Serologik tekshirishlar
asosan saramasning surunkali va latent shakl larini
aniqlash uchun o‘tkaziladi. Buning uchun probirkali va tomchili AR usullaridan
foydalaniladi. Reaksiya tomchili usulda qo‘yilganda yog‘sizlan tirilgan quruq predmet
oynachasiga bir tomchi qon (0,004-0,006 ml) yoki zardob (0,002-0,003 ml), bir tomchi
antigen ustiga tomdiriladi va aralashtiri ladi. Spirt alangasi ustida yengilgina qizdirib,
chayqatilib turiladi. Ijobiy holda 1-2 daqiqada mayda yoki yirik donachalar paydo
bo‘ladi. Natija qora fonda ko‘riladi.
Probirkada
reaksiya
zardobni
1:50;
1:100
nisbatlarda
suyultirilib
qo‘yiladi.Agglyutininlar kasallikning 2-5 kunlarida paydo bo‘lib sog‘aygan hayvonlar
qonida 2-3 hafta saqlanishini; cho‘chqalar emlangandan 2 oydan keyingina, zardob
yuborilgan bo‘lsa – 1 oydan keyingina diagnostik tekshi rish mumkinligini inobatga
olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |