Xlamidiya
-grekchadan
Chlamyda
-mantiya so‘zidan olingan, chunki ular
zararlangan hujayralarda mantiyaga o‘xshash qobiqqa o‘ralgan kiritmalar hosil qiladi.
Xlamidiyalar rivojlanishida inisial tanachalar oraliq rivojlanish bosqichida paydo
bo‘lib, keyin mayda elementar tanachalar hosil bo‘ladi. Elementar va inisial tanachalar
infeksion aktivlili, o‘lchamlari va zichligi bilan farq qiladi.
Mikoplazmalar
– polimorf mikroorganizmlar bo‘lib, 100- 150 nm o‘lchamdagi
filtrlardan o‘tadi, spora, kapsula hosil qilmaydi, grammanfiy harakatsiz
mikroorganizmlar. Tarkibida tirik to‘qima hujayralari bo‘lmagan oziq muhitlarda
o‘sadi. Bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi.Polimorfizm mikoplazmalarda haqiqiy hujayra
qobig‘i o‘rniga yupqa uch qavatli lipoprotein membrana bo‘lishiga bog‘liq.
Mikoplazmaning sharsimon, ipsimon, shingilsimon va h.k. shakllari mavjud.
Hujayrasida DNK, RNK ribosoma va boshqa komponentlar bor. Mikoplazmalar
qo‘zg‘atadigan kasalliklarga y.sh.m plevropnevmoniyasi, m.sh.mollar yuqumli
agalaktiyasi, parrandalar respirator mikoplazmozi misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |