Veterinariya virusologiyasi



Download 9,02 Mb.
bet173/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

Adabiyotlar:
1. Bozorov X.K, Abdulakimova A.B. Veterinariya virusologiyasidan o’quv qo’llanma.Samarqand 2016 y.
2. Fenner's. Veterinary Virology (United States of America 2016 year).
3. M.Jackson. Veterinary clinical pathology. America 2010 year.
4. Троценко Н.И., Белоусова Р.В., Преображенская Е.А. Практикум по ветеринарной вирусологии. Учебная пособия. М., Агропромиздат 1998 год.
5. Троценко Н.И., Белоусова Р.В., Преображенская Е.А. Практикум по ветеринарной вирусологии. Учебная пособия. М., Колос, 2000 год.

MAVZU: GATR-yordamida parrandalardagi gripp virusini, N'yukasl kasalligi virusidan differensiatsiyalash
Oilasi: Myxsoviridae Avlodi:Orthomyxovirus va Paramyxovirus
Kpiptogrammasi:R/I:Σ5/1:S/E:V/O va R/I:6-8/I:S/E.V/O.


N'yukasl kasalligi-parrandalarning keng tarqalgan kasalligi bo’lib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi. So’nggi paytlarda shu kasallikka o’xshash bo’lgan parrandalarning gripp kasalligi uchrab turmoqda. Ushbu kasalliklarga qarshi kurashish va spetsifik profilaktika ishlarini o’tkazish uchun bir- biridan farqlashimiz zarur.
N'yukasl kasalligi-tovuq va kurkalarning yuqori kontagiozli kasalligi hisoblanadi. Kasallik epizootik shtammning virulentligiga, immunologik holatga, tovuqlarning yoshiga va qo’shimcha infeksiyaga qarab o’tkir, klinik belgisiz va yashirin o’tishi mumkin. N'yukasl kasalligining alomatlari har-xil kechadi. Kamquvvatlik belgilari bilan birgalikda nafas olish traktining zararlanishi, burun bo’shlig’idan, suyuqlik oqishi, yo’tal, bo’g’ilish kuzatiladi.
Ko’kimtir rangdagi xuddi suvday suyuqlikning qon aralash ajralib turishi ovqat hazm qilish traktining yallig’lanishidan dalolat beradi.
Ayrim hollarda markaziy nerv sistemasining zararlanishi tufayli oyoqlarning, qanotlarning falajlanishi kuzatiladi. Kasallik belgisiz kechganda germinal traktda o’zgarishlar bo’lib, tuxum berish 3 haftagacha bo’lmasligi mumkin. Kasallik o’tkir kechganda jo’jalar orasida o’lim 90% gacha etadi.



70-rasm. N'yukaslkasalligivirusiningvirionivaviriondantashqaridaribonukleoproteidipiningfragmentlari (Yu.V.Panteleevbo 'yicha).



O’lgan tovuqlar yorib ko’rilganda kataral yallig’lanish, nafas olish sistemasida, qizilo’ngachda, oshqozonda, ichakda giperemiya va qon quyilishi kuzatiladi. Bosh miya qizargan va shishgan bo’ladi.
N'yukasl kasalligini chaqiruvchi virus Paramyxoviridae oilasiga mansub (70-rasm). Virus antigenining bir xilligi laboratoriyada tekshirib diagnoz qo’yish ishlarini ancha yengillashtiradi.
Virus tovuq, dengiz cho’chqachasi, sichqon va odam eritrotsitlarini agglyutinatsiyalaydi. Virusning ayrim shtammlari qo’y va ot eritrotsitlarini ham agglyutinatsiyalaydi.
Parrandalarning gripp kasalligi uy va yovvoyi parrandalarning o’tkir kechuvchi yuqori kontagiozli kasalligidir. Gripp kasalligiga tovuqlar, o’rdaklar, kurkalar, g’ozlar sezgirdir.
Parrandalarning gripp kasalligida madorsizlik, ishtahaning yo’qolishi, nafas olishning qiyinlashuvi og’iz va burun bo’shlig’idan suyuqlik oqishi, harakat koordinatsiyasining buzulishi oyoqlarda falajlik va sholliklar, tojning ko’pkarishi, ayrim hollarda chechaksimon unib chiqishlar kuzatiladi.
Boshning, bo’yinning shishi, diareya, nerv sistemasi zararlanishi mumkin.
Tovuqlardagi gripp kasalligining Al serologik variantida 70-80% kasal tovuqlar o’ladi. Ammo virus shtammining virulentligiga, tovuqning yoshiga, saqlanish sharoitiga va qo’shimcha infeksiyaning aralashuviga ham bog’liq. Gripp kasalligi bilan o’lgan tovuqlarni yorib ko’rganimizda kataral kon'yunktivit, rinit, sinusit, traxeit, kataral gemorragik yalliglanish, oshqozon shilliq pardalarida, ichakda qon quyulishni ko’rishimiz mumkin. Ayrim hollarda tuxum yo’li va tuxumdonning yallig’lanishi kuzatiladi.
Parrandalarning gripp virusi Orthomyxoviridae oilasiga mansub13 ta serologik varianti bo’lib turlicha patogenlik darajasiga ega va kasallikni har xil turdagi parrandalarda o’ziga xos klinik belgilari bo’ladi. Shuning uchun parrandalarning gripp virusi oldin boshqacha nomlanib ya'ni parrandalarning o’lat virusi deyilar edi. Gripp virusining barcha avlodga mansub bo’lgan A,S-antigeni bo’lib, KBR qo’yib va V-antigenni (gemagglyutinin va neyraminidaza) GATR va NR yordamida aniqlashimiz mumkin. Parrandalarning gripp virusi tovuqlar, dengiz chochqachalari, quyonlar, otlar, qo’ylar va boshqa hayvonlarning eritrotsitlarini agglyutinatsiyalaydi. Yuqorida aytilganlarga qaraganimizda N'yukasl kasalligining klinik alomatlari, patologoanatomik o’zgarishlari parrandalarning gripp kasalligiga juda o’xshash bo’lib, ularni faqat laboratoriya usullari bilan farqlashimiz mumkin.
Bu ishlarni bajarish uchun laboratoriyaga bosh miya, o’pka va taloq yuboriladi.
O’lgan parrandalardan virusni kasallik eng avjida chiqgan paytida ajratib olish lozim.
Shuning uchun patmaterial kasallik boshlangandan so’ng 3-5 kun ichida olinishi kerak.
Tekshirilayotgan virusga qarshi antiteloni uchratish uchun bir tovuqxonadagi 25 ta tovuqdan qon zardobi olinib, namuna uchun yuboriladi. 2-3 hafta o’tgach, shu raqamdagi 25 tovuqdan tekshirish uchun qon zardobi yuboriladi.
Tovuqdan qon olinayotgan vaqtda aseptika qoidalariga amal qilib, zardobni olgach, unga 1:20000 mertiolat nisbatda qo’shib konservatsiya qilinadi.

Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish