Tajribaning sxemasi 16-rasmda ko’rsatilgan. To’lqin uzunligi
𝜆
= 1,06 mkm (1) va
davom etish vaqti
10
−12
s tartibida bo’lgan kuchli yorug’lik impulsi kaliy
digidrofosfat K
𝑁
2
R
𝑂
4
(KDP) kristalidan o’tkaziladi, bu impulsning ozroq qismi
kristallda ikkilangan chastotali yorug’likka, ya’ni to’lqin uzunligi λ = 0,53 mkm
(2) bo’lgan yorug’likka aylanadi.
𝑆
1
ko’zgu infraqizil yorug’likni o’tkazib,
yashil
yorug’likni qaytaradi,
𝑆
2
ko’zgu esa yashilni o’tkazib, infraqizil yorug’likni
qaytaradi.
𝑆
2
ko’zgudan keyinda ichiga tekshiriladigan modda solingan yacheyka
turadi, uning ikki tomonida ayqashtirilgan
𝑃
1
va
𝑃
2
polyarizatorlar bor.
𝑃
2
polyarizatordan keyin F svetofiltr turibdi, bu filtr infraqizil yorug’likni tutib qolib,
FEK fotoko’paytirgichga faqat yashil yorug’likni o’tkazadi.
Bu qurilmaning
detallarini yashil va infraqizil nurlarning optik yo’li bir xil bo’ladigan qilib
o’rnatish mumkin. Yacheykaga yashil nurning kelib tushishini qalinligi turlicha
bo’lgan D shisha plastinkalar yordamida turli vaqtga kechiktirish mumkin.Bir
signalning kelib tushish vaqtini ikkinchi signalga nisbatan kechiktirishga imkon
beradigan turli xil konstruksiyali qurilmalar
kechiktirish liniyalari deb
ataladi.Infraqizil nurlanishning kuchli impulsi yacheykada nurning ikkiga ajralib
sinish hodisasini yuzaga keltiradi, buning oqibatida yashil yorug’lik ham butun
sistemadan o’tib kelib, fotoko’paytirgichga tushadi.
Agar yashil yorug’lik yacheykaga kuchli impulsdan oldin yoki undan ko’p keyin
yetib kelsa, u holda yashil yorug’lik fotoko’paytirgichga yetolmaydi.
Kechiktirish kattaligini o’zgartirish yo’li bilan amalga oshirish mumkin bo’lgan
hamma oraliq hollarda fotoko’paytirgichga tobora orta boruvchi yorug’lik miqdori
tushadi, bu yorug’lik miqdori maksimumga erishgandan so’ng
kamaya
boshlaydi.Hisobning ko’rsatishicha, Kerr hodisasining davom etish vaqtini (ya’ni
anizotro- piyaning relaksatsiya vaqtini) yashil yorug’lik impulsi intensivligining
ikkala impulsning kelib tushish vaqtlari orasidagi ayirmaga bog’liq ravishda
kamayish grafigidan aniqlash mumkin.Bunday tajribalarning ko’rsatishicha,
uglerod sulfidda anizotropiyaning relaksatsiya vaqti 2
∙ 10
−12
s, nitrobenzolda 50
∙
10
−12
s ekan. Bu usul bilan topilgan ma’lumotlar bu miqdorlarni o’lchashning
bilvosita usullari bilan topilgan ma’lumotlarga juda yaxshi to’g’ri keladi. Kuchli
yorug’likning qisqa impulsi elektr maydonida
ishlayotgan Kerr yacheykasi
fotografik zatvor sifatida qo’llanishi mumkin, bu zatvor ekspozitsiya
vaqtini
10
−12
s tartibidagi vaqtga yetkazishga imkon beradi. Kerr yacheykasi
lyuminessensiya va boshqa molekulyar protsesslarning davom etish vaqtini
o’rganishda samarali ravishda tadbiq etiladi. 1-rasmda ko’rsatilganga o’xshagan
Kerr yacheykasi yorug’lik intensivligini modulyatsiya
qilishda ishlatiladi; Bunda
kondensatorga kuchlanishni faqat yuksak chastotali manbadan berib turish zarur.
Agar Kerr kondensatorining plastinkalariga kuchlanish impulslari berib turilsa,
yacheyka zatvor vazifasini bajaradi, bu zatvorning
ishlab turish vaqti elektr
impulsining davom etish vaqti bilan aniqlanadi.
Kerr yacheykasi optik kvant generatorlarining ish rejimini boshqarishda
modulyator va zatvor sifatida ishlatiladi.
Kerr effekti nihoyatda tez qaror topishi va yo’qolishi tufayli ko’pgina ilmiy va
texnik maqsadlarda qo’llaniladigan bo’lib qoldi.
⦋
3
⦌.
Do'stlaringiz bilan baham: