ADRENOLITIKLAR
Bu moddalar yurak, bronxlar, qon tomirlari va boshqa a’zolardagi α- adrenoretseptorlarni falajlab, endogen va ekzogen katexolaminlarni ta’siriga to‘sqinlik qiladi. Adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchilar, simptomimetik xususiyatga ega. Amaliyotda anaprilin ko‘proq qo‘llaniladi. Anaprilin yurak va yurakning o‘tkazuvchan tizimidagi α- adrenoretseptorlarni falajlab, uning artioventrikulyar o‘tkazuvchanlik va avtomatizmini kamaytirishi tufayli yurakning kuchi, urish tezligi, yurakdan aortaga chiqqan qonning miqdori, yurak mushaklarining kislorodga bo‘lgan ehtiyoji kamayadi.
Anaprilin aritmiyaga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi mexanizmida, yurak o‘tkazuvchan tizimidagi α- adrenoretseptorlarini falajlash, yurakka simpatik ta’sirlarni kamaytirish hamda hujayra membranalari ichida kaliy miqdorini saqlab turishiga bog‘liq.
Anaprilin og‘iz, parenteral yo‘llar orqali yuboriladi, me’da-ichaqdan yaxshi so‘riladi, jigarda ko‘p miqdorda parchalanadi, metabolitlari siydik orqali ajralib chiqadi.
Anaprilin venaga yuborilganda o‘pkada ushlanib qolish miqdori hatto qondagi mikdordan 25—100 marta ortiq bo‘lishi mumkin. Qonda anaprilinning 81—96% i, oqsil bilan jigarda esa 95% i har xil metabolitlarga aylanadi.
Adrenoblokatorlar qo‘llanganda, yurakda yetishmovchilik paydo bo‘ladi, ko‘ngil ayniydi, qayt qilib, ich ketadi, holsizlanish, bosh aylanishi, bronxlarda qisqarish, bradikardiya, allergik kabi nojo‘ya asoratlar paydo bo‘lishi mumkin.
Anaprilinni bronxial astma, yurak yetishmovchiligi, qandli diabet va bo‘g‘ozlikda qo‘llash man etiladi.
Dorilarning o‘zaro ta’siri
Preparat monoaminooksidaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda gipotenziv ta’sirini sezilarni darajada kuchayishi kuzatiladi, shu tufayli bunday majmuani qo‘llash mumkin emas; monoaminooksidaza ingibitorlari va Anaprilinni qabul qilishlar orasidagi tanaffus kamida 14 kun bo‘lishi kerak.
Diuretiklar, rezerpin, gidralazin, nifedipin va boshqa antigipertenziv dori vositalari, shuningdek etanol bilan bir vaqtda qo‘llanganda Anaprilinning gipotenziv samarasi kuchayadi.
Rizatriptan bilan bir vaqtda qo‘llash qonda uning konsentratsiyasini oshishiga olib keladi va rizatriptanning dozasini kamaytirish talab etiladi.
Glyukokortikoidlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (buyrakda natriyni ushlanib qolishi va prostaglandinlar sintezini kamayishi), estrogenlar (natriyni ushlanib qolishi) preparatning gipotenziv samarasini susaytiradilar.
Anaprilin tireostatik va uterotonizatsiya qiluvchi dori vositalarining ta’sirini kuchaytiradi; antigistamin vositalarning ta’sirini susaytiradi.
Amiodaron, verapamil va diltiazem bilan bir vaqtda qo‘llanganda manfiy xrono-, ino- va dromotrop ta’sirining yaqqolligini kuchaytiradi.
Yod saqlovchi rentgenokontrast dori vositalari vena ichiga yuborilganida anafilaktik reaksiyalarni rivojlanish xavfini oshiradi.
Fenitoin vena ichiga yuborilganida, ingalyatsion anesteziya uchun qo‘llanadigan vositalar (uglevodorod hosilalari) Anaprilin bilan bir vaqtda qo‘llanganda kardiodepressiv ta’sirining yaqqolligi va arterial bosimini pasayib ketish ehtimol oshadi.
Anaprilin bir vaqtda qo‘llanganda insulin va peroral gipoglikemik vositalarning samaradorligini o‘zgartiradi, rivojlanayotgan gipoglikemiyaning simptomlarini (taxikardiya, arterial bosimni oshishini) yashiradi.
Yurak glikozidlari, metildopa, rezerpin va guanfatsin, antiaritmik dori vositalari Anaprilin bilan bir vaqtda qo‘llanganda bradikardiya, atrioventrikulyar blokada, yurakni urishini va yurak yetishmovchiligini rivojlanishi yoki og‘irlashishi xavfini oshiradi.
Anaprilin qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlarning ta’sirini va kumarinlarning antikoagulyant samarasini uzaytiradi.
Tri- va tetrasiklik antidepressantlar, antipsixotik dori vositalari (neyroleptiklar), etanol, sedativ va uyqu dori vositalari propranololning markaziy nerv tizimining faoliyatiga nisbatan susaytiruvchi ta’sirini kuchaytiradi.
Shoxkuya alkaloidlari Anaprilin bilan bir vaqtda qo‘llanganda periferik qon aylanishini buzilishini rivojlanish xavfini oshiradilar.
Anaprilin immunoterapiya yoki teri sinamalari uchun qo‘llanadigan allergenlarni yuborish fonida og‘ir darajadagi tizimli reaksiyalarni (anafilaksiyani) rivojlanish ehtimolini oshiradi.
Simetidin, sulfasalazin Anaprilinning biokiraolishligini oshiradi.
Anaprilin qon plazmasida lidokain, fenotiazin neyroleptiklarning konsentratsiyasini oshiradi, teofillinning klirensini pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |