Dozani oshirib yuborilishi. Simptomlari: xolinopetseptorlarni o‘ta yuqori qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq (xolinergik kriz): taxikardiya, bradikardiya, gipersalivatsiya, yutishni qiyinlashishi, mioz, bronxospazm, nafasni qiyinlashishi, ko‘ngil aynishi, qusish, peristaltikani kuchayishi, diareya, siyishni tezlashishi, koordinatsiyani buzilishi, til mushaklarini va skelet mushaklarini tortishishi, sovuq ter chiqishi, asta-sekin umumiy holsizlikni rivojlanishi, falajlik, arterial bosimni pasayishi, xavotirlik, sarosimalik. Juda yuqori dozalari qattiq hayajon, betoqatlikni chaqirishi mumkin. O‘lim holati yurakni to‘xtab qolishi yoki nafas falaji, o‘pka shishi natijasida yuz berishi mumkin. Miasteniya gravis bo‘lgan dozani oshirib yuborilishining ehtimoli yuqori bemorlarda, mushaklarni tortishishi va parasimpatomimetik samaralari bo‘lmasligi yoki kuchsiz ifodalangan bo‘lishi mumkin, bu dozani oshirib yuborilishini miastenik kriz bilan differensial tashxisini qiyinlashtiradi.
16-Mavzu. Adrinomimetik va adrinolitiklarni o‘zaro ta’sir xususiyatlari.
DOFAMIN-DARNITSA
Farmakodinamikasi
Kimyoviy kelib chiqishiga ko‘ra, dofamin noradrenalin biosintezining o‘tmishdoshi bo‘lib, dofamin retseptorlariga spesifik rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, katta dozalarda esa, α- va β- adrenoretseptorlarini ham rag‘batlantiradi. Dofamin-Darnitsaning ta’siri ostida qon tomirlarining umumiy periferik qarshiligi va sistolik arterial bosim oshadi, yurak qisqarishlari kuchayadi, yurakdan otilib chiqadigan qon hajmi oshadi. Yurak qisqarishlari soni nisbatan kam o‘zgaradi. Miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji oshadi, ammo koronar qon oqimini oshishi tufayli, kislorodni olib kelinishini oshishi ta’minlanadi. Dofamin-Darnitsa buyrak qon tomirlarining qarshiligini kamaytirib, ularda qon oqimini oshiradi, buyrak kalavalari filtratsiyasini, natriyni ekskresiyasini kuchaytiradi. Qayd etiladigan farmakologik samaralar ta’sir etuvchi moddaning qondagi konsentratsiyasiga bog‘liq. Past dozalarda (minutiga 0,5-2 mkg/kg) asosan dofamin retseptorlariga ta’sir ko‘rsatadi. Mezenterial, bosh miya, koronar qon tomirlarni kengaytiradi, buyrak qon tomirlarining qarshiligini kamaytiradi, kalavalar filtratsiyasini oshiradi, diurez va organizmdan natriyni chiqarilishini kuchaytiradi.
O‘rtacha dozalar (minutiga 2-10 mkg/kg) intervalida β1-adrenoretseptorlarni rag‘batlantiradi, bu bilan musbat inotrop samarani chaqiradi, yurakning minutli hajmini oshiradi.
Minutiga 10 mkg/kg va undan yuqoriroq dozalarda α1-adrenoretseptorlarga kattaroq ta’sir ko‘rsatadi, bu bilan TUPQ ni oshiradi, buyrak qon tomirlarini toraytiradi, arterial bosimni oshiradi, diurezni kamaytiradi.
Yuborish to‘xtatilganidan keyin samarasi ko‘pi bilan 5-10 minut davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |