Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi veterinariya fanlari nomzodi, dotsent


Patogenlik va virulentlikni keltirib chiqaradigan omillar



Download 9 Mb.
bet7/13
Sana16.06.2022
Hajmi9 Mb.
#676499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Infeksiya haqida ta

Patogenlik va virulentlikni keltirib chiqaradigan omillar

Patogenlik va virulentlik mikrobning makroorganizmda parazitlik qilish jarayonida shakllangan kompleks xususiyatlardan kelib chiqadi. Mikroblarda patogenlikning paydo bo’lishi unu makroorganizmga kirishi va tarqalishini ta’minlaydigan himoya vositalariga qarshi turish va hayotit zarur tizimlarini shikastlash kabi qator xususiyatlarni orttirishi bilan bog’liq. Mikrobni patogen bo’lishida avval invazivlik xususiyati paydo bo’lib, mikrobni yangi yashash muhiti – xo’jayin organizmga kirishga imkon beradi. Keyin antifagositli xususiyat paydo bo’ladi. U mikrobni organizmning fagositar tizimi hujayralaridan himoyasini ta’minlaydi. Bu ikkala xususiyat mikroorganizmlarda agressivlikni paydo qiladi, organizmga kirgan mikrobni yashashi, ko’payishini, ya’ni populyasiyasi sonini ortishini ta’minlaydi, qaysiki infeksion jarayonning davom etib rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Maxsus shikastlashni chaqirish qobiliyati patogen mikrobni toksigenlik xususiyatlari bilan bog’liq. Patogenlikni ifodalovchi barcha xususiyatlar mikrob ishlab chiqaradigan biologik faol moddalar ta’sirida namoyon bo’lib, patogenlik omillari sifatida uch kategoriyaga bo’linadi: 1) invazivlik funksiyali; 2) antifagositar funksiyali; 3) toksinli funksiyali patogenlik omillar.


Invazivlik funksiyali patogenlik omillar. Makroorganizmga kirishi, o’tishi uchun patogen mikrob shilimshiq qavat, teri qoplami va boshqa to’qima to’siqlarini yengib o’tishi kerak. To’qimadan o’tish negizida qo’zg’atuvchi fermentlari bilan makroorganizm to’qimasini tashkil etgan moddalarning o’zaro molekulyar ta’siri yotadi. Patogen mikroblar to’qimalarning asosiy moddalarini depolimerlaydigan fermentlarni ishlab chiqaradi, bu uning o’tkazuvchanligini orttiradi hamda qo’zgatuvchini kirishi va tarqalishiga imkon yaratadi. Fermentlarning soni va patogenlik ta’siri turli xil.
Gialuronidaza fermenti - biriktiruvchi to’qimaning asosiy komponenti bo’lgan gialuron kislotasini gidrolizini chaqiradi, parchalaydi. Uni Cl.perfringens, gemolitik streptokokklar, brusellalar sintezlaydi.
Neyrominidaza (sialidaza) fermenti – har xil uglevodlardan glikozid bog’ bilan bog’langan sial kislotalarni ajratadi. Organizm epiteliysini yuza strukturalari va boshqa hujayralarini depolimerlaydi hamda burunning sekretlarini, ichakning musinos qavatini suyultiradi. Organizmda har xil patologik o’zgarishlarni paydo qiladi.
Kollogenaza fermenti – kollagen, jelatina va boshqa birikmalar tarkibiga kiruvchi, prolini bor peptidlarni gidrolizlaydi. To’qima oqsillarini intensiv parchalaydi, mushak to’qimalarini eritadi, mikrobni to’qimada tarqalishiga imkon beradi. Yomon sifatli shish qo’zg’atuvchilari, ayniqsa Cl. histolyticum ko’p miqdorda sintezlaydi.
Lesitinaza fermenti– hujayra va mitoxondriya membranasi tarkibidagi lesitinni gidrolizlaydi.
Fibrinolizin fermenti– plazminogenni proteolitik ferment –plazminga aylantiradi. Mikrobni to’qimada tarqalishiga qarshilik qiluvchi, yallig’lanishda hosil bo’lgan fibrin quyqalarini eritadi va o’chaqda qo’zg’atubchining tarqalishiga imkon yaratadi. Streptokokklar, stafilokokklar va yersiniylarda fermentning biosintezi aniqlangan.
Koagulaza fermenti - qon plazmasini quyuqlashtirib qo’zgatuvchi atrofida fibrinli to’siq hosil qiladi va bakteriyaning toqimada uzoq saqlanishiga sharoit yaratadi, fagositoz, lizisni qiyinlashtiradi.
DNK-aza (dezoksiribonukleaza) – odatda mikrob kirgan joyda yallig’lanish ochog’idagi leukositlarning parchalanishida paydo bo’ladigan nuklein kislotalarini depolimerlaydi. Stafilokokklar, streptokokklar, klostridiyalar va ba’zi boshqa mikroblar ishlab chiqaradi.

Download 9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish