«veterinariya farmatsevtikasi» kafedrasi


-Mavzu. Gangliyalarga ta’sir etuvchi moddalarni o‘zaro ta’sir xususiyatlari



Download 302,98 Kb.
bet112/120
Sana13.06.2022
Hajmi302,98 Kb.
#666319
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120
Bog'liq
Dorilarni o\'zaro ta\'sir xususiyatlari Majmua 2021

17-Mavzu. Gangliyalarga ta’sir etuvchi moddalarni o‘zaro ta’sir xususiyatlari.

Miorelaksantlar Janubiy Afrikadagi kurare o‘simligidan olinganligi tufayli ularni miorelaksantlar, kuraresimon moddalar deb ataladi. 1935 yilda kuraredan tubokurarin alkaloidi olingan bo‘lib keyinchalik boshqa kuraresimon moddalar sintez yoki yarim sintez yo‘li bilan olina boshlandi. Kimyoviy jihatdan kuraresimon moddalar to‘rtlamchi va uchlamchi ammoniy birikmalaridan iborat.


Miorelaksantlarning asosiy ta’sir mexanizmi harakatlantiruvchi asablar oxiridagi skelet mushaklari N-xolinoretseptorlarini falajlaydi, qo‘zg‘atuvchi asablardan impulslar o‘taolmay, mushaklar bo‘shashadi — relaksatsiya yuz beradi.
Ta’sir mexanizmi bo‘yicha miorelaksantlar 3 guruhga bo‘linadi:
1. Depolyarizatsiyaga qarshi moddalar.
2. Depolyarizatsiyalovchi moddalar.
3. Aralash ta’sir mexanizmli moddalar.
1. Depolyarizatsiyaga qarshi moddalar — tubokurarin, anatrukson, piperokuron, melliktin haqiqiy kuraresimon (paxikurare) moddalar bo‘lib, asetilxolinga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi (antagonisti) hisoblanadi.Mushaklardagi N-xolinoretseptorlar falajlanishi tufayli, harakatlantiruvchi asab oxiridan ajraladigan asetilxolin, mushaklar oxirida yuzaga keladigan qo‘zg‘aluvchanlik asabdan mushaklarga o‘tolmay qoladi. Mushaklar bo‘shashib, qarama-qarshilik hosil bo‘ladi. Agar harakatlantiruvchi asab oxirida asetilxolin miqdori oshsa, asetilxolin antagonist sifatida mushaklardagi kuraresimon moddalarni chiqarib tashlaydi, o‘z retseptorlarini egallaydi va asetilxolinning depolyarizatsiya qiluvchi xususiyati tiklanadi. Xolinesterazaga qarshi moddalar asetilxolin ta’sirini oshiradi, ular xolinesteraza fermentini falajlab, asetilxolinni parchalanishdan saklab qoladi va uning mikdorini oshiradi.
2. Depolyarizatsiyalovchi moddalar (leptokurare) — ditilin (suksametoniy) kimyoviy jihatdan asetilxolinga o‘xshab ketadi.
Ditilinni, butiril — xolinesteraza (soxta xolinesteraza) fermenti tez parchalaydi, shuning uchun uning ta’sir muddati qisqa bo‘ladi. Ba’zilarda ditilinning ta’siri davomli bo‘ladi, chunki ularning organizmida ditilinni sekin parchalaydigan yoki umuman parchalamaydigan alohida xolinesteraza bo‘ladi. Xolinesterazaga qarshi moddalar ditilin ta’sirini kuchaytirali.
3. Ta’sir mexanizmi aralash moddalardan dioksoniy, avval qisqa muddat ichida depolyarizatsiyani falajlab, keyin qarama-qarshilik tusig‘ini hosil qiladi.
Miorelaksantlarning davolovchi miqdori avval bosh, yuz, bo‘yin, keyin qo‘l-oyoq, tana mushaklarini bo‘shashtiradi agar ular mikdori oshsa, nafas -diafragma va yurak mushaklari ham bo‘shashadi.
Kuraresimon moddalar anesteziologiyada keng qo‘llaniladi. Ushbu moddalar skelet mushaklarini bo‘shashtirib, jarrohlik jarayonini osonlashtiradi. Ular traxeyani intubatsiya qilishda, bronxoskopiya o‘tkazishda, travmatologiyada chiqqan suyaklarni joyiga solishda qo‘llaniladi. Travmatologiyada og‘izdan yuborilib qo‘llaniladigan kuraresimon modda melliktin alohida o‘rin tutadi. Kuraresimon moddalarning ko‘pchiligi (melliktindan tashqari) me’da-ichakdan qonga so‘rilmaydi, shu sababli ularni asosan parenteral yo‘llar orqali — mushaklar orasiga, venaga yuboriladi. Moddalarning ba’zilari metabolizmga uchraydi, ba’zilari organizmdan o‘zgarmasdan chiqib ketadi. Ta’sir muddatiga ko‘ra ular 3 guruhga bo‘linadi: qisqa muddat ta’sir etuvchi — ditilin (5—10 daqiqa), o‘rtacha ta’sir etuvchi — tubokurarin (25—50 daqiqa), davomli ta’sir etuvchi — anatruksoniy, pipekuroniy (60 daqiqa va undan ortiqroq).
Miorelaksantlarning mushaklarni falajlashidan tashqari, bir qator boshqa xususiyatlari ham mavjud. Ular simpatik gangliylarni, sinokarotid, buyrak usti bezi miya qatlamining N-xolinoretseptorlarini falajlab, qon bosimini pasaytiradi.
Kuraresimon moddalar qo‘llanilganda noxush asoratlar: qon bosimining pasayishi yoki oshib ketishi, taxikardiya, aritmiya, ko‘z ichki bosimining oshishi, mushaklarda og‘riq paydo bo‘lishi kuzatiladi. Kuraresimon moddalar miqdori oshsa, nafas mushaklari ham falajlanib, nafas to‘xtab qoladi. Birinchi yordam sifatida bemorga sun’iy nafas beriladi. Sun’iy nafas miorelaksantlarning shifobaxsh ta’sir doirasini 10—15 barobar oshirib yuboradi.
Depolyarizatsiyaga qarshi moddalar miqdori oshganda xolinesterazaning ingibitori prozerin qo‘llanadi. Bu modda asetilxolinni parchalanishdan saqlab qolib, uning miqdorini oshiradi, asetilxolin kuraresimon moddalar o‘rnini olib, asab-mushak o‘tkazuvchanligini tiklaydi.


Download 302,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish