Veterinariya virusologiyasi


-jadval. KBR da oqsil virusining epizootik shtammi qaysi variantga mansubligini aniqlashning taxminiy natijasi



Download 9,02 Mb.
bet170/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

22-jadval. KBR da oqsil virusining epizootik shtammi qaysi variantga mansubligini aniqlashning taxminiy natijasi.

Variatdagi antigenlar

Antigen-larni suyulti-rish

Variantga oid eng so’nggi titrdagi zardoblar

Antigen-
larni nazorat qilish







Ast

A7

A2 0

A22




AST, titr 1:4

1:2

++++

-

-

-

-

A7, titr 1:8

1:4

-

++++

-

-

-

A2o, titr 1:6

1:3

-

-

++++

-

-

A22, titr 1:8

1:4

-

-

-

++++

-

Sinalayotgan antigen (epizootik)

S

++++

++++

++++

++++






1:2

++++

++++

++++

++++

__




1:4

+++

++++

++++

++++

__




1:8

++

+

+

++++

__




1:16

+

+

+

+++++

__




1:32

-

-

-

+++

__

Zardobni nazorat qilish




-

-

-

-

__



Xulosa. Sinalayotgan shtamm A22 variantga mansub.
Xo’jalikdan yuborilgan virus materialining miqdori KBR uchun yetarli bo’lmasa u holda o’stirilgan hujayralarda yoki 3-6 kunlik sut emuvchi sichqonlarda yoki k'atta yoshdagi dengiz cho’chqachalarida ko’paytiriladi. Tekshirilayotgan suspenziya sichqonlar terisining ostiga, yelka qismiga 0,1-0,2 ml, dengiz cho’chqachalarining terisining ichiga va keyingi ikki oyoqlarining yostiqchalariga 0,2-0,5 ml miqdorda yuboriladi. Hayvonlar 5-7 kun davomida kuzatiladi.
Sichqonlar o’lgach, uning tanasidan KBR uchun antigen tayyorlanadi. Dengiz cho’chqachalarining oyoqchalarida musbat natijada aftalar paydo bo’ladi; osha afta devorlari va uning tarkibiKBR uchun ishlatiladi. Zarurat paydo bo‘lganda 2-3 "ko’r” passaj o’tkaziladi.
Uchinchi passajda hujayralarda degeneratsiya bo’lmasdan yoki sichqonlar o’lmasa, ulardan olingan suspenziyalarda oqsil virusining antigeni KBR da topilmaydi va tekshirilayotgan suspenziya namunasi manfiy hisoblanadi.
Oqsil kasalligining retrospektiv diagnozi
Oqsil virusiga tegishli antiteloni topishda tekshiriladigan material bo’lib oqsil kasalligi bilan kasallangan yoki boshqa vezukulyar kasalliklarga gumonsiralgan hayvonlardan olingan qon zardobi kerak bo’ladi. Hayvonlarda vezikulyar kasallikning belgilari paydo bo’lgach 7-kundan so’ng qon zardobi olinadi. Har qaysi guruhdagi katta yoshli hayvonlardan 5-10 namuna tekshirish uchun yuboriladi. Birinchi tekshirishda noaniq natijalar olingan holda, xuddi shu hayvonlardan 7-10 kun o’tgach qaytadan qon olinadi. Zardob umumiy usul bilan konservatsiyalanadi (penitsillin va streptomitsin 500 birlik/ml) yoki -20oC da muzlatiladi. Har bir hayvondan tekshirish uchun kamida 5 ml zardob olinib, muz solingan termosda yuboriladi.
Laboratoriyalarda zardobni radial immunodiffuziya reaksiyasi (RIDR) va bilvosita immunofluoressensiya (BIFR) reaksiyalari yordamida tekshiriladi.
RIDR. Reaksiyaning mohiyati shundan iboratki agar gelining tarkibida virus antigenlari, antitelolar bilan qo'shilishi natijasida spetsifik pretsipitatsiya chizig’ini hosil qiladi. RIDR - turga spetsifik hisoblanadi.
Reaksiyani bajarish uchun (2% li) eritilgan agarga 1:5, 1:10, 1:20 sh.k.to 1:320 suyultirilib (50-55oC gacha) qizdirilgan teng hajmda sinalayotgan zardob aralashtiriladi va 4 ml dan buyum oynasiga quyiladi.
Qotgan agarda diametri 4-7,7 mm bo’lgan chuqurcha o’yiladi, chuqurchalar turga oid etalon antigenlar bilan to’ldiriladi. So’ngra buyum oynasi harorati 37oC bo’lgan nam kameraga joylashtiriladi. Reaksiya natijalarini 6-7 soat va 18 soat o’tgach hisobga olinadi.
Musbat reaksiyada antigen quyilgan chuqurcha atrofida kasallik chaqiruvchi gomologik qo’zg’atuvchiga nisbatan opalessensiyalanuvchi pretsipitatsiya halqasi hosil bo’ladi.
Hayvonlar kasallanib tuzalgach antiteloning titri 1:160 dan ortiqcha bo’ladi.
BIFR. Bu reaksiya kasallanib tuzalgan hayvonlarning qon zardobida bo’lgan antitelo spetsifik nur sochishiga (antigen+antitelo kompleksi) asoslangan bo’lib vaksinatsiya qilingan hayvonlarning qon zardobi konpleksida nur sochish kuzatilmaydi.
Reaksiyani qo’yish tartibi quyidagicha.
Oqsil virusining har qanday turi bilan zararlantirilgan VNK-21, SHB, ChHB o’stirilgan hujayraga 1:10 va 1:20 suyiltirilgan sinalayotgan zardob quyiladi, 30 daqiqa 37oC nam kamerada inkubatsiyalanadi, bog’lanmagan antitelo yuviladi, havoda quritiladi rodamin bilan belgilangan fluoressensiyalanuvchi turga qarshi zardobning ishchi suyultirilgan aralashmasi bilan bo’yaladi. So’ngra 37oC 30 daqiqa nam kamerada inkubatsiyalanadi, quritiladi, lyuminessent mikroskopi ostida kuzatiladi (ob' ektiv x 40, okulyar x 4 yoki 5).
Musbat reaksiyada hujayra sitoplazmasi yashil yoki och yashil nur sochadi. Reaksiya tegishli nazorat bilan kuzatiladi. Xo’jalikdan yuborilgan 5-10 zardobda hatto bir dona spetsifik nur sochish topilsa, diagnoz natijasi musbat hisoblanadi. Shunday qilib sinalayotgan zardob tarkibida topilgan antiteloning darajasini aniqlash uchun titrlanadi. Buning uchun sinalayotgan zardob 1:40 dan 1:1280 gacha suyultiriladi. Yuqorida ko’rsatilganidek oldindan infeksiya yuqtirilgan preparatga suyultirilganning har qaysisi bilan ishlov berildi.
Infeksiyadan keyin hosil bo’lgan antiteloni titrini aniqlash uchun BIFR da musbat natija bergan so’ngi suyultirishga qaraladi.
1:10, 1:20, 1:40 suyultirilgan zardoblar bilan ishlov berilgan preparatlarning nur sochishi, oqsil kasalligi o’tkir kechayotgan paytda olinganligidan ya'ni kasallikdan 7 kun o’tgach, 1:80 suyultirilgani va undan yuqorisi esa rekonvalessent hayvondan olingan zardob ekanligini bildiradi.
Oqsil kasalligida tekshiruv natijalari bo’yicha protokol rasmiylashtiriladi va unda tekshirish o’tkazilgan kun, xo’jalikning nomi, materialning turi, qisqacha epizootologik ma'lumot va tekshirishda foydalanilgan komponentlarning nomi, nazorat qilish yo’li ta'riflanadi.
Topshiriq
1. Laboratoriyada oqsil kasalligiga diagnoz qo’yish usullari bilan talabalarni tanishtirish.
2. Oqsil kasalligiga gumonsiralgan hayvondan olingan patologik materialdan (gultoj terisidan bir bo’lak), KBR uchun antigen tayyorlash.
3.Oqsil virusining qaysi turga oidligini aniqlash uchun KBRning asosiy tajribasini qo’yish.
4.Reaksiya natijalarini hisoblash va yakunlash.

Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish