Dozani oshirib yuborilishi. Dozani oshirib yuborilishining birinchi belgilari – ko‘ngil aynishi, bradikardiya, turg‘un mioz, ko‘zda og‘riq, ko‘rishni buzilishi, bosh og‘rig‘i rivojlanishi mumkin. Bu belgilar paydo bo‘lganida preparat bekor qilinadi.
Dozani oshirib yuborilishini davolash simptomatik. Atropin, tropikamid – spesifik antidotlar sifatida qo‘llanishi mumkin.
ATROPINA SULFAT
Farmakodinamikasi. Ituzumdoshlar oilasi o‘simliklarida saqlanuvchi alkaloid, M-xolinoretseptorlarning blokatori, bir xil darajada muskarin retseptorlari bilan bog‘lanadi. Ham markaziy, ham periferik M-xolinoretseptorlarga ta’sir qiladi. Shuningdek n-xolinoretseptorlarga ham (garchi axamiyatli kuchsizroq bo‘lsa xam) ta’sir qiladi. Asetilxolinning rag‘batlantiruvchi ta’siriga to‘sqinlik qiladi; so‘lak, me’da, bronxial, ko‘z yoshi, ter bezlarining, me’da osti bezining sekresiyasini kamaytiradi. Ichki a’zolarning (bronxlar, o‘t chiqarish yo‘llari va o‘t qopi, siydik chiqarish kanali, qovuq) silliq mushaklarining tonusini pasaytiradi; taxikardiya chaqiradi, safro sekresiyasiga deyarli ta’sir qilmaydi. Qorachiqlarni kengaytiradi, ko‘z ichki suyuqligin oqib chiqishini qiyinlashtiradi, ko‘z ichki bosimini oshiradi, akkomodatsiya falajini chaqiradi. O‘rtacha terapevtik dozalarda MNT ga rag‘batlantiruvchi ta’sir va kechiktirilgan, lekin davomli sedativ ta’sir ko‘rsatadi; nafasni qo‘zg‘atadi (yuqori dozalari – nafas falajligi). Bosh miya po‘stlog‘ini qo‘zg‘atadi (yuqori dozalarda), toksik dozalarda qo‘zg‘alash, ajitatsiya, gallyusinatsiyalar, komatoz holatni chaqiradi. Adashgan nervning tonusini kamaytiradi, bu YQTT ni oshishiga va Gis tutamida o‘tkazuvchanlikni biroz oshishiga olib keladi. Adashgan nervining dastlabki yuqori tonusida ta’siri kuchliroq ifodalangan.
Vena ichiga yuborilganidan keyin maksimal samarasi 2-4 minut o‘tgach, peroral qabul qilinganidan keyin (tomchilar ko‘rinishida) – 30 minut o‘tgach namoyon bo‘ladi.
Farmakokinetikasi.Organizmda keng taqsimlanadi. Jigarda fermentativ gidroliz yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Plazma oqsillri bilan bog‘lanishi – 18%. Gematoensefalik to‘siq, yo‘ldosh orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. 0,5-1 soatdan keyin MNT ahamiyatli konsentratsiyalarda aniqlanadi. Yarim chiqarilish davri – 2 soat.
Buyraklar orqali – 50% o‘zgarmagan xolda, qolgan qismi – gidroliz va kon’yugatsiya mahsulotlari ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi; o‘tkir pankreatit; pilorospazm; ichak, o‘t qopi, o‘t chiqarish yo‘llari, siydik chiqarish yo‘llarining spazmlari; laringospazm (oldini olish); gipersalivatsiya (parkinsonizm, og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanish); bradikardiya; xolinomimetik va antixolinesteraz vositalar bilan zaharlanish; jarrohlik operatsiyalar oldidan premedikatsiyada qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |