Abdukarimov Alisherjon Reja - 1.uglerodning tabiatda uchrash shakillari
- 2.uglerodning tuproq gumusi tarkibida uchrashi
- 3.gumus tarkibidagi uglerodni aniqlash
- 4.Uglerodni tuproq unumdorligini oshirishdagi roli
Uglerodning tabiatda uchrash shakillari - Tuproqlarning asosiy pigmentlariga uglerod birikmalari, temir, marganest, kremniy va qisman oltingugurt kiradi. Tuproq pigmentlari ichida uglerod birikmalari qiziqarli bo‘lib ular tuproqqa ikki xil rang beradi. Birinchidan uglerodli mineral birikmalar, ayniqsa karbonatlar oq rangli bo‘lib, tuproqqa singigan yoki boshqa hollarda, oq donachalar, oq dog‘lar holida tuproqqa oqish rang beradi yoki tuproq rangining oqarishiga sabab bo‘ladi. Karbonatli bo‘z tuproqlar misolida buni kuzatish mumkin
- . Organik uglerod tuproqni sariq, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, qora rangini tashkil qiladi. Bunga misol tariqasida qora tuproqni olishimiz mumkin. Unda organik uglerod 5% va undan ko‘p bo‘ladi, tuproqqa qora rang beradi
Uglerodning tuproq gumusi tarkibida uchrashi - Chirindi yoki gumus tuproqning organik qismi tarkibiga kiradi. Chirindi moddalar gumin kislotalar, fulvokislatalar va ularning tuzlaridan, shuningdek tuproqning mineral qismidagi kompleks birikmalardan iborat bo‘ladi.
Uglerodning tuproq gumusi tarkibida uchrashi - . Tuproqning organik moddalari tarkibiga, chirindining o‘zidan tashqari, chirimagan va chala chirigan o‘simlik hamda hayvonat qoldiqlari, mikroorganizmlar tanalari, o‘simlik qoldiqlarining parchalanish mahsullari va boshqalar ham kiradi. Ammo tuproqdagi jami organik moddalarning 90 % gacha qismi chirindi (gumus) dan iborat bo‘ladi. Tuproq unumdorligi chirindining miqdori va sifatiga bog‘liq.
Uglerodning tuproq gumusi tarkibida uchrashi
|
C
|
H
|
O
|
N
|
kul
|
O’simlik
|
45
|
6,5
|
42
|
1,5
|
5
|
Gumus
|
58
|
4,5
|
28
|
3
|
2-8
|
Boboxo’jaev, P. Uzoqov, 1995)
gumus tarkibidagi uglerodni aniqlash - Chirindi miqdori ikki usulda: chirindi moddalarni quruq holda yondirish va kislota ta’sirida namlab yondirish yo‘li bilan aniqlanadi. Quruq holda yondirish tuproqni qizdirishdan va yondirganda ajraladigan karbonat angidridi miqdorini aniqlashdan iborat. Nam holida kislota bilan yondirish tuproq chirindi moddalarini xrom kislotasi bilan oksidlashga asoslangan. Shuning uchun ham bu usul amaliyotda ko‘proq qo‘llanilib og‘irlik va hajmiy usulda chirindini aniqlash imkonini beradi.
gumus tarkibidagi uglerodni aniqlash - I.V.Tyurin usuli nomi bilan ma’lum bo‘lgan hajmiy usul ancha keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Bu usul ko‘pgina tuproq tiplari tarkibidagi chirindi miqdorini aniqlashga yaroqlidir. Tarkibida temirning chala oksidlari (zakisi) bo‘lgan botqoqlangan tuproqlar bundan mustasnodir. I.V.Tyurin usuli ishlash uchun oson, sodda va aniq usul hisoblanadi.
Uglerodni tuproq unumdorligini oshirishdagi roli - Demak, mexanik tarkibi og„ir tuproqlarda gumus ko„p to„planadi. Masalan, qumloq va qumli tuproqlarga nisbatan qumoq tuproqlarda gumus miqdori 1,1 -1,9 og„ir qumoq va soz tuproqlarda 1,6 - 2,6 marta ko„payadi. Sho„rlanmagan karbonatli gumus hosil qilgan kolloidli mahsulotlarni gellar holida mustahkamlab, yuvilishdan saqlaydi.
Uglerodni tuproq unumdorligini oshirishdagi roli - Tuproqda gumus miqdori tipik bo’z tuproqlarda 1,49 -1,58%, to’q tusli bo’z tuproqlarda va jigarrang tuproqlarda esa 2,41-3,04% ni tashkil qiladi. Tuproqlarni yuqori qatlamlarini yuvilishi oqibatida tuproq unumdorligi sezilarli darajada pasayganligini ko‟rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |