Bu oila vakillari bir, ikki va ko'p yillik o't o'simliklardan iborat



Download 9,53 Kb.
Sana06.06.2022
Hajmi9,53 Kb.
#642665
Bog'liq
Bu oila vakilla-WPS Office


Bu oila vakillari bir, ikki va ko'p yillik o't o'simliklardan iborat.

Ildizlari popuksimon, ildizpoyalari ham bor. Poyalari silindrsimon,

oddiy, shoxlanmagan, bo'g'imlarga ajralgan, bo'yi 2 sm dan 150—

(200) sm ga yetadi. Bo'g'im oralarining ichi kovak. Barglari oddiy,

bandsiz, navbat bilan joylashgan, qalami, nashtarsimon, parallel

tomirli. Barglarining pastki qismipoyani o'rab turadigan silindrsimon

uzun qin va qalami — nashtarsimon uzun yaproqdan iborat. Qin bilan

yaproq o'rtasida yupqa pardasimon kichkina tilcha o'rnashgan. Gullari

mayda, rangsiz, gulqo'rg'onsiz, bir, ikki, ko'p gulli boshoqchalarda

joylashgan. Boshoqchalar o'z navbatida 3 xil to'pgulga birlashadi:


murakkab boshoq (bug'doy, arpa va boshq.); boshoqsimon supurgi

to'pgul; supurgisimon to'pgul (suli, qo'ng'irbosh, yaltirbosh). Har

bir boshoqchada 1 — 10 tacha yoki undan ko'p ikki jinsli, ba’zan

bir jinsli gul bo'ladi. Boshoqchaning tagida ikkita tangacha (qipiq),

ya’nipastki va uning qarshisidan biroz yuqoriroqda ustki tangacha

joylashgan. Gulqo'rg'on bo'lmaydi, ularning o'rnida gul tangachalari

bo'ladi. Gul tagida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ikkita — ostki

va ustki gul tangachasi bor. Ko'pgina bug'doydoshlarning pastki gul

tangachasida qiltiq bo'ladi. Bu qiltiq pastki gul tangachasining uchida

o'rtasidan yoki pastki qismidan chiqadi. Ularning uzunligi 0,5—5,0 sm

va shakli har xil bo'ladi. Gulning ichida gul tangachalari orasida

mayin, kichkinagina parda joylashgan. Bu parda o'zgargan gulqo'rg'on

bo'lib, lodikula deb ataladi. Lodikulalar rcduksiyalangan gulqo'rg'on

ichki doirasining qoldig'i hisoblanadi. Lodikulalarning biologik ahamiyati

katta. Ular gullar ochilishiga yordam beradi. Changchisi 3 ta (faqat

tashqi doirada) yoki 6 ta (sholi, shakarqamish, bambuk), ba'zan 2

ta (qizil qiyoq, tilqirqar), bitta ham bo'lishi mumkin.

Urug'chisi 4 ta, 2—3 ta meva bargli. Tugunchasi ustki, bir uyali

va bir urug'kurtakli.

Bug'doydoshlar asosan shamol yordamida changlanadi. Mevasi —

don. U po'st, endospcrma va murtakdan iborat. Doni (meva) ning

ko'p qismi kraxmalli cndospcrmdan iborat, uning tag tomonida

qalqon bilan ajralib turgan kichkina murtak joylashgan.

Bu oila 900 turkum va 10500—11000 turdan iborat. Vakillari Yer

yuzida keng tarqalgan. O'rta Osiyoda 95 turkum va 410 ga yaqin turlar

uchraydi, O'zbekistonda 80 turkum va 216 turi mavjud.


yaprog'lari hamma vaqt poyada navbat

bilan va odatda 2 qator joylashadi. Yaprog4 atrofi, ya'ni asosi bilan

poyaga nov hosil qilib, uni to'liqo'rab olgan holda birikadi vao'sayotgan

bo‘g4ndanhimoyalovchi vazifasini ham bajaradi. Q o'ng'irboshda nov

yo'g'onlashib, moddalarni g'am lashda ishtirok etib, kattalashib piyozbosh ko'rinishiga o'xshab qoladi. Ko'pchilik boshoqdoshlarda novning

qurigan qismio'simlikning pastki qismini qizib ketishidan, ortiqcha suv

bug'latishdan, umuman himoyalashda ishtirok etadi.

Yaprog4 asosida joylashgan kichkina, tikkasiga yo'nalgan yashil pardasimon yoki yupqa terisimon o'sim ta - ligula yaprog' noviga bakteriyalar, zamburug' sporalari suv kirishidan himoya qiladi. Shunga

ko'ra, mezofil va gidrofil xarakterdagi boshoqdoshlarda ligula ancha

yaxshi rivojlangan. KserofU bug'doydosh larda esa u tig'iz joylashgan

tukchalarga aylanib ketgan. Govkurmak (Echinochloa orysoidcs),

shamak (E. crus) turlarida ligula butunlay rivojlanmagan.

Bug'doydoshlarning yaprog'lari parallel, to 'g 'ri chiziq lantsetsimon

tomirlanishga ega va ko'pchiligida u novdagisi bilan qo'shilib ketgan.


Ayrimlaridagina u yaprog' asosida to'xtaydi. Yaprog'ning anatomik tuzilishi ham kenja oila va undan quyi darajadagi farqlami ajratishda sistematik belgi bo'lib hisoblanadi.
Download 9,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish