Veterinariya m I k r o b I o L o g I y asi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/120
Sana20.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#952640
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   120
Bog'liq
Veterinariya m I k r o b I o L o g I y asi

Antigen xususiyatlari
kam o‘rganilgan. Trixofitiya va mikrosporiyani 
fluoressensiyalovchi antitelo usulida farqlash mumkin. Ularning antigen tuzilishidagi 
farqi profilaktik maxsus biopreparatlarni yaratishda katta ahamiyatga ega. 
Diagnozi
. Mikrosporiyaga gumon qilinganda klinik diagnozni tasdiqlash uchun 
zararlangan o‘choqlardan olingan qirindilar mikroskopik tekshiriladi. zarur hollarda 
qo‘zg‘atuvchining toza kulturasi ajratiladi. Bundan tashqari, trixofitiyani 
mikrosporiyadan farqlash kerak. Buning uchun lyuminissentli analizdan foydalaniladi. 
Mikrosporiya qo‘zg‘atuvchilari bo‘lsa, ultrabinafsha nurlar ta‘sirida xarakterli yashil 
nurlanish (yorug‘lik) paydo bo‘ladi. Trixofitiya qo‘zg‘atuvchisi nurlanmaydi. 
Biopreparatlar
. Maxsus davolash usuli ishlab chiqilmagan. Mahalliy davolash 
uchun trixofitiyada qo‘llaniladigan preparatlardan foydalaniladi. Yuqori fungisidli ta‘sir 
qiluvchi preparatlar taklif qilingan: yuglon, fenotiazin, amkazol, yod - vazogen, yam va 
h.k. Maxsus kasallik oldini oluvchi vositalar yo‘q. 


89 
Favus (parsha) qo‟zg‟atuvchisi
. Favus-teri, pat, soch va tirnoqlarning zararlanishi 
bilan xarakterlanadigan yuqumli kasallik. Ichki organlar ham zararlanishi mumkin. 
Asosan parrandalar, kamroq sut emizuvchilar kasallanadi. Parrandalarda Favus toji
sirg‘asi va tumshug‘iga yaqin joylarida kulrang oq qatlam-skutula paydo bo‘lishi bilan 
xarakterlanadi. O‘choqlar birlashib ketib toj va sirg‘a to‘liq skutula bilan qoplanadi. 
Generalizasiyalangan shaklida boshi, tanasi, shuningdek burun-xiqildoq, zob, ingichka 
ichak ham zararlanadi. Mushuk, it, quyonlarda favus skutula shaklida namoyon bo‘ladi. 
Tirnoq atrofidagi teri va bosh terisi zararlanadi. 
Favusning 
asosiy 
qo‘zg‘atuvchilari 
takomillashmagan 
zamburug‘larga, 
Moniliaceae
oilasiga,
Acharion
avlodiga kiradi. Parrandalarda 
Ach.gallinae
, odamlarda 
Ach.schoenleini
kasallik chaqiradi. Sporadik hollarda it, mushuk, maymun, kam 
hollarda buzoqlar kasallanadi. 
Morfologiyasi
. Axorion avlodi zamburug‘larining patmaterialda shoxlanib 
ketgan, kiygizga o‘zxshash giflardan iborat miseliysi bo‘ladi. Miseliysi ingichka
bo‘g‘inlarga bo‘lingan bo‘ladi. Ikki konturdan iborat keng, to‘g‘ri burchakli 
hujayralardan iborat bo‘lishi mumkin. Sporolar shakli yumaloq yoki ko‘p burchakli
ular zanjir yoki guruh bo‘lib joylashadi. Diametri 4-8 mkm. zararlangan sochda 
sporadan tashqari havo pufaklari ham bo‘ladi. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish