Fimbriyalar
va
pili
, ya‘ni tukchalar (vorsinka). Bakteriya hujayralarida
xivchinlardan tashqari uzun, ingichka, to‘g‘ri, iplari – fimbriyalar ham bo‘ladi
Fimbriyalar xivchinlarga nisbatan ancha kalta, ingichka va juda ko‘p bo‘ladi. U
harakatchan va harakatsiz organizimlarda ham bo‘ladi.
Rikketsiyalar
– bakteriyalar bilan viruslar oralig‘ida joylashgan, bir hujayrali,
harakatsiz, polimorf, grammanfiy organizmlar. DNK, RNK, oqsil va 40 % cha lipidlari
bor. Shakli va o‘lchami bilan bakteriyalarga, kultural va biologik xususiyatlari bilan
viruslarga o‘xshaydi.Rikketsiyalar bit, kana, burga tanasida parazitlik qilib hayvon va
inson organizmiga tushganda kasallik chaqiradi. Kasallik rikketsiozlar deb umumiy
nomlanib, unga qizilchali tif, Ku- isitmasi va h.k lar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |