1. Mikroskopiya.
Patmaterialdan tamg‗ali surtmalar tayyorlanib Gram usulida
bo‗yaladi. Saramas qo‗zg‗atuvchisi spora, kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz,
grammusbat, bitta, ikkita yoki to‗p-to‗p bo‗lib joylashgan tayoqchasimon
bakteriyalardir. O‗lchami 0,2-0,3 x 0,5-1,5 mkm. Ba‘zi adabiyotlarda berilgan
ma‘lumotlarda uzunligi 2-2,5 mkm gacha. Zararlangan yurak klapanlaridan
tayyorlangan surtmada uzun iplar shaklida joylashadi (83,84-rasm). Fluoressentli
zardoblar bilan ham bo‗yash mumkin. Lyuminissentli mikroskopiyada saramas qo‗zg‗a-
tuvchisi intensivligi uch nishondan (+++) kam bo‗lmagan maxsus nur-lanish paydo
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |