Kultural xususiyatlari
. Qo‘zg‘atuvchi glyukozali Saburo agarida o‘stiriladi. 4-5
kundan boshlab mayda kulrang bo‘rtiq shaklida koloniya o‘sa boshlaydi, 10 chi kuni
diametri 10-20 mmga yetadi. Avval silliq, terisimon, sariq oq rangda, keyinroq
koloniyalar mumsimon, kuchli ajinlashgan bo‘ladi.
Eski kulturalar baland, quruq, kukunsimon, kulrang oq bo‘ladi. Mikroskopik
tekshirganda miseliysi avval ingichka (1,5-2 mkm), keyin qalin (5mkm), aniq
bo‘g‘inlarga bo‘lingan (4-20 mkm), ba‘zida urchiqsimon bo‘ladi. Koloniyalar pushti,
pushti-qizil, malina rangida bo‘ladi.
Patogenligi
. zamburug‘ kulturasi yoki pat material bilan oq sichqonlar zararlanadi.
Shuningdek tovuq tojlarida zararlanishni paydo qilish mumkin. Dengiz cho‘chqalari va
quyonlarda sun‘iy kasallik chaqirish mumkin.
Diagnozi
. Aniq diagnoz qo‘yish uchun patmaterial mikroskopik tekshiriladi.
Biopreparatlar
. Kasallikning oldini olish va davolash uchun maxsus vositalar
ishlab chiqilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |