7-SINF BIOLOGIYA MONITORING TEST.
1.Amyoba nima orqali harakatlanadi?
A) Soxta oyoqlar B)xivchinlar C) kiprikchalar D) barcha javob to'g'ri
2.Bezgak paraziti qaysi sinfga mansub?
A) Xivchinlilar B) sporalilar C) infuzoriyalar D) soxta oyoqlilar
3. Sodda hayvonlar noqulay sharoitda nima hosil qiladi?
A) Spora B)sista C) mitseliy D) gifa
4. Gidraning tana simmetiryasi qanday?
A) ikki yon tomonlama B) nurli simmetirya C) bir tomonlama D) simmetirya yo’q
5.Tripanasoma qaysi kasallikni keltiradi?
A) bezgak B) ichburug’ C) uyqu D) qorin tifi
7.Tufelka nima orqali harakatlanadi?
A) Soxta oyoqlar B)xivchinlar C) kiprikchalar D) barcha javob to'g'ri
8. Jigar qurtining oraliq ho'jayini nima?
A) Qoramol B) suv shillig'i C) o'txo'r hayvonlar D) to'g'ri javob yo'q
9.Evglena yorug’likni nima orqali sezadi.
A) xromoplastlari B) qizil ko'zchasi C) vakuolalari D) xromatoforlari
10.Tufelkaning yadrolarining soni nechta?
A)2 ta B)3ta C)1 ta D)4 ta
11.Qoramol tasmasimon chuvalchangining tana uzunligi?
A) 5-6 sm B)8-10 metr C)7-8 sm D)4-5 metr
12. Amyobali suv tomchisiga osh tuzi qo'shilsa nima kuzatiladi?
a) soxta oyoqlarini tortib oladi; b) soxta oyoqlarini otib chiqaradi; c) sharsimon shaklga kiradi; d) tanasi cho'ziladi va ikkiga bo'linadi
13. Oq planariyada necha shoxli ichak mavjud.
A) Uch shoxli B)bir shoxli C) shoxlanmagan D)ichagi yo’q
14. Quyidagi hayvonlarning qaysisida regeneratsiya mavjud?
A) gidrada B) amyoba C) leyshmaniya D) tripanosoma
15. Qoramol tasmasimon chuvalchangining boshida nechta so’rg;ichi bor?
A) 2 ta B) 3ta C) 4 ta D) 1 ta
17. Noqulay sharoitda evglena nimaga aylanadi?
A) sporaga B) gametaga C) sistaga D) zoosporaga
18. Volvoks tanasining shakli qanday ko'rinishda bo'ladi?
A) duksimon B) noksimon C) ipsimon D)bargsimon
19. Koloniya tarkibidagi volvokslar o'zaro nima orqali bog'lanadi?
A) xivchinlar B) endoplazmatik to'r C) membrana D) sitoplazmatik ipchalar
20. Jigar qurtida nechta so’rg’ich bor?
A)2 ta B)3ta C)1 ta D)4 ta
21. Qaysi sodda hayvon odam terida tuzalmas yara hosil qiladi?
A) nozema B) ichburug' amyobasi C) leyshmaniya D) tufelka
22. Qaysi sodda hayvon ichakda parazitlik qilib qonli ichburug’ kasalligini keltirib chiqaradi?
A) nozema B) ichburug' amyobasi C) leyshmaniya D) tripanosoma
23 Evglenaning tana shakli?
A)noksimon B)duksimon C)sharsimon D)ipsimon
24.Qoramol tasmasimon chuvalchangining tana bo’g’imlarining soni?
A) 1000 dan ortiq B)200 ta C)300 ta D) 500 ta
25.Suyuqlik bilan to’lgan pufak nima deb aytiladi?
A)shar B) finna C) pilla D) t.j.yo’q
26.O’simliklarda parazitlik qiluvchi chuvalchang.
A)exinakokk B) bo’rtma nematoda C) qoramol tasmasimoni D) t.j.yoq
27.Qaysi chuvalchang ichakda simga o’xshab tiralib turadi.
A) odam askaridasi B) planariya C)exinakokk D)jigar qurti
28.Askarida bir kecha-kunduzda qancha tuxum qo’yadi.
A)20000 B)240000 C)10000 D)5000
29.Oq planariyaning og’zi qayerda joylashgan.
A)Bosh qismida B)qornida C) og’iz teshigi yo’q D)orqa qismida
30.”Dengiz likopchasi” deb nomlanadigan meduza qaysi.
A) aureliya meduzasi B) ildizog’iz C)qutb D)t.j.yo’q