Kultural xususiyatlari
. Ichak tayoqchasi aerob yoki fakultativ anaerob.
O‘sishining optimal haroratsi 37 – 38
o
C , pH 7,2 – 7,5. Oddiy oziqa muhitlarda yaxshi
o‘sadi. GPB da bir xilda loyqalanish, tez tarqovchi cho‘kma hosil bo‘ladi. GPA da 16 –
20 soatda namli, yumaloq, chetlari tekis, yuzasi silliq, kul rang koloniyalar hosil qiladi.
Qonli GPA da koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil bo‘ladi. Endo muhitida qizil –
qoramtir tovlanadigan, pushti koloniyalar hosil qiladi. Levina muhitida to‘q ko‘k yoki
qora rangli koloniyalar hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |