9-amaliy mashg’ulot bo’yicha savollar:
1. Lupa ahamiyati?
2. Steriomikroskoplar nima maqsadda qo'llaniladi?
3. Biologik mikroskoplar nima uchun zarur?
4. Yoritgichlar uskunalarining ahamiyati nimadan iborat?
5. Okulyar va ob’ektiv mikrometrlar dorivor xom ashyolarni tahlil qilishda nima maqsadda ishlatiladi?
Javoblar:
1. Lupadan asosan dorivor o‘simlik mahsulotlarini morfologik (tashqidan ko‘rinishini) tahlil qilishda foydalaniladi. Uning yordamida mahsulotlarda tuklar, efir moyli bezlar bor-yo‘qligi aniqlanadi hamda mayda mahsulotlar (soyabonguldoshlar mevasi, mayda gullar va boshqalar) ko‘riladi.
O ddiy lupalardan tashqari binokulyar mikroskopdan ham shu maqsadda foydalaniladi.
1-rasm. Oddiy lupa.
2.Steriomikroskoplar ham asosan dorivor o‘simliklar mahsulotini morfologik tahlil qilishda qo‘llaniladi. Steriomikroskopning asosiy mohiyati tekshirilayotgan mahsulotni hajmli qilib ko‘rsatishdadir. Bu esa mahsulotni tekshirishni ancha osonlashtiradi va mukammallashtiradi. Odatda tahlil uchun MBS-1, MBS-2 va MBS-3 steriomikroskoplaridan foydalaniladi.
2 -rasm. Steriomikroskop.
3 . Biologik mikroskoplar dorivor o‘simliklarning qirqilgan (kesilgan), maydalangan, poroshokka (kukunga) aylantirilgan mahsulotlarni hamda ulardan tayyorlangan briketlar, granulalar (donachalar) va boshqalarni tahlil qilishda ishlatiladigan yagona asosiy optik asbobdir. Biologik mikroskoplar yordamida mahsulotlarning anatomik tuzilishi o‘rganiladi. Bu maqsadda MBR-1, MBR-1A va MBR-3 universal biologik mikroskoplaridan foydalaniladi.
3-rasm. Biologik mikroskop.
4. Yoritgichlar (yorituvchi asboblar) mikroskop ostida kuzatilayotgan mikropreparatni tabiiy nur yordamida ko‘rishning iloji bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladigan moslamalar. Yoritgichlarning nur manbai sifatida elektrolampalar xizmat qiladi. Mikroskopda ko‘pincha o‘tkazuvchi nur bilan yorituvchi OI-9 va OI-31 yoritgichlari hamda qaytariluvchi nur bilan yorituvchi OI-21 yoritgichlari ishlatiladi.
5 . Okulyar va ob’ektiv mikrometrlar mikropreparatlarning turli qismlarini (tuklar, bezlar, og‘izchalar, hujayralar, suv naylari va boshqalarning) hamda hujayra ichidagi elementlarni (kraxmal donachlari, kristallar va boshqalarning) hajmlarini (katta-kichikligini) mikroskop ostida o‘lchash uchun ishlatiladi. Bu maqsad uchun asosan okulyar mikrometridan foydalaniladi, lekin uning bo‘lingan chiziqlari oldindan ob’ektiv mikrometrining bo‘lingan chiziqlari bilan taqqoslanib, ularning qimmatlari anqlangan (kalibrovka qilingan) bo‘lishi kerak. Ob’ektiv mikrometr oddiy buyum oynacha bo‘lib, u 1 mm li 100 bo‘lakchaga (chiziqlarga) bo‘lingan. Har bir bo‘lakchalari 10 mkm ga teng. Okulyar mikrometr bo‘lakchalarga (chiziqchalarga) bo‘lingan aylana shaklli oynacha bo‘lib, u mikroskop okulyari ichiga o‘rnatiladi.
a b
4-rasm. a) Okulyar; b) ob’ektiv.
Do'stlaringiz bilan baham: |