Viloyatning Markaziy Farg’ona hududlarida tarqalgan tuproqlar sho’rlanishga o’ta moyil yerlar bo’lib, ular doimo sug’orish va zax qochirish melioratsiyasiga muhtoj hudud hisoblanadi


I.2 Kuzgi bug`doyni boshqa osimliklardan boshagan maydonlarga ekish



Download 47,81 Kb.
bet4/15
Sana31.12.2021
Hajmi47,81 Kb.
#231605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi Shoxjaxon

I.2 Kuzgi bug`doyni boshqa osimliklardan boshagan maydonlarga ekish .

Dalani  bеgona  o`tlardan  tozalash  ekish  oldidan  nam  to`playdgan  sug`orishlarni  o`z vaqgida o`tkazish, o`g`it  solish, tuproqni ekishga tayyorlash  hamda kuzgi bug`doyni optimal muddatlarda ekish uchun o`tmishdosh ekin hosili ertaroq yig`ishtirib olinadi. Uzbеkiston  sharoitida  sug`oriladigan  еrlarda  kuzgi  bug`doy  hosili  va  sifatiga o`tmishdoshlarning  ta'siri  kam  o`rganilgan.  Sug`oriladigan  еrlardagi  almashlab ekishlar uchun 50; 62 va 75% maydonlarni ajratib shundan 50% yoki ko`prog`i kuzgi bug`doy uchun ajratilishi mumkin. Sug`oriladigan  еrlardagi  almashlab  ekish  kuzgi  bug`doyni  uch  yillik  bеdaga, g`o`zadan, don va silosga ekilgan makkajo`xoridan, dukkakli don, kartoshka, sabzavot, poliz ekinlaridan kеyin joylashtirish yaxshi natija bеrdi. Sug`oriladigan еrlarda o`tmishdoshlarni kuzgi bug`doy mahsuldorligiga ta'sirini o`rganish,  almashlab  ekishlarda  uch  yillik  bеda  va  dukkakli  don  ekinlaridan  kеyin ekilganda  hosildorlik  makkajo`xori  silosga  ekilgandan  kеyingiga  nisbatan  35  sg`ga ko`p bo`lgan. Kuzgi bug`doy sug`oriladigan еrlarda ekiladigan g`o`za, mkkajo`xori, sabzovot, poliz, kartoshka, еm-xashak ekinlari, ildiz mеvalar, dukkakli don ekinlari uchun yaxshi o`tmishdosh hisoblanadi. 



Yem-xashak almashlab ekish. Yem-xashak ekinlari hozirgi davrda asosan don va texnika ekinlarini navbatlab ekish tizimiga kiritilgan. Ferma oldi yem-xashak almashlab ekish ancha samarali hisoblanadi. Ekinlarning tarkibi bo’yicha ferma oldi almashlab ekish o’t-qator oralari ishlanadigan, don-o’t-qator oralari ishlanadigan, don-qator oralari ishlanadigan va qator oralari ishlanadigan xillarga bo’linadi.

O’t-qator oralari ishlanadigan almashlab ekishda ko’p yillik o’tlar va bir yillik yem-xashak (so’dan o’ti, makkajo’xori) ekinlari boshqa almashlab ekishda arpa, suli, javdar, xashaki lavlagi kabi ekinlar ekiladi.

Qator oralari ishlanadigan ekinlar ekiladigan almashlab ekishda asosiy maydonni yoki hamma dalani qator oralari ishlanadigan ekinlar egallaydi. Bu ekinlar ikki yil va undan ortiq bir dalada ekilishi mumkin.

Ferma oldi almashlab ekishda qator oralari ishlanadigan ekinlarni iloji boricha unumdor yerlarga ekish lozim. Unumdorligi past bo’lgan yerlarda organik va mineral o’g’itlarni qo’llash kerak.

Yem-xashak almashlab ekishda quyidagi sxemalarni joriy etish tavsiya qilingan.

Birinchi: 1-kuzgi g’alla + beda; 2, 3 – beda; 4-xashaki lavlagi; 5,6 – makkajo’xori. Makkajo’xori bir necha yillar davomida ajratilgan dalada muvaffaqiyatli o’stirilishi mumkin.

Ikkinchi: 1-arpa + beda, 2, 3-beda, 4-makkajo’xori silos uchun, 5-xashaki lavlagi, 6-makkajo’xori, 7-xashaki lavlagi. Xashaki lavlagini makkajo’xori bilan birga qoplam osti ekin sifatida ham eksa bo’ladi.

Uchinchi:1-sudan o’ti + beda; 2, 3-beda; 4-makkajo’xori silos uchun; 5-kartoshka; 6-bir yillik o’tlar ko’k yem uchun;

Beda-makkajo’xori ikki dalali almashlab ekishni ham istiqbolli deb qarash mumkin. Bu almashlab ekishda 3-4 yillik beda shuncha yil davomida yetishtirilgan makkajo’xori dalasi bilan almashadi. Bunday almashlab ekishda bir dalada beda, ikkinchi dalada makkajo’xori o’stiriladi. Bitta yoki ikkala ekinning hosildorligi pasayishi bilan ularning o’rni almashtiriladi.

O’t-qator oralari ishlanadigan almashlab ekishga g’alla ekinlari qo’shilsa don-o’t-qator oralari ishlanadigan almashlab ekishga aylanadi. Masalan, 5 va 8 dalali almashlab ekishlar: 1-silos ekinlari; 2, 3 – kuzgi yoki bahorgi g’alla (qoplam ostida beda); 4- beda; 5 – kartoshka yoki ildizmevalilar: va 1-bahorgi arpa-beda bilan birga; 2, 3 – beda; 4-makkajo’xori; 5-kartoshka va xashaki lavlagi; 6-bir yillik o’tlar; 7-kuzgi g’alla-makkajo’xori silos uchun; 8-makkajo’xori.

Pichanzor-yaylov almashlab ekish daryo yoqalaridagi o’tloqi tuproqlarda, haydaladigan yerlarning nishabligi katta bo’lgan joylarida, botqog’i quritilgan yerlarda va yem-xashak ekinlaridan boshqa ekinlarni ekish kam samara beradigan xududlarda joylashtiriladi.

Pichan-yaylov almashlab ekishda har yili bir nechta dala qisqa davrda almashtirib foydalaniladigan yaylov sifatida ajratiladi. (2-5 yilgacha). O’tlar hayotining 1-2 yillari nimjon bo’lganligi va mollar tepkilab tashlamasligi uchun ular pichan sifatida o’rib turiladi. 4-7 yildan so’ng yaylov haydalib unda bir yillik o’tlar o’stiriladi. Bu hosil bo’lgan chimni chiritish oziq moddalarga aylanishini ta’minlaydi.

Shunday qilib pichan-yaylov almashlab ekish 2 davrga bo’linadi: o’tloq va pichan yetishtirish.

Maxsus almashlab ekish.

Sabzavot almashlab ekish. Bu almashlab ekishda dalaning asosiy yo-kii hamma maydoni sabzavot ekinlari bilan band bo’ladi.

Sabzavot ekinlarining o’tmishdoshlarini 3 ta guruhga bo’lish mumkin: yaxshi, qoniqarli va yomon.

Karam uchun ko’p yillik va bir yillik o’tlar, sabzi, kartoshka yaxshi o’tmishdosh bo’ladi. Bedadan keyin ikkinchi yili karam eksa bo’ladi, lavlagini esa ikkinchi yili ekish hosil sifatini pasayishiga olib keladi. Sabzi uchun bir yillik o’tlar, karam va kartoshka yaxshi o’tmishdosh bo’ladi. Sabzining o’zi esa qoniqarli o’tmishdosh hisob-lanadi. Lavlagini kartoshka va sabzidan keyin joylashtirish kerak. Karamdan keyin eksa ham bo’ladi.

Sabzavotchilikda quyidagi almashlab ekishlarni qo’llash mumkin: 1-ertagi piyoz va bodring; 2-ertagi karam va gulkaram; 3-ildizmevalilar; 4-ertagi kartoshka va kechki karam; yoki 1-karam + kechki sabzi; 2-lavlagi; 3-ertagi sabzi-kechki karam; 4-makkajo’xori silos uchun; 5-sabzi; 6-ko’kat va boshqa sabzavot ekinlari.

Agar sabzavot almashlab ekishga yem-xashak ekinlari kiritilsa yem-xashak-sabzavot almashlab ekishga aylanadi. Masalan: 1-bir yillik o’tlarni ko’p yillik o’tlar bilan aralashtirilib ekish; 2, 3-ko’p yillik o’tlar; 4-karam; 5-ildizmevalilar; 6-kartoshka; 7-xashaki lavlagi va silos ekinlari. Poliz ekinlari uchun alohida almashlab ekish qo’llaniladi.




Download 47,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish