Vetinariya 2016. pmd



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/79
Sana18.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#453806
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79
Bog'liq
veterinariya jarrohligi

Transport jarohatlari
– hayvonlarni suv, temir yo‘l, avtomobil 
yo‘llari, havo transportida olib yurishda kuzatiladi. Transport 
jarohatining oldini olish maqsadida hayvon guruhlari va podalarini 
to‘g‘ri tuzish kerak. Tuyoqli hayvonlar tuyog‘ini o‘z vaqtida 
tozalash, qoramollarning o‘tkir shoxini kesish zarur. Podani kuza-
tuvchi xodimlar hayvonlarni haydash, ortish, tushirishda gigiyenik, 
veterinariya-zootexniya qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida maxsus 
tayyorgarlik ko‘rishlari zarur. 
Operatsiyadan paydo bo‘ladigan jarohatlar
– u ko‘pincha 
veterinariya xodimlari tomonidan hayvonlarning qator yuqumsiz 
invazion hamda yuqumli kasalliklardan davolash, shuningdek, 
ularning maxsuldorligini oshirish maqsadida amalga oshiri- ladigan 
operatsiyalarda (bichish) paydo bo‘ladi. Kasal hayvon uchun opti-
mal sharoit yaratilib oziqlantirish sharoitlarini yax- shilash zarur. 
Kollaps
– to‘satdan ro‘y beradigan vaqtinchalik yurak faoliya-
tining susayishi, qon tomirlari tonusining pasayishi, hamma hayotiy 
funksiyalar, arterial va venoz qon bosimining keskin tushishi bilan 


46 
kuzatiladi. Asosiy sabablar kuchli qon ketishi va og‘riqlardir. 
Ba’zan kollaps o‘tkir intensifiksatsiya (zaharlanish) oqibati, ko‘r- 
qish va muskullarning charchashi sababli ham ro‘y beradi. 
Klinik belgilari: to‘satdan umumiy holsizlanish, yurak urushi-
ning tezlashishi, yuzaki nafas olishi, konyunktiva va shilliq pardalar 
oqarishi, badan haroratining pasayishi, oyoqlar sovushi, mushaklar 
bo‘shashishi kuzatiladi. 
Davolash –
yurak muskulini susaytiruvchi sababni topish va 
uning funksiyasini yaxshilash lozim. Agar qon ketish kuzatilsa uni 
to‘xtatish (jgut qo‘yib, tamponada qilish, qon tomiriga kalsiy xlorid 
yuborish) lozim. Qon bosimini oshirish va faoliyatini kuchaytirish 
uchun qon tomiriga askorbin kislotasi, glukoza va osh tuzi 
(fiziologik eritma) eritmasi yuborilsa yaxshi natijaga erishiladi. 
Qon tomiriga poliglukin, gemodez, gidrolizat l–103, kazeyin 
gidrolizati yuborish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Zaharlanishda qon tomiriga 40 % li urotropin eritmasi kofein 
bilan birga quyiladi. 
Yurak faoliyatini yaxshilash va perefirik qon aylanishini stimul- 
lash uchun teri ostiga kamfora moyi, kofein yoki mayda 
hayvonlarga 25–30, yirik hayvonlarga 250–300 g dan qon tomiriga 
kamfora zardobi kuniga ikki marta yuboriladi. Yuqorida aytilgan 
davolash usullari bilan birga hayvonlar badanini grelkalar bilan 
isitib, o‘rash lozim. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish