Viloyatning Markaziy Farg’ona hududlarida tarqalgan tuproqlar sho’rlanishga o’ta moyil yerlar bo’lib, ular doimo sug’orish va zax qochirish melioratsiyasiga muhtoj hudud hisoblanadi



Download 47,81 Kb.
bet2/15
Sana31.12.2021
Hajmi47,81 Kb.
#231605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi Shoxjaxon

Kurs ishining maqsadi :Ekin yerlaridagi tuproqdagi turlixil kasalliklarni oldini olish tuproq xolatini saqlash . o’simlilarni oziga xos bolgan kasalliklarini keying yil aynan shu osmlik turida takrorlanishini oldini olish. Yuqumli sporali kasallillarni shu orqali profilaktika qilish

Kurs ishining afzalliklari :G’ozada uchrovchi vertsilioz,gommoz, Alternarioz,va kosak ildiz kasalliklarini ularni sopralarini tarqalishiga yo’l qo’yilmaydi .

I.1 Almashnab ekish va uning axamiyati

Qishloq xo’jaligi ekinlarini yillar davomida dalalar bo’yicha ilmiy asosda navbatlab ekish almashlab ekish deyiladi.

Almashlab ekish dalalarda o’tkaziladigan barcha agrotexnik tadbir-larning asosi bo’lib hisoblanadi. U to’g’ri tashkil etilganda tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishni, begona o’tlar, zararku-nanda hamda kasalliklarni keskin kamayishini ta’minlaydi.

Almashlab ekish. G‘o‘zani beda, sholi va kuzgi g‘alla ekinlari hamda yeryong‘oq bilan almashlab ekish yaxshi samara buradi. Beda va ba’zi pomidor navlari nematoda bilan umuman zararlanmaydi. G‘alla ekinlari moyil, ammo kuzda ekish paytida tuproq harorati 17,8 °Sdan ancha pastligi uchun nematoda o‘simliklarni zararlay olmaydi, bahorda esa parazitning birinchi avlodi yetilguncha, ekin o‘rib olinadi. Almashlab ekishda makkajo‘xori samarasiz; nematodaga juda moyilligi uchun qand lavlagisi, pomidorning ko‘p navlari, loviya, piyoz, kartoshka, qovun, garmdori va kungaboqar qo‘llash tavsiya kilinmaydi. Gall nematodasi keng tarqalganligi sababli almashlab ekishni barcha maydonlarda joriy qilish mumkin bo‘lmay qolganda oraliq ekin sifatida kuzgi javdar o‘stirish tavsiya qilinadi; bunda tuproqda nematodalar miqdori ancha kamayadi va chorva mollar uchun ozuqa yetishtiriladi. Gall nematodasi bilan zararlangan maydonlarda paxta terib olinmasdan ilgari birdaniga bug‘doy ekish mutlaqo noto‘g‘ri, chunki bu holda g‘o‘za ildizi ichidagi nematodalar, fuzarioz va vertitsillyoz so‘lishni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar kelgusi mavsumgacha saqlanadi va nihollarni kuchli zararlaydi va hatto butunlay halok qiladi.

Agar bir ekin bitta dalada uzoq yillar davomida ekilsa, u surunkasiga ekish deyiladi. Xo’jalikda asosan bitta ekin surunkasiga yetishtirilsa, bu monokultura deyiladi. Mono - yunoncha so’z bo’lib bir, yagona demak-dir. Masalan, xo’jalikda monokultura sifatida yetishtirilayotgan bug’-doy toza shudgor bilan almashsa uning surunkasiga ekilishi uziladi, lekin monokulturaligi saqlanadi. Surunkasiga ekish va monokulturaning zarari juda katta. Bir ekin bitta dalada uzoq yillar davomida ekilaversa shu ekinga moslashgan begona o’tlar, zararkunandalar va kasalliklar ko’payib ketadi. O’zbekistondagi ko’pgina xo’jaliklarda g’o’zani uzoq yillar davomida almashtirilmasdan ekish natijasida vilt bilan zararlangan maydonlar ko’paydi. O’zO’HQITI ning Qo’qon tayanch punktida g’o’za surunkasiga ekilganda 49,1-50,9 foizi vilt bilan zararlangan.

Bir maydonning o’zida bir xil ekin uzoq vaqt ekilsa oziq elementlarining bir tomonlama kamayishi yuz beradi. Ma’lumki, ekinlarning oziq elementlariga talabi turlicha bo’ladi. G’alla ekinlari, kartoshka fosforni, ildizmevalilar kaliyni, dukkaklilar fosfor va kaliyni, g’o’za azot va fosforni ko’p o’zlashtiradi. Bundan tashqari turli o’simliklarning ildiz sistemasi har xil bo’ladi va suv hamda oziq moddalarni tuproqning turli qatlamlaridan har xil miqdorda o’zlash-tiradi.

Surunkasiga ekishning zarari rivojlangan mamlakatlarda o’tkazilgan ilmiy tajribalarda olingan natijalar bilan isbotlangan. K.A.Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo’jalik akademiyasida 1912 yildan buyon ko’p yillik tajriba olib boriladi. Unda kuzgi javdar, suli, kartoshka, zig’ir, sebarga surunkasiga hamda olti dalali almashlab ekiladi va toza shudgor bilan hosili taqqoslanadi. Bu ekinlar surunkasiga ekilganda ularning hosildorligi har xil miqdorda kamaygan. Almashlab ekish dala-larida esa hosil sezilarli darajada ortiq bo’lgan.



Almashlab ekishga kiritilgan ekinlarning ro’yxati yoki shu ekinlar bilan band bo’lgan dalalarning bir-biriga bo’lgan nisbati almashlab ekish sxemasi deyiladi.

Almashlab ekish ro’yxatiga kiritilgan har bir ekinning rejadagi hamma dalalarda bir marta to’liq aylanib ekilishi uchun ketgan vaqt rotatsiya deyiladi. Almashlab ekishning rotatsiya davri almashlab ekishdagi dalalar soniga teng bo’ladi.


Download 47,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish