4
1 - leksiya
Mavzu
: Kirish.
Mikrobiologiya fani
va uning rivojlanish tarixi
Reja:
1. Mikrobiologiya fanini ahamiyati.
2. Mikrobiologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi.
3. Mikrobiologiyani yutuqlari
Asosiy
adabiyotlar:
1.
Kislenko V.N., Kolichev N.M., Veterinarnaya mikrobiologiya i
immunologiya. Chast 1. Obshaya mikrobiologiya. M. KolosS, 2006 g. S.3-12.
2. Kislenko V.N., Kolichev N.M., Suvorina O.S. Veterinarnaya mikrobiologiya
i immunologiya. Chast 3. Chastnaya mikrobiologiya . M. KolosS, 2007 g. s.3-6
3.Yemelyanenko P.A. i dr. Veterinarnaya mikrobiologiya. M., Kolos., 1982. S. 3-9.
Qo‟shimcha adabiyotlar:
1. Vorobyev A.A. Medisinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya.
M. 2008
g. S. 17-29.
2. Asonov N.R. Mikrobiologiya. M.: Agropromizdat. 1989.S.3-18
Tayanch iboralar:
Mikroorganizm, bakteriya, mikroskop, umumiy, xususiy,
tibbiyot,
texnik mikrobiologiya, sanitar mikroblar, mikroorganizm oqsillari,
bakteriologiya, mikoplazmatologiya, rikketsologiya,
mikologiya, virusologiya, sof
kultura, kasallik qo‘zg‘atuvchisi, immunologiya, vaksina, zardob, gen injeneriyasi.
Mikrobiologiya fanini ahamiyati.
Mikrobiologiya
– mikroorganizmlar haqidagi fan. Mhikroblarning o‘lchamlari 0,1
mm dan kichik bo‘lib, ularni faqatgina qurollangan ko‘z bilangina ko‘rish mumkin.
Mikroblarga ba‘zi soddalilar, bir hujayrali suv o‘tlari, mikroskopik zamburug‘lar,
bakteriyalar, viruslar va hokazolar kiradi. Ularni tekshirish uchun 3000 marta
kattalashtirib ko‘rsatadigan optik mikroskoplar va o‘ndan yuzming martagacha
kattalashtirib ko‘rsatadigan elektron mikroskoplar ishlatiladi.
Mikroorganizmlarning
barchasini yagona atama bilan birlashtirib mikroblar deyish mumkin. Bu atamani
fransuz olimi Seddilo 19 asrniing oxirida kiritgan. Bu fanning nomi ham fransuz olimi
E. Dyuklo tomonidan taklif etilgan bo‘lib, uchta grekcha so‘zdan tarkib topgan:
―mikros‖- mayda, ―bios‖- hayot, ―logos‖ - fan. Ya‘ni mikrobiologiya. Ushbu fan
nihoyatda mayda organizmlar – mikroblarning – morfologiyasi,
fiziologiyasi,
genetikasi, ekologiyasini, ularning hayvon, o‘simlik va odamlar hayotidagi roli va
ahamiyatini o‘rganadigan fan.
Mikrooarganizmlar tabiatda juda keng tarqalgan: tuproq, suv, havo, osimliklar
sirtida, hayvonlar va odamlar
terisida ham ichaklarida, hayvonlarning teri qoplamida,
atrof muhitning barcha predmetlarida. Mikroblar shaxta chuqurligi va dengiz tubida, bir
necha o‘n kilometr balandlikdagi stratosferada ham uchraydi.
5
Foydali va zararli mikroorganizmlar bor. Ba‘zilari o‘simlik qoldiqlari, hayvonlar
jasadini chiritib,
yerni tozalasa, ba‘zilari o‘simlik va hayvonlarda kasallik chaqirib,
katta zarar yetkazadi.
Mikroorganizmlar tabiatda moddalar almashinuvida aktiv ishtirok etadi. Hazm
qilish jarayonlarida ham, ayniqsa kavsh qaytaruvchilarda muhim ahamiyatga ega.
Sigirlarning katta qornida mikroblar 3 kg ga yetishi mumkin.
Mikroblar dunyosining turli xilligi mikrobiologiyani qator bo‘lim va yo‘nalishlari
ya‘ni tarmoqlari farqlanishiga olib keldi.
Hozirgi vaqtda mikrobiologiya qator mustaqil yo‘nalishlarga bo‘lingan: umumiy,
xususiy, tibbiyot, veterinariya, qishloq ho‘jalik, texnik (sanoat), suv (dengiz),
kosmik
mikrobiologiya va h.k.
Mikrobiologiya
Umumiy
Xususiy
Tibbiyot mikrobiologiyasi
Veterinariya mikrobiologiyasi
Mikroorganizmlarning hayot faoliyati umumiy qonuniyatlari va ularning tabiatdagi
rolini umumiy mikrobiologiya, mikroblar dunyosining alohida vakillarini xususiy
mikrobiologiya o‘rganadi.
Xalq xo‘jaligining rivojlanishi, hayvon, odamlar va o‘simliklar patologiyasida,
infeksion kasalliklarning oldini olish va qarshi kurashish
vositalarini yaratish, hatto
tabiatning doimiyligini tutib turishida mikrobiologiya fanini ahamiyati nihoyatda katta.
Do'stlaringiz bilan baham: