladi.
G‘ovakli korund. γ – Аl2О3 ni α - Аl2О3 ga polimorf o‘tishi 11000 С da quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi:
γ – Аl2О3→0 – Аl2О3→α – Аl2О3
Mineralizatorlarni qo‘llab γ – Аl2О3 ning hosil bo‘lish jarayonini nisbatan past haroratda olib borish mumkin. Mineralizatorlar sifatida xrom, molibden, temir oksidlari, nitrat va ftorid kislotalar va metall ftoridlari qo‘llaniladi. Ular ishtirokida γ – Аl2О3 ni α - Аl2О3 ga polimorf aylanishi 800-9000С da θ_ Аl2О3 hosil qilmasdan boradi.
γ – Аl2О3 sintez qilishda koorundning umumiy hajmiy g‘ovakligi o‘zgartirilmagan holda olingan tashuvchi quyidagi tavsifiga ega bo‘ladi:
- sferik granulalar o‘lchami, mm- 23:
- sochma zichligi, g/sm3 - 0,75:
- solishtirma sirti, m2/g - 1,0
- umumiy solishtirma hajmiy g‘ovakligi, sm3/g – 0,55
Do'stlaringiz bilan baham: |