Veterinariya m I k r o b I o L o g I y asi


Quy va echkilar infeksion agalaktiyasi qo‟zg‟atuvchisi –



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/120
Sana20.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#952640
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
Bog'liq
Veterinariya m I k r o b I o L o g I y asi

Quy va echkilar infeksion agalaktiyasi qo‟zg‟atuvchisi – 
Mycoplasma 
agalactiae.
Kasallik sut bezlarining zararlanishi, sut sekresiyasining yo‘qoli shi,
ko‘zning ( keratit, kon‘yunktivit), bo‘g‘inlarning zararlanishi bilan xarakterlanadi. 
Kasallik o‘tkir kechganda hayvonlar 5-8 kundan keyin o‘ladi. 
Patmaterial.
Kasal hayvonlardan sut yoki yelin sekreti (agalaktiyada), zararlangan 
bo‘g‘inning sinovial suyuqligi, zararlangan ko‘z ajratmalari, o‘lganlaridan- jigar, 
yelinning bir qismi, sinovial suyuqlik, abssess moddasi olinadi. Material muz solingan 
termosda yoki muzlatilgan holatda mutaxas sis orqali yo‘llanadi. Yangi muzlatilgan 
materialni 10 kundan ortiq saqlash mumkin emas. 
Mikroskopiya.
Tekshirilayotgan materialdan yupqa surtma tayyorlab, 24 soat 
quritiladi. Surtmani tuz, erigan oqsillardan tozalash uchun 10 daqiqa distillangan suvga 
solinadi, qog‘oz bilan quritiladi, 10-15 daqiqa etil spirti bilan qotirib, 48 soat 
Romanovskiy Gimza usulida bo‘yaladi, yuvib, quriti ladi. Boshqa mikoplazmalar 
singari 
Mycoplasma agalactiae
ham polimorf, o‘lchami 250-400 nm. 
Kultural xususiyatlari
. Aerob. 15-20% ot yoki qoramol qoni zardobi qo‘shilgan 
Marten agari va bulonida o‘sadi., muhit pH- 7,4-8,0, optimal harorati 37
0
C . zardob va 
1-2% glyukoza qo‘shilgan Xottinger va Edvard muhitlarida ham o‘sadi. Suyuq oziq 
muhitlarda sekin o‘sadi, 5-6 kunlari yengil loyqalanadi. Zich oziq muhitlarda mayda 
koloniyalar ko‘rinishida o‘sadi ( lupada ko‘riladi). Yosh kulturalar koloniyasi zich oziqa 
muhit yuzasi dan yengil ko‘chadi, qari kulturalar esa qiyin ko‘chadi. Mikoplazmalarni 
hujayra kulturalarida- qo‘y embrioni buyragi hujayralari, tovuq fibroblastlari da ham 
o‘stirish mumkin. 
Biosinov 
uchun qo‘y va echkilar terisi ostiga yoki sisternasiga 5-10 ml material 
yuborib zararlanadi. Inkubasion davri 2-14 kun. Diagnoz qo‘yish bo‘yicha yo‘riqnoma 
asosida (1984) biosinov uchun 2,5-3,0 kg li quyonlarni ham ishlatish mumkin. Ular 100 
TB/ml penisillin, 1-2 tomchi 10% li sirkali talliy eritmasi qo‘shilgan patmaterial 
suspenziyasi bilan(1:10) zararlanadi. Bu aralashma uy haroratida 1 soat qoldiriladi, 
keyin quyonlar ko‘zining oldingi kamerasiga yuborib zararlantiriladi. Buning uchun 
avval ko‘z navokain bilan og‘riqsizlantiriladi, keyin ingichka igna bilan shprisda 
ehtiyotlik bilan 0,05-0,1 ml suyuqlik tortib olinadi, ignani sug‘irib olmasdan, shpris 
tayyor suspenziya toritlgani bilan almashtiriladi va 0,1-0,2 ml yuboriladi. Ijobiy 


93 
hollarda 5-12 kundan keyin keratit rivojlanadi. Biosinov uchun kasal hayvonlardan 
olingan sut yoki sinovial suqligini ham ishlatish mumkin.
Nazorat savollari: 
1. Trixofitiya qo‘zg‘atuvchisining xususiyatlari va laboratoriya diagnozini ayting. 
2. Mikrosporiya qo‘zg‘atuvchisining xususiyatlari va laboratoriya diagnozini ayting. 
3. Trixofitiya, mikrosporiya qo‘zg‘atuvchilarining qanday farqlanishini ayting. 
4. Dermatomikozlarga tekshirish uchun patmaterial olish. 
5. Kandidamikoz, aspergillez qo‘zg‘atuvchilari, ularni o‘stirish. 
6. Patogen mikoplazmalarning umumiy xususiyatlarini ayting.


94 


95 


96 


97 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish