Nazorat savollari:
1.
Apparatning paxtani terish darajasi qanday omillarga bog’liq?
2.
Apparatning paxtani chala terish darajasi nimalarga bog’liq?
3.
Apparatning paxtani yerga to’kish darajasi nimalarga bog’liq?
4.
Shpindelli baraban o’zish koyeffisiyentining ma’nosi nima va uning
miqdori terish jarayoniga qanday ta’sir qiladi?
5.
Shpindellarni aylantiruvchi tashqi tasmaning taranglik kuchi terish
jarayoniga qanday ta’sir qiladi? Uning minimal va maksimal miqdorlari qanday
cheklanadi?
AMALIY MASHG’ULOT №-11
MAVZU: SHPINDEL SIRTINING FAOL QISMINI ANIQLASH
Mashg’ulot o’tkazishdan maqsad:
talabalarga gorizontal shpindelli
paxtaterish mashinasi (GShPTM)ni ishga tayyorlash texnologiyasini o’rgatish va
asosiy sozlanishlarini bajarish ko’nikmalarini berish.
Kerakli jihozlar:
GShPTM yoki uning terish apparati, chilangarlik asboblari,
plakatlar, ruletka, o’quv filmlari.
47
O’qituvchi talabalarga:
1. O’quv joyida mavjud bo’lgan GShPTM yoki
uning terish apparati (TA) ni tuzilishi (1-rasm), texnologik jarayonini 2-rasm asosida
tayyorlangan plakat yordamida tushuntiradi. Mashinaishiga qo’yiladigan ATTlarni
izohlaydi.
4.12.1-rasm.
Gorizontal shpindelli paxta terish apparatining sxemasi:
1,9-kassetalar; 2,13-kasseta podshipniklari; 3-kasseta krivoshipi;
4-krivopish g’altagi; 5-yo’lakcha; 6-baraban (rotor) vali; 7-ajratkichga
harakatuzatuvchi shesternyalar; 8-namlagich yostiqchalari; 10-ajratkich likopchasi;
11-ajratkich vali; 12-shpindel.
Apparat quyidagicha ishlaydi. G’o’za poya shoxlari yo’naltirgich 1 yordamida
100 mmgacha bo’lgan qalinlikdagi jismga aylantrilib, terish kamerasi 2 ga majburan
tortib kiritiladi.
Kasseta 3 shpindellari 4 yo’lakcha 6 ta’sirida terish kamerasi 2 ga deyarli
perpendikulyar yo’nalishda A joyida kiritiladi va g’o’zapoyaning siqilgan
shoxlarining ichida, birjoyda aylanib turadi, chunki mashinaning yurish tezligi V
m
va
kassetaning baraban bilan birgalikda aylanma harakatidan oladigan urunma tezlik V
b
o’zaro teng bo’ladi. Shu sababli o’z o’qi atrofida aylanayotgan shpindel, g’o’z
aoralig’iga kirayotganida, uchratgan paxtani tishlari bilan ilintirib, o’z ustiga halqa
ko’rinishida o’rab oladi. Paxtani o’rab olgan shpindelni g’o’za shoxlari orasidan V
joyida sug’urib olgan kasseta VS oralig’ida keskin burilib, shpindelning aylanishini
keskin tezlatadi. Markazdan qochirma kuch ta’sirida xas-cho’plar darcha 5 dan
tashqariga chiqib ketadi. Shpindel ajratkichga tekkan vaqtdan boshlab, baraban bilan
birga aylanayotgan kasseta teskari tomonga, orqasiga, burilishi hisobiga shpindelning
ajratkichga tegib turish vaqti uzoqroq bo’lib, unga o’ralgan paxta to’liq ajratilib
olinadi (kassetaning SD yo’lida). Kassetaning bunday, ya’ni orqa tomonga burilishi
hisobiga shpindelning tezligi keskin kamayadi. Inersiya kuchi ta’sirida shpindelga
o’ralgan paxta o’rami qisman bo’shalib, uni sidirib tushirish osonlashadi. Ajratkich
irg’itgan paxta qabul kamerasi 8 ga tushib, u yerdan havo yordamida bunkerga
48
uzatiladi. Ajratkichdan uzoqlashgan shpindellar kassetasi namlagich yostiqchalariga
urilib, uning yassi sirti bo’ylab dumalab o’tishi hisobiga yuvilib tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |