Antigen xususiyatlari
kam o‘rganilgan. Trixofitiya va mikrosporiyani
fluoressensiyalovchi antitelo usulida farqlash mumkin. Ularning antigen tuzilishidagi
farqi profilaktik maxsus biopreparatlarni yaratishda katta ahamiyatga ega.
Diagnozi
. Mikrosporiyaga gumon qilinganda klinik diagnozni tasdiqlash uchun
zararlangan o‘choqlardan olingan qirindilar mikroskopik tekshiriladi. zarur hollarda
qo‘zg‘atuvchining toza kulturasi ajratiladi. Bundan tashqari, trixofitiyani
mikrosporiyadan farqlash kerak. Buning uchun lyuminissentli analizdan foydalaniladi.
Mikrosporiya qo‘zg‘atuvchilari bo‘lsa, ultrabinafsha nurlar ta‘sirida xarakterli yashil
nurlanish (yorug‘lik) paydo bo‘ladi. Trixofitiya qo‘zg‘atuvchisi nurlanmaydi.
Biopreparatlar
. Maxsus davolash usuli ishlab chiqilmagan. Mahalliy davolash
uchun trixofitiyada qo‘llaniladigan preparatlardan foydalaniladi. Yuqori fungisidli ta‘sir
qiluvchi preparatlar taklif qilingan: yuglon, fenotiazin, amkazol, yod - vazogen, yam va
h.k. Maxsus kasallik oldini oluvchi vositalar yo‘q.
89
Do'stlaringiz bilan baham: |