Viloyatning Markaziy Farg’ona hududlarida tarqalgan tuproqlar sho’rlanishga o’ta moyil yerlar bo’lib, ular doimo sug’orish va zax qochirish melioratsiyasiga muhtoj hudud hisoblanadi



Download 47,81 Kb.
bet5/15
Sana31.12.2021
Hajmi47,81 Kb.
#231605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi Shoxjaxon

Almashlab ekish – qishloq xoʻjaligi ekinlarini dalalar va yillar bo‘yicha il-miy asoslangan navbatlab ekish. Tuproq unumdorligini ta’minlash va ekinlarning hosildorligini oshirishning samarali tadbiri hisoblanadi. Almashlab ekish – dehqonchilik tizimining eng muhim qismidir. Ekinlarni tartibi bilan belgi-langan sxemada har bir dalaga ekish uchun ketgan vaqt Almashlab ekish rotatsiyasi deyiladi; Almashlab ekish ga kiritilgan ekinlarning guruhi ro‘yxati va ularni navbatlash tartibi yoki almashlab ekiladigan ekinlar bilan band bo‘ladigan dalalarning bir-biriga nisbati Almashlab ekish sxemasi deyiladi. Almashlab ekish jo-riy etilmay, bir yerning o‘ziga bir xil 359ekinlar surunkasiga eqilgan (yakka ziro-atchilik)da tuproqning fizik xususiyatlari yomonlashadi, ekinlar hosildorligi pasayadi, har xil kasallik va zararkunan-dalar, shu sharoitga moslashgan begona o‘tlar ko‘payadi (mas, poliz ekinlarida shumg‘iya, g‘o‘zada vilt, boshoqli g‘alla ekinlarida qorakuya va boshqalar). Ekinlar ka-salliklari, zararkunandalariga qarshi kurashda, dalalarni begona o‘t bosib ke-tishini bartaraf etishda Almashlab ekish sinalgan agrotexnik chora hisoblanadi. Almashlab ekish ni tasniflash ikki belgiga asoslanadi. Bularning biri – Almashlab ekish da yetishtirila-digan qishloq xoʻjaligi mahsuloti (paxta, don, ozuqa, sabzavot va boshqalar)ning asosiy turi. Ikkinchisi – biologik xususiyati, yetishti-rish texnologiyasi va tuproq unumdor-ligiga ko‘rsatadigan ta’siri jihatidan bir-biridan farq qiladigan ekinlar guruhlari nisbati (dukkakli don, don-li va texnika ekinlari, sabzavot-poliz ekinlari, ko‘p yillik o‘tlar). Birinchi belgisi jihatidan Almashlab ekish dalali, yem-xashak va maxsus Almashlab ekish bo‘linadi. Dalali Almashlab ekish da ekin maydonining yarmidan ko‘prog‘i asosiy (g‘o‘za, don ekinlari, kartoshka va boshqalar) ekinlar yetishtirishga ajratiladi. Yem-xashak Almashlab ekish da ham ekin maydonining yarmidan ko‘prog‘ini yem-xashak ekinlari egallaydi. Maxsus Almashlab ekish da maxsus agro-texnika, alohida sug‘orish usullari va boshqalarni talab qiladigan ekinlar yetishtiri-ladi. Ularga sabzavotlar, poliz ekinlari, tamaki, sholi va boshqa kiradi. Ikkinchi belgisi jihatidan Almashlab ekish ekinlar guruhi, asosiy tovar mahsuloti, dalalar soni, rotatsiya muddati va boshqa belgilariga ko‘ra tur (tip)larga bo‘linadi. Almashlab ekishning g‘o‘za –g‘alla – beda; don ekinlari – toza shud-gor; don ekinlari – o‘tlar – chopiqtalab ekinlar; don ekinlari – o‘tlar; o‘tlar – chopiq-talab ekinlar; chopiqtalab ekinlar – sideratli ekinlar; o‘tlar – dalali va boshqa tur (tip)lari bor. Almashlab ekish turiga qarab ekin turlari bilan band dalalar soni nisbati raqamlar bilan ifodalanadi. Mas, g‘o‘za-beda Almashlab ekish 3: 7 nisbatida birinchi raqam bedapoya dalalarini, ikkinchisi g‘o‘za dalalarini ko‘rsatadi (beda ekin maydonining 30,0%ni tashkil etadi). O‘zbekistonda xo‘jalikning qaysi soha bo‘yicha ixtisoslashgani va tuproq-iqlim sharoitiga kura Almashlab ekishning har xil sxemasi qo‘llanilishi mumkin.O‘zbekistonda 1930–90-yillarda ja-moa va davlat xo‘jaliklarida 3:7 sxe-mali donga ajratilgan bir dalali g‘o‘za – beda Almashlab ekish, 3:4:1:2 sxemali donga aj-ratilgan bir dalali g‘o‘za–beda Almashlab ekish va bo‘laklangan 1:2:1:2:1:3 sxemali bedasiz turli ekinlar – chopiqtalab ekinlar Almashlab ekish qo‘llanildi. Almashlab ekishning mazkur sxemalarida g‘o‘za salmog‘i 60–70%ni tashkil etdi. 90-yillar boshidan O‘zbekistonda don mustaqilligiga erishish uchun sug‘oriladigan maydonning katta qismi g‘alla ekinlari uchun (1997 yilda kariyb 1 mln.ga) ajratildi. Natijada g‘o‘za yakka-ziroatchiligiga barham berilib, ayrim xo‘jaliklarda g‘o‘za-g‘alla nisbati deyarli teng bo‘lib qoldi.Paxtachilik Almashlab ekish da boshokli don ekinlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiyalarga binoan 1:2:7 sxemasiga ko‘ra ekinlar quyidagicha: 1 (g‘alla): 2 (beda): 7 (g‘o‘za) – g‘o‘za 70% yoki 1:2:3:1:2 sxemasida esa ekinlar 1 (g‘alla) : 2 (g‘o‘za) : 3 (beda) : 1 (g‘alla) : 2 (g‘o‘za) – g‘o‘za 40% joylash-tirilib, Almashlab ekish dalasida g‘o‘za sal-mog‘ini 10–20% kamaytirishga erishildi. Tuproq unumdorligi past, meliorativ holati yomon yerlarga 1:3:5 sxemalari – 1 m (meliorativ) : 3 (beda) : 5 (g‘o‘za) yoki 1 m (meliorativ): 3 (beda) : 4 (g‘o‘za) : 1 (g‘alla) – g‘o‘za 44,4 – 55,5% bo‘lgan namunaviy tav-siyalar berildi. Sholikor xo‘jaliklarda Almashlab ekishning uch, yetti, to‘qqiz va o‘n dalali sxemalari qo‘llaniladi. To‘qqiz dalali sxemada 1-, 2-, 3dalalarga sholi, 4dalaga yozning ikkinchi yarmida siderat yoki don uchun mosh, soya, o‘ris no‘xat (yozning birinchi yarmida dala meliorativ holati yaxshi-lanadi), 5-, 6-, 7-dalalarga sholi, 8dalaga beda bilan don uchun bahorgi arpa, 9-dalaga ikki yillik beda ekiladi. Bu sxemalarda sholi 66,6–70%ni tashkil etadi. Sabza-votchilikda sabzavot ekinlari Almashlab ekishning 360asosiy bo‘g‘ini ko‘p yillik va bir yillik o‘tlardir. Ekishda beda va boshqadukkakli ekinlardan keyin poliz ekinlari, ka-ram, piyoz, pomidor ekiladi. Kartoshka, poliz ekinlari, bodring va ildiz mevali ekinlardan keyin eqilgan karam ham mo‘l hosil beradi. Begona o‘tlardan ko‘proq zararlanadigan piyoz, ildiz mevali sab-zavot ekinlari (sabzi, lavlagi, sholg‘om, turp), kartoshka, bodring karamdan key-in eqilganda yaxshi samara beradi. Sab-zavot ekinlarini, odatda, ilgari ular yetishtirilgan dalaga 3–4 yil oralatib eqilgani ma’qul.O‘zbekistonning iqlim sharoitida bir dalaga takroriy ekin ekib, yil da-vomida ikki marta hosil olish mumkin. Mas, sabzavot ekinlarining 8 da-lali almashlab ekish sxemasida (3:4:1) 1-dalaga beda (birinchi yili beda makkajo‘xori yoki arpa bilan birga ekiladi), 2-dalaga beda (ikki yillik beda), 3-dalaga beda (uch yillik beda), 4-dalaga o‘rtagi sabza-vot (pomidor, bodring), 5-dalaga kechki sabzavot (kechki sabzavotdan oldin er-tagi kartoshka ekiladi), 6-dalaga kechki kartoshka (kechki kartoshkadan oldin er-tagi sabzavot ekinlaridan karam ekila-di), 7-dalaga sabzavot (piyoz), 8-dalaga kechki sabzavot (kechki sabzavotdan oldin ertagi kartoshka) ekiladi.

Tuproqni himoya qiluvchi almashlab ekishlar.

Almashlab ekishning asosiy vazifalaridan biri tuproqni suv va shamol eroziyasidan saqlashdir. Qiyaligi 50 ortiq va shamol bo’ladigan yerlarda tuproqni himoya qiluvchi almashlab ekishni joriy qilish lozim. Ko’p yillik o’tlar tuproqni yil davomida himoya qiladi. Kuzgi g’alla ekinlari 9-10 oy, bahorgi g’alla 3 oy, qator oralari ishlanadigan ekinlar 1,5 oy davomida tuproqni qoplab himoya qiladi.

Lalmikor yerlarda toza shudgor va qator oralari ishlanadigan ekinlar kuzgi g’alla va ko’p yillik o’tlar bilan navbatlab polosa qilib joylashtirilsa tuproq eroziyadan ma’lum darajada saqlanadi.

Almashlab ekishni loyihalashtirish xo’jalikni asosiy yo’nalishi, tuproqiqlim sharoiti, suv va mehnat resurslari hamda texnika bilan ta’minganlik darajasini aniqlashdan boshlanadi. Ana shular asosida tashkiliy-xo’jalik rejasi tuziladi. Uning asosiy qismi yer tuzish va undan oqilona foydalanish hamda almashlab ekishni joriy etishdan iborat bo’ladi.

Almashlab ekishni loyihalashtirish uchun tuproq sharoiti haqidagi barcha ma’lumotlar o’rganiladi.Qaysi dalada qanday ekinni joylashtirish yaxshi samara berishi aniqlanadi. Tuproq xaritasi va agronomik kartogramma ma’lumotlari asosida haydaladigan yerlar bir nechta kategoriyaga bo’linadi. Yerlarni kategoriyalarga bo’lish har xil almashlab ekishlarni to’g’ri joylashtirish imkonini beradi.

Tuproq-iqlim sharoitlariga ko’ra O’zbekistonning haydaladigan yerlari 2 mintaqaga bo’lingan. Tog’ oldi yarim sahro mintaqasi va tekis sahro mintaqasi. Bu mintaqalar o’z navbatida 4 tadan kichik-kichik mintaqalarga bo’linadi.

Har bir kichik mintaqaning tuproq sharoiti, ya’ni mexanik tarkibi, strukturasi, unumdorligi, madaniylashganligi, sho’rlanish darajasi va sizot suvlarining chuqur yoki yuza yotishi bilan bir-biridan farq qiladi. Almashlab ekishni loyihalashtirishda ana shu omillarning barchasi hisobga olinadi.

Loyiha chizma va matndan iborat bo’ladi.Matn qismida loyihani asoslash, dalalarning holati haqida tahlil-larning izohi beriladi. Loyihada tuproqlarning unumdorligi va boshqa xossalarini yaxshilash bo’yicha tadbirlar belgilanadi.



Loyihani amalga oshirish rejasi. Bu loyhalashtirishning oxirgi bosqichi hisoblanadi. Unda ko’zda tutilgan tadbirlarni o’tkazish navbati va muddati, hajmi, qiymati hamda yaxshi tashkillashtirish uchun tavsiyalar beriladi.

Keyin qilinadigan ishlar almashlab ekishni qisqa vaqt ichida o’zlashtirishdan iborat. Almashlab ekish sxemasida ko’rsatilgan ekinlar belgilangan dalaga joylashtirilsa almashlab ekish o’zlashtirilgan hisob-lanadi. A-mashlab ekishni o’zlashtirish uchun o’tish jadvali tuziladi (5–jadval)

3-jadval

3:6 beda-g’o’za almashlab ekishdan 1 don:2 beda:3 g’o’za:1 don:2 g’o’za almashlab ekishga o’tish.



D a l a l a r







I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX







2000

B1

B2

B3

G’1

G’2

G’3

G’4

G’5

G’6

2001

B2

G'1

G’1

G’2

G’3

G’4

G’5

G’6

G’1




2002

G’1

G’2

Bug’

G’3

G’4

G’5

G’6

B1

B2




2003

G’2

G’3

G’1

G’4

G'5

Bug’

B1

B2

G’1




2004

G’3

Bug’

G’2

G’5

Bug’

B1

B2

G’1

G’2




2005

Bug’

G’1

G’2

Bug’

B1

B2

G’1

G’2

G’3




2006

G’1

G’2

Bug’

B1

B2

G’1

G’2

G’3

Bug’




2007

G’2

Bug’

B1

B2

G’1

G’2

G’3

Bug’

G'1




2008

Bug’

B1

B2

G’1

G’2

G’3

Bug’

G’1

G’2




2008

B1

B2

G’1

G’2

G’3

Bug’

G’1

G’2

Bug’




2009

B2

G’1

G’2

G’3

Bug’

G’1

G’2

Bug’

B1



Eslatma:


G’1 - g’o’za birinchi yili.

B2 – beda ikkinchi yili.

Bug’ - bug’doy.

O’tish jadvalida 2-3 yil davomida ekinlarning joylashuvi ko’rsa-tiladi. Ba’zan o’zlashtirish uchun ko’proq vaqt ketishi ham mumkin.

Keltirilgan jadvaldan ko’rinib turibdi-ki 3:6 beda-paxta almashlab ekishdan 1 don : 2 beda : 3 g’o’za : 1 don : 2 g’o’za almashlab ekishga o’tish uchun 3 yil ketgan ya’ni to’rtinchi yili yangi almashlab ekish to’liq o’zlashtirilgan. Almashlab ekishni to’g’ri olib borilishini nazorat qilish rotatsion jadval va dala tarixi kitobi yordamida amalga oshiriladi


Download 47,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish