Oqsil kasalligini turini aniqlash laboratoriyada bajariladi.
Oqsil kasalligiga diagnoz epizootologik ma'lumotlarga faqat juft tuyoqlilarni zararlanishi va yuqori kontagiozligi, klinik belgilariga (og’izning shilliq pardalarida, oyoqning terisida va yelinda vezikulyar jarohatlar), patologoanatomik o’zgarishlar (ichakning va yurak muskullarining jarohatlanishi, yosh hayvonlarning o’lishi) laboratoriya tekshiruvlarining natijalariga asoslanib qo’yiladi.
Namuna olish: Laboratoriya tekshiruvlari uchun 2-3 kasal hayvon aftasining devori va tarkibidan, tilning shilliq pardasidan (yirik shoxli hayvondan, cho’chqaning tumshuq gardishidan, teri gultojidan va tuyoq oralaridan, Y.sh.h, m.sh.h, cho’chqa va tuyaning) kamida 5 g olinadi.
Afta bo’lmagan holda hayvonning harorati ko’tarilgan paytda qon, barcha turdagi mayda hayvonlar murdasidan - boshning limfa tugunlari, oshqozon osti bezi yoki yurak muskuli olinadi. Virus tashuvchilikka tekshirish uchun maxsus zond yordamida qizilo’ngach-tamoq shilimshig’i olinadi. Nosog’lcm xo’jalikdan olingan materialdagi virusning tashqi muhitga tarqalib ketmasligi va yuqumli material bilan ishlovchi xodimlarni himoyalash zarur.
Buning uchun: a)xo’jalikdagi veterinariya xodimi kasal hayvondan material olish bo’yicha yetarlicha mahoratga ega bo’lishi kerak; b)materialni olish uchun - pinsetlar, qaychilar, salfetkalar, qalin devorli flokonlar, leykoplastr, rezina tiqin, izotonik natriy xlor eritmasidagi 50% glitserinning steril aralashmasi, sovutuvchi aralashmasi bor termos, 2% - NaOH yoki 1% uksus yoki sut kislotasining eritmasi, maxsus kiyimlardan -xalatlar, kombinzonlar, kosinka yoki chepchik, rezina etik, qo’lqoplar va boshqalar bo’lishi kerak.
Barcha zarur bo’lgan narsalar konteynerga joylanib nosog’lom xo’jalikga borilgach, kasal hayvonlar turgan xonaga kirish oldidan kiyiladi;
c) kasal hayvondan materialni olib bo’lgach instrumentlar, yuzyopqich, qo’lqoplar dezinfeksiyalovchi eritmaga botiriladi, flakon va termosning tashqi qismiga dezinfeksiyalovchi eritma bilan ishlov beriladi.
Odam va narsalarni sanitariya ko’rigidan o’tkazadigan (sanpropusknik) joyda, barcha kiyimlar yechilib, dushga tushiladi. Oqsil virusi odamning burun bo’shlig’ida 7 kungacha yashaydi. Demak, nosog’lom xo’jalikka borgandan so’ng 7 kungacha sog’lom juft tuyoqli hayvonlar bilan iloji boricha kontaktda bo’lmaslik kerak. Buzilish belgisi bo’lmagan material namunasi tiqini burab yopiladigan yoki zich yopiladigan flakonlarga joylashtirilgach muzlatiladi, muzlatish uchun sharoit bo’lmasa konservatsiyalovchi eritma quyiladi (NaCl izotonik eritmasidagi 50% steril glitserin eritmasi) . Flakonga yorliq yopishtirilib unda hayvonning turi, materialning nomi, uning miqdori, olingan vaqti va yuboruvchining manzilgohi ko’rsatiladi. Flakonlar metalldan yasalgan va hech narsani o’tkazmaydigan konteynerga joylanib, muhrlanadi va muzi bor termosga joylanadi va yana muhrlanadi. Materialga yo’llanma xati ilova qilinib unda quyidagilar ko’rsatiladi: materialni olgan vaqt, oqsil kasalligi bo’yicha xo’ jalikdagi epizootik holat yuzasidan xabar berib, veterinariya xodimi imzo qo’yadi. Material maxsus veterinariya xodimi orqali berib yuboriladi. Laboratoriyada oqsil virusi bilan ishlash uchun alohida xona (boks va boks oldi xonasi bilan) ajratiladi, u yerda diagnoz qo’yish ishlarini bajarish uchun (materialni tayyorlash, KBR qo’yish, biologik tajriba va h.k) zarur bo’lgan asbob uskunalar bo’lishi shart. Boksda ishlayotganda maxsus kiyim va oyoq kiyimi to’lasincha almashtiriladi, rezina qo’lqop va yuzyopqich kiyiladi. Idish va asboblar qaynatiladi, maxsus kiyim konteynerga joylanib avtoklavlanadi, stollarga, polga, devorga dezinfeksiyalovchi eritma bilan ishlov beriladi, so’ngra UBN bilan nurlantiriladi.
Laboratoriyaga olib kelingan material va uning sarf qilinganligi 0,1 mg gacha aniqlikda hisobga olinadi. Laboratoriyaga keltirilgan material tekshirilganga qadar va ishlatish davrida ham kalit bilan yopiladigan muhrlangan sovutgichda saqlanadi.Ish tugagandan so’ng tekshirishdan ortib qolgan material yoki biologik tajriba o’tkazilgan havonlar yo’q qilib tashlanganligi haqida dalolatnoma tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |