Vetinariya 2016. pmd



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/79
Sana18.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#453806
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79
Bog'liq
veterinariya jarrohligi

Amaliy mashg‘ulot. 
Ochiq shikastlanish deb tashqi kuch ta’sirida teri va shilliq 
qavatlar butunligining buzilishiga aytiladi va u yara deb ataladi. 
Jarohatlangan hayvonlarni mahalliy va umumiy tekshirish. 
Jarohat to‘g‘risida anamnez ma’lumotlar to‘planadi, bunda 
jarohatning kelib chiqishi, ko‘rsatilgan birinchi yordam to‘g‘risida 
ma’lumotlar yig‘iladi. Keyin hayvonning umumiy holati, tana ha-
rorati, puls soni va nafas olishi, shilliq pardalar holati ko‘zdan ke-
chiriladi, yurak urishi eshitiladi, harakat organlari funksiyasi aniq-
lanadi. Yaralar qorin sohasi va tos bo‘shlig‘ida bo‘lganda qo‘shim-
cha siydik va tezak tarkibida qon bor yo‘qligiga, bog‘lam olin-
gandan so‘ng yiringli oqmaning xarakteri, hidi, terining jarohati 


47 
(teri yorig‘ining chuqurligi), yallig‘lanishning paydo bo‘lishi 
(trom- boflebet, limfonodulit), limfa tugunlari atrofi yallig‘la-
nishiga e’tibor beriladi. Yaraning og‘riqliligiga, shilinganligi, in-
feksiyaning limfa tizimi orqali tarqalishi yoki tarqalmasligiga 
e’tibor qaratiladi. Tekshirilayotgan joyning simpatik joyda joylash-
ganligi, yallig‘langan shishning tarqalishi va yaraning yallig‘lanish 
xarakteri taqqoslanadi. Yara atrofi jundan tozalanadi va dezinfek-
siya qilinadi. 
Yarani tozalash.
Yara ekssudatining chiqib ketishiga to‘sqinlik 
qiluvchi chuqurcha va burchak joylarni yo‘qotish,ezilib ketgan 
to‘qimalar va ivib qolgan qonni olib tashlash,ya’ni yara jarayo-
nining normal o‘tishi uchun qulay sharoit yaratish yarani xirurgik 
tozalash deyiladi. 
Yarani kesib kattalashtirish
– operatsiya qilinadigan joyni tay-
yorlab og‘riqni yo‘qotish chorasi ko‘rilgandan keyin yara kanali 
skalpel bilan kesib kattalashtiriladi,uzilmay qolgan to‘qima to‘siq-
lari yo‘qotiladi,ezilgan va osilib turgan to‘qimalar kesib tashlanadi 
va yara oddiy holatga keltiriladi. Yarani uning ekssudati bemalol 
chiqib keta oladigan qilib kesish kerak. Agar yara ichida juda 
chuqur burchaklar bo‘lsa, qarama-qarshi tomonidan ham kesib 
ochiladi. Yaraning ichi mexanik tozalanib, qon to‘xtatilgandan 
so‘ng yuviladi, surtma surtib qo‘yiladi yoki antiseptik dorilar 
sepiladi. Zarur bo‘lsa yara ichiga dokadan qilingan drenaj kiritiladi 
va u chiqib ketmasligi uchun vaqtincha bir, ikki joyidan tikib 
qo‘yiladi. Shundan keyin yara bog‘lanadi. 
Yarani qisman kesib olib tashlash
– yara kesib kengaytiril- 
ganidan so‘ng uning yara ichiga kirib turgan shikastlangan va 
ifloslangan hamma to‘qimalarini skalpel yoki qaychi bilan kesib 
tashlanadi. Atrofida sog‘lom to‘qimalargina qoldiriladi. Jonli 
to‘qimadan qon oqib turadi, uni pinset bilan ushlaganda fibrillyar 
ravishda qisqarib kengayadi va unda o‘zgarishlar ko‘rinmaydi. 
Katta tomir tashlanadi. Ko‘pchilik jarrohlar yarani xirurgik toza-
lagandan so‘ng qisman tikib qo‘yadilar. Bunda yaraning yuqorigi 
qismi tikib bog‘lab qo‘yiladi, pastki qismi esa yara ekssudati chiqib 
turishi uchun ochiq qoldiriladi. 


48 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish