Farmakokinetikasi Dofamin noradrenalinning sintezini tabiiy oraliq mahsuloti bo‘lganligi tufayli, uning organizmdagi farmakokinetikasini kuzatishning ko‘pchilik hollarda imkoni yo‘q.
Vena ichiga yuborilganidan keyin yarim chiqarilish davri (T1/2) 5 minutni (o‘rtacha 2 minutni) tashkil qiladi. Deyarli barcha to‘qimalarda metabolizmga uchraydi. Yuborilgan dozaning 75% gacha qismi organizmdan birinchi sutkalar davomida nofaol metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Yuborilgan dofaminning 25% gachasi qayta qamrab olinish mexanizmi bilan neyrovezikulalarga tushadi va noradrenalinning sintezi uchun ishlatiladi. Ta’sirini boshlanishi – yuborish boshlanganidan keyin taxminan 5 minut, oxiri – infuziya tugaganidan keyin – 5-10 minut o‘tgach samarasi tugaydi.
Qo‘llanilishi Shok holati yoki shokni kelib chiqishi natijasidagi xavf soluvchi holatlar:
O‘tkir miokard infarkti oqibatidagi yurak yetishmovchiligi ;
Og‘ir infeksiyalar (infeksion-toksik shok);
Operatsiyadan keyingi shok holati;
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarida (anafilaktik shok) qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta’siri Simpatomimetiklar, guanetidin – Dofamin-Darnitsaning simpatomimetik samarasi kuchayadi.
Monoaminooksidaza ingibitorlari (MAO) dofaminning samarasini potensiyalaydi va preparatning ta’sirini uzaytiradi. MAO ingibitorlarini qabul qilayotgan yoki oxirgi 2 xafta davomida qabul qilgan patsientlarni davolash uchun dofaminni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Bunday patsientlarga dofaminning eng kichik dozalarini buyurish kerak (boshlang‘ich doza – oddiy terapevtik dozaning 1/10).
Trisiklik antidepressantlar va maprotilin. Dofamin nerv oxirlarida erkin noradrenalinni miqdorini oshiradi. Trisiklik antidepressantlar nerv oxirlarida noradrenalinni qayta qamrab olinishini ingibitsiya qiladi va shu tariqa dofaminning samarasini potensiyalaydi. Antidepressantlarni qabul qiluvchi patsientlar uchun dofaminning samarasini potensiyalanishi tufayli, uning dozasini kamaytirish lozim.
Dofamin siydik haydovchi preparatlarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Anesteziyalovchi vositalar –kardial nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfi oshadi.
Butirofenon, propranolol – nojo‘ya kardial samaralarni rivojlanish xavfi kamayadi.
Galotan va Siklopropan. Dofaminni galotan, siklopropan va yurak mushaklarini sezgiriligini oshiradigan ayrim boshqa anestetiklar bilan majmuada qo‘llanganida yurak qorinchalari aritmiyasi va arterial gipertenziya rivojlanishi mumkin.
Qalqonsimon bezi preparatlari Dofamin-Darnitsaning musbat xronotrop ta’sirini pasaytiradi.
Fenitoin yoki trisiklik antidepressantlar – dofamin bilan bir vaqtda qo‘llash arterial bosimini oshishiga va bradiartimiyani paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
β-adrenoblokatorlar (propranolol, metoprolol) – dofaminning kardial samaralarini kamaytiradi.
Qisqa ta’sirga ega α-adrenoblokatorlar (fentolamin) – dofaminning periferik vazokonstriksiyasini kamaytiradi.
Katexin-o-metiltransferaza (KOMT) ingibitorlari, masalan, entakapon, katexolaminlarning, shu jumladan Dofamin-Darnitsaning xronotrop va aritmogen samaralarini potensiyalashi mumkin. Potensiyalovchi o‘zaro ta’sirning klinik ahamiyati aniqlanmagan.
Entakapon bilan davolanayotgan bemorlar dofaminni yuborishdan 1-2 kun oldin preparatning pastroq dozalarini qabul qilishlari lozim.
Dobutamin – dobutamin va Dofamin-Darnitsa bir vaqtda yuborilganida arterial bosimni yanada yaqqolroq pasayishi kuzatilishi mumkin, biroq yurak qorinchalarining to‘lish bosimi bunda pasayadi yoki o‘zgarmay qoladi.
Dofamin-Darnitsa nitratlarning antianginal ta’sirini, α-β-adrenoblokatorlar va boshqa gipotenziv vositalarning antigipertenziv ta’sirini pasaytiradi.
Dofamin-Darnitsani yurak glikozidlari, shuningdek diuretik vositalar (furosemid va boshqalar) buyurilishi bilan birga qo‘shish mumkin. Gipovolemik shokda Dofamin-Darnitsani plazma, plazma o‘rnini bosuvchilar yoki qonni yuborish bilan birga qo‘llash mumkin.
Shoxkuya preparatlarini qabul qilayotgan patsientlarga Dofaminni qo‘llash mumkin emas.