Vetinariya 2016. pmd


-mavzu. Teri kasalliklari



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/79
Sana18.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#453806
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79
Bog'liq
veterinariya jarrohligi

5-mavzu. Teri kasalliklari 
Teri hayvon tanasining tashqi qoplag‘ichi bo‘lib,uning hayvon 
uchun ahamiyati juda katta va xilma-xildir. Teri to‘qima va 
organlarga, hatto butun organizmga yomon ta’sir etadigan tashqi 
muhit omillariga birinchi bo‘lib duch keladi. Teri kasalliklari juda 
ko‘p va xilma-xildir. Bu kasalliklarni o‘rganish va davolash bilan 
turli fanlar shug‘ullanadi. 


55 
Ekzema
– terida tez-tez uchrab turadigan yuqumsiz kasallik-
lardan biri. U har xil ko‘rinishda uchrashi mumkin, ammo teri 
epidermisi zararlanishi ekzemaning o‘ziga xos xususiyatidir. Ekze-
maning kechishiga qarab og‘ir va surunkali shakli farqlanadi. Ek-
zema, asosan, ot bilan qoramollarning oyoqlarida tushov 
bo‘g‘imida, itlarning orqa elkasida bo‘lib, u «mokres» deb ataladi. 
Sabablari.
Hayvonlarning terisi uzoq vaqt tozalanmasa, zax va 
iflos molxonalarda boqilsa, loy yerlarda yotqizilsa, noto‘g‘ri ish-
latilsa ekzema avj oladi. Hayvon vaqti-vaqtida cho‘miltirib turilma-
sa, uning terisi va juniga chang qo‘nadi, loy yopishadi, bu terining 
epidermis qatlamiga tushib, keyinchalik parchalana boshlaydi. 
So‘ngra bu jarayon terining oqyem bo‘lgan shox qismiga o‘tib, 
mikroorganizmlarning to‘qimalarga kirishi uchun qulay sharoit 
yaratadi. Namlik teri shox qatlamini yumshatadi, u erda to‘plangan 
chang, loy, qum va boshqalar kasallikning surunkali kechishiga 
sabab bo‘ladi. Ekzemaning paydo bo‘lishida mexanik ta’sirlar ham 
katta ahamiyatga ega. Uzoq vaqt ishqalanganda, masalan, ot 
alzallari (egar, ayil, bo‘yintiriq va boshqalar) tanani haddan tashqari 
ezganda, hasharotlar chaqqanda, mikroblarning kirishi uchun yo‘l 
ochiladi, natijada kasallikning kechishi bir muncha og‘irlashadi. 
Klinik belgilari.
Ekzemaning klinik belgilari uni vujudga keltirgan 
sabablar va kasallikning muayyan rivojlanish davriga bog‘liq. U bir 
necha davrni o‘z ichiga oladi, ammo atipik ko‘rinishda kechishi ham 
mumkin. Bu sabablarning ta’sir etish kuchi, muddati va xarakteriga, 
nihoyat ekzema kechayotgan muhitdagi sharoitga bog‘liq. Klinik 
belgilariga qarab namlanib turuvchi va yarasimon ekzema farqlanadi. 
Davolash.
Ekzemani davolash terining jarohatlangan qismini 
kimyoviy tozalashdan boshlanadi. U yerdagi jun qirqib tashlanadi. 
Terini loy va parazitlardan tozalash uchun issiq suv bilan sovunlab 
yuviladi. Ho‘llanib turuvchi ekzemani davolash uchun uning 
pufakli va pustulali davrida antiseptik dorilar, ya’ni 2-3 % li pikrin 
kislota eritmasi, 2-5 %li lyaps eritmasi, 4-5 % li piaktanin va 
brilliant yashili ishlatiladi. Ekssudat kamaya boshlagandan keyin 
kukun shaklidagi talk, kraxmal va boshqalarga kseroform, rux 
oksidi aralashtirib sepiladi, undan tashqari har xil surtmalar 
(Vishnevskiy surtmasi va boshqa) ishlatiladi. 


56 
Ekzemani davolash uchun hayvonga yaxshi zoogigiyenik sharoit 
yaratib,uning terisini tez-tez tozalab turish, sifatli yem-xashaklar 
berib boqish katta ahamiyatga ega. 
Dermatit.
Terining chuqur qatlamlari va teri asosining yallig-
lanishi 
dermatit
deyiladi. Hamma xildagi ekzemani qo‘zg‘atadigan 
sabablar dermatitni ham qo‘zg‘atadi, faqatgina gangrenoz va 
verrukoz dermatitlar o‘ziga xos kasalliklardir. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish