z
y
х
(4)
z
y
x
(5)
;
x
C
n
;
2
x
x
n
(6)
;
x
x
n
;
y
y
C
n
(7)
Kristalga kirib ajralgan har ikkala yorug’lik nurlar o’zaro
yo’nalishlarda
chiziqli
qutblangandir.
Kristallarda shunday yo’nalish mavjudki, agar ana shu yo’nalishi bo’yicha
yorug’lik nuri tashlansa yorug’likning ikkilanib sinish hodisasi ro’y bermaydi, Bu
yo’nalishga kristallning optik o’qi deyiladi.
⦋
2
⦌
[2].F.X.Tuxvatullin,SH.Fayzullayev,A.Jumaboyev,G.Murodov”Optika” o’quv
qo’llanma 1-qism.Samarqand.
2.2.Elektr maydonida yorug’likning ikkilamchi sinishi
Kerr hodisasini nazariy jihatdan bayon etish uchun ancha oddiy bo’lgan
sharoitlarda masalan, gazlarda kuzatilgan, vaholanki dastlabki
kuzatishlar qattiq
jism va suyuqliklarda kuzatilgan; qattiq jism va suyuqliklarda bu effekt ancha
kuchli bo’ladi. Undan tashqari bir jinsli tashqi elektr maydonining molekulalarga
ko’rsatadigan ta’sirining mohiyati mexanik deformatsiyalar
effektiga qaraganda
oson va tushunarlidir; mehanik deformatsiya effektlarini bayon qilish molekulalar
orasida deformatsiyalar tufayli o’zgaradigan
elektromagnit maydonlarning
molekulalarga ko’rsatadigan ta’sirini tadqiq etishni, ya’ni yaxshi o’rganilmagan
juda murakkab faktorining ta’sirini tadqiq etishni talab qiladi.
Shu bilan birga Kerr hodisasi keying yillarda nihoyatda muhim ilmiy va ilmiy-
texnik
sohalarda tadbiq etiladi; bular Kerr hodisasining amalda inersiyasiz yuz
berishiga, ya’ni tashqi maydonning juda tez bo’ladigan o’zgarishlari orqasidan
borishiga asoslanadi. Shunday qilib elektr maydonida nurning ikkiga ajralib sinish
hodisasi
nazariy tomondan ham, amaliy tomondan ham juda muhim va qiziqarli
hodisalar jumlasiga kiradi.
Kerr ko’pgina suyuq dielektriklar elektr maydoni ta’siri ostida anizatrop bo’lib
qolishini ko’rsatgan.Suyuq dielektriklar bilan o’tkazilgan tajribalar hal qiluvchi
axamiyatga ega, chunki suyuq moddalarda elektr maydoni ta’siri
ostida paydo
bo’lishi mumkin bo’lgan deformatsiya (elektrostriktsiya) nurning ikkiga ajralib
sinishi hodisasini yuzaga keltirmaydi, shuning uchun suyuqlik bilan o’tkaziladigan
tajribalarda elektrostatik hodisalar sof holda bo’ladi. Kerr tavsiflab bergan effekt
elektr maydoni ta’sirida moddaning optik xossalari o’zgarishi
mumkin
ekanligining birinchi dalili bo’lib qoldi.
Faradey kashf etgan mashhur hodisa (magnit maydonida qutblanish tekisligining
aylanish hodisasi, 1846-y) bilan bir qatorda Kerr hodisasi yorug’likning
elektromagnitik nazariyasini asoslashda muhim ro’l o’ynaydi; ma’lumki .Faradey
hodisasi tadbiq etilgan birinchi magnit optik effekt edi.Bundan ancha keyin
(1930-y va undan keyin) bug’ va gazlarda elektr maydoni ta’siri ostida nurning
ikkiga ajralib sinish hodisasi kuzatildi. Bu holdagi o’lchash
ishlari effektning
zaifligi tufayli suyuqliklardagi o’chashishlaridan ko’p qiyin bo’lib shunga
qaramasdan hodisaning nazariyasi kamroq pisandalar bilan qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: