VIII-вариат Xalikova Umida
1-топшириқ: “Менинг оилам” мавзусида эссе ёзиш. Эссе – бу муаллифнинг индивидуал нуқтаи назарини ифода этиш шакли бўлиб, бирор нарса-ҳодисани ёки дастлабки дунёқарашини ўз ичига олади.
“Менинг оилам”
Reja:
1. Oila muqqadas dargoh.
2. Mening oilam.
Oilada shirin-shirin orzular og'ushida, qalblarga quvonch olib farzand dunyoga keladi. O'g'ildir, qizdir alloh bergan ulug' ne'matdir. Qiz bola ulg'ayar ekan uning ilk o'ynaydigan o'yinchog'i, ovunchog'i — qo'g'irchoqdir. Bolalar birga o'ynashar ekan ularning biri ota, biri esa ona, o'yinchoqlar esa farzandlari bo'lib o'ynashadi. Balkim, shundandir, oila to'g'risidagi tushuncha bolaligimizdan qon-qonimizga singib ketgan. O'zbek xalqi shuning uchun ham oilani muqaddas deb biladi Haqiqatdan ham, boshqa xalq turmush tarzini kuzatar ekanmiz, bizdagi oilaga bo'lgan mehr-muhabbat, fidoyilik, oilaning muqaddasligini his qilish, farzand tarbiyasiga bo'lgan munosabat, oilalardagi totuvlik, sabr-toqat, qanoatlilik, insof-diyonat kabi ijobiy fazilatlar faqatgina o'zbek xalqiga, o'zbek oilalariga mosdek tuyuladi kishiga.
Oilani bir ulkan daraxtga o'xshatsak, uning baquvvat tanasi va ildizi ota va onadir. Shunday daraxtning shoxlari ham sog'lom va ko'rkam bo'ladi. Ildiz va tana ota-ona ekan, bunday sog'lom tana va ildizdan albatta sog'lom shaxslar, yani sog'lom farzandlar dunyoga keladi. Shunday ekan ota-ona inoq, tarbiyali, bir-birini hurmat qiladigan, bir-birini tushunadigan bo'lsa, bunday oilada oqila qizlar va yetuk yigitlar voyaga yetadi.oila bu dunyodagi eng go’zal bir shirin bir tuyg’u ekan.Oila - bu muqaddas dargoh. Uning mustahkam va daxldorligi jamiyat taraqqiyotini bеlgilaydi. Oila va jamiyat tushunchalarini bir-biridan ayro holda tasavvur qilib bo’lmaydi
2. mening oilam .
Mening oilam:Mening oilamda besh kishimiz.Ota onam opam Maryamxon va man. Har bir oilada bo'lgan qonun qoida bizni ham oilamizda mavjud. Bizni oilada ham har kimni o'z o'rni bor va hammamiz bir oila bulib dasturhonda utiramiz va billa turamiz . Harbirimizni o'zimizga yarasha vazifalarimiz bor. Mening oilam tinch va osoishta oilalardan biri hisoblayman.Man oilada katta qizman yani katta farzan man . Meni oiladagi o'rnim va masulyatim juda katta deb hisoblayman.Sababi bazan singlimni tekshirsam unda o'z hatolarimni ko'raman. Man o'ylayman men ota onamga qanday munosabatda bo'lsam manga qarab ukalarim ham shunday bo'ladi. Shuning uchun doimo o'z o'rnimda munosib turishga harakat qilaman va bunga erishaman deb o'ylayman.singgilarim ham o'ziga yarasha masulyatlari bor. Biz o'z masulyatlarimizni bilib , hatolarni to'grilab yursak shundagini oilamiz mustahkam va tinch bo'ladi. Buning uchun ko'proq bilimga ega bo'lishimiz kerak. Men dunyodagi eng baxtli insonlar qatordanman deb hisoblayman,sababi meni mehribon oilam bor.
Ўн минутлик эссени ёзиш қоидалари:
1. Таклиф этилган мавзуга доир сўзлар ҳажми 500 тадан 1000 тагача бўлиши мумкин.
2. “Оила муқаддас даргоҳ”, “Менинг фикримга кўра оилапарвар инсон қандай бўлиши керак”, “Замонавий оила ... каби сифатларга эга бўлиши керак” каби жумлалардан фойдаланинг.
3. Ўзингиз ҳавас қилган, сиз учун идеал бўлган инсонларингиздан бири мисолида орзуингиздаги оилапарвар инсон тимсолини гавдалантиринг.
Do'stlaringiz bilan baham: |