2.3.Magnit maydonida yorug’likning ikkilanib sinishi.
(Kotton-Muton hodisasi)
Elektr maydonida nurning ikkiga ajralib sinishiga o’xshash
magnit maydoni
ta’sirida ham sun’iy anizotropiya yuzaga keltirish mumkin.Agar anizotrop
molekulalar o’zgarmas elektr momentiga ega bo’lganiga o’xshab qo’shimcha
ravishda o’zgarmas magnit momentiga ega bo’lsa (paramagnit jism),
ularning
magnit maydoni ta’siri ostidagi harakteri elektr maydonida bo’ladigan hodisaga
o’xshash bo’lishi kerak.Garchi alohida molekulalar anizotrop bo’lsa-da,
tashqi
magnit maydoni bo’lmaganda molekulalar xaotik joylashgani tufayli muhit
makroskopik jihatdan izotrop bo’ladi.Molekulalarning
bu tashqi maydonga nis-
batan ma’lum tartibda joylashib qoladi.Anizotrop molekulalarning ma’lum tartibda
joylashishi oqibatida butun muhit anizotropiya xossalariga molik bo’ladi, bu
xossalarni odatdagi usul bilan kuzatish mumkin.Haqiqatan ,ham, yorug’likning
tarqalish chizig’iga ko’ndalang yo’nalgan kuchli magnit maydoni ta’siri ostida
nurning ikkiga ajralib sinish hodisasi yuz bergani aniqlandi.
Bu tajribaning
sxemasi Kerr hodisasini kuzatishda qo’llanilgan sxemaga o’xshaydi. Magnit
maydonida nurning ikkiga ajralib sinish hodisasining
bu tajribalarga asoslanib
chiqariladigan qonuni Kerr hodisasining qonuniga o’xshaydi, masalan, bu qonun
quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
𝑛
𝑒
—
𝑛
0
= D
𝐻
2
yoki
𝛿
𝜆
=
𝑙(𝑛
𝑒
−𝑛
0
)
𝜆
=Cl
𝐻
2
(12)
buyerda H — magnit
maydonining kuchlanganligi, C =
𝐷
𝜆
muhitning xossalariga
bog’liq bo’lgan doimiy miqdor. Bu doimiyning qiymati juda kichik, shuning uchun
katta hajmlar ichida kuchli maydonlar hosil qilishga imkon beruvchi kuchli magnit
ishlatish tufayli natija olish mumkin bo’ldi. Masalan, nitrobenzolda
C = 2,53
∙ 10
−12
SGSM ekanligi topilgan. Bu esa, masalan, 20000
E maydonda
yorug’likning yo’l uzunligi 8 sm bo’lganda ikki komponentaning yo’l farqi 0,008 λ
ga teng ekanini bildiradi; bu yo’l
farqi fazalarning atigi
3°
li farqiga mos keladi.
Tavsif etilayotgan hodisaning qonuniyatlari va nazariyasi Kerr hodisasining
qonuniyatlari va nazariyasiga butunlay o’xshaydi.
Magnit maydonida yorug’likning ikkiga ajralib sinish hodisasi 1905
yilda
Kotton va Muton tomonidan kashf etildi. Bu hodisani mohiyati quyidagidan iborat
(17-rasm). Magnitning ikki qutblari o’rtasiga izotrop suyuqlikni joylashtirsak,
magnit maydoni ta’siri ostida izotrop jism bir o’qli kristall hossasiga ega bo’ladi va
bu jismning optik o’qi magnit maydon yo’nalishiga parallel bo’ladi. Bu holda ham
yorug’lik ikkiga ajralib sinadi: oddiy va g’ayrioddiy nurlar hosil bo’ladi. (O va N
nurlar).
Do'stlaringiz bilan baham: