Cho„chqalar saramas kasalligini laboratoriya diagnostikasi
Patologik material
. Laboratoriyaga tekshirish uchun hayvonning jasadi yoki
parenximatoz organlardan bo‗lakchalar (yurak, jigar o‗t xaltasi bilan, taloq, buyrak) ilik
suyagi, yuboriladi. Kasallikning surunkali shakli gumon qilinganda yurakdan qon va
endokard, artritda bo‗g‗in suyuqligi yo‗llanadi. Lozim bo‗lganda organ bo‗laklari
30% li glitserin yoki osh tuzining to‗yingan eritmasida konservatsiyalanadi. Ilik
suyagini yumshoq to‗qimalardan ajratib, 2 – 3% li fenol eritmasi shimdirilgan dokaga
o‗raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |