Vazirligi urganch Davlat Universiteti Sanatshunoslik fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yonalishi


CHIZMA BAJARISHDA O'QUVCHILAR YO'L



Download 1,43 Mb.
bet5/8
Sana14.07.2022
Hajmi1,43 Mb.
#794101
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi Cizmachilik

CHIZMA BAJARISHDA O'QUVCHILAR YO'L
QO'YADIGAN TIPIK XATOLAR
Agar o'qituvchi chizmachilik bo'yicha birinchi darsdan boshlab o'quvchilarda fanga bo'lgan qiziqish va uni puxta o'rganishga intilish hissini uyg'ota olmasa, o'quvchilarda chizmachilikdan puxta bilim, malaka va ko'nikmalarni keyinchalik shakllantirishi ancha qiyin kechadi. Chunki har bir chizmachilik darsida bayon qilinadigan yangi ma'lumot (axborot)lar, atamalar, qoida hamda standart talablari oqimini o'z vaqtida o'zlashtirib borish o'quvchilar uchun ma'lum darajada qiyinchilik tug'diradi. Agar o'quvchilar bu ma'lumotlarni ongli ravishda tushunib o'zlashtirib borsalar keyinchalik chizmachilik kursini o'zlashtirishda ular seziIarli qiyinchiliklarga uchramaydilar. O'quvchilar grafik savodxonliklarining shakllanishida ulaming yosh xususiyatlari va qiziqishlarini hisobga olib tayyorlangan o'quv-metodik komplekslar, ayniqsa darslik va o'quv qo'llanmalarning o'mi juda katta.
Keyingi yillardagi umumta'lim maktablari, shuningdek kasb-hunar kollejlari hamda oliy o'quv yurtlari uchun ham nashr qilinayotgan darsliklar va o'quv qo'llamalarida ham mualliflaming e'tiborsizliklari
sababli xatoliklar uchramoqda. Bu esa o'z navbatida chizmachilik fani o'qituvchilarining· o'quvchilarga noto'g'ri ma'lumotlar berishlariga sababchi bo'lmoqda. Shulaming oldini olish maqsadida dastlab darsliklarda yo'l qo'yilayotgan asosiy xatoliklarga qisqacha to'xtalib o'tamiz:
• Hozirgacha nashr qilinayotgan darslik va qo'llanmalarning ko'pchiligida kesim va qirqimlami yangi qoidalar bo'yicha belgilash tartibiga amal qilinmayapti (95-shaklga qarang, §2.7.);
• Kesim hamda qirqimlami yoyib yoki burab tasvirlashda yangi qoidalar bo'yicha qabul qilingan belgilar ko'pchilik hollarda qo'llanilmayapti;
• Kesimda, qirqimda va ko'rinishlarda materiallarning shartli belgilaridan ko'p hollarda yangi qabul qilinganlari bilan bir qatorda eski shartli belgilar ham qo'llanilmoqda. O'quvchilaming materialni o'zlashtirishlarida bu kO'pincha chalkashliklarga olib keladi.
Chizmachilik o'qituvchisi birinchi darsdan boshlab o'quvchilarda grafik madaniyat elementlarini to' g' ri shakllantirishga katta ahamiyat berishi kerak. Grafik madaniyat deganda kishilarning fan, texnika, dizayn kabi yo'nalishlarning turli sohalarida grafik bilim va ma'lumotlardan o'rinli foydalana olishi hamda ularni to'g'ri tushuna olishi nazarda tutiladi. Chizmachilik darslarida o'quvchilar chizmachilik asboblari bilan ishlash ko'nikmalarini egallaydilar; turli xil qalinlikdagi va har xil vazifani bajaradigan chizma chiziqlarini chizadilar; parallel va perpendikular to'g'ri chiziqlar o'tkazish, kesma va aylanani teng qismlarga bo'lishni; yassi shakllar konturi chizmalarini bajarishni; shartli grafik belgilar yordamida sodda kinematik va elektrik sxemalarni o'qish va bajarishni o'rganadilar.
Bu va shunga o'xshash bilim va ko'nikmalar grafik madaniyatning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Har bir zamonaviy kishi grafik madaniyat asoslarini egallagan bo'lishi talab qilinadi.
Dastlabki darslardan o'qituvchi asosiy chizmachiIik asboblarini o'quvchilarga ko'rsatib, ularning nomlari va ishlatiIish sohalarini tushuntirishi, hamda, ularda ishlash usullarini ko'rsatib berishi zarur bo'ladi.
O'quvchilarning chizma bajarish va uni taxt qilish bo'yicha standart talablarini yaxshi bilmasligi, ularda fazoviy tasavvurning yetarli darajada rivojlanmaganligi, chizmachilik kursining asosiy mavzularini yaxshi o'zlashtirilmaganligi natijasida chizmani taxt qilishda quyidagi xarakterli tipik xatolar ko'p uchraydi:
1. Bir xil chiziq turlari chizmada turlicha qalinlikda bajariladi, shtrix va shtrixpuktir chiziqlarda shtrixlar orasidagi masofaga hamda shtrixlar kattaligiga rioya qilinmaydi.
2. Chizma shriftlarini bajarishda standart talablariga umuman amal qilinmaydi.
3. Aylanalami chizishda oldindan o'q va markaz chiziqlari o'tkazil-maydi.
4. Chizma qog'ozi varag'ida tasvir komponovkasi nomunofiq joylashtiriladi.
5. Chizma masshtabi o'zgartirilib bajarilganda, haqiqiy o'lcham sonlari o'rniga chizmada kichraytirilgan yoki kattalashtirilgan o'lcham sonlari yoziladi.
6. Tutashuvchi yoylar oldindan ularning tutashish markazlari va nuqtalarini aniqlamasdan o'tkaziladi.
7. Detal shaklini aniqlash uchun bitta yoki ikkita tasvir yetarli bo'lgan hollarda ortiqcha ko'rinishlar chiziladi.
8. Proyeksion bog'lanish buziladi.
9. Izometrik (dimetrik, ... ) proeksiyada ellips o'qlari noto'g'ri chiziladi.
10. Qirqim bajarishda detaIning qlrqlmga tushgan qismini shtrixlamasdan, kesuvchi tekislik orasidagi qi smlari ham qo'shib shtrixlanadi.
11. Ko'rinishning yanni bilan qirqimning yanni ko'rinuvchi kontur chizig'i bilan ajratiladi.
12. Yaxlit val, spitsa (kegay), mustahkamlik qovurg'alarini bo'ylama qirqimda shtrixlab tasvirlaydilar.
13. Teshikdagi rezba noto'g'ri tasvirlanadi va belgiJanadi.
14. Ajraluvchan va ajralmaydigan birikmalar to'g'risida noaniq tasavvurga ega bo'ladilar.
15. Yig'ish chizmasini detallarga ajratib chizish bo'yicha tushunchalar shakllanmagan.
16. Qo'shimcha adabiyotlardan mustaqil foydalana olish ko'nikmalari egallanmagan.
Ushbu ro'yxatni yana bir qancha bandlar bilan to'idirish mumkin. Lekin chizmachilik o'qituvchisi uchun eng muhimi, birinchi navbatda yuqorida ko'rsatilgan tipik xatolami oldini olish hisoblanadi.
O'zlashtirmokchi o'quvchilar bilan ishlashda avval uning sababini aniqlab, keyin qo'shimcha mashg'ulotlar yoki maslahatlar uyushtirish zarur bo'ladi. Qo'shimcha mashg'ulotlar odatda individual xarakterda bo'lib, ular bevosita o'quvchi o'zlashtirishga qiynalayotgan mavzulariga bag'ishlanadi.
O'quvchilar tomonidan chizmani taxt qilishda yo'l qo'yiladigan tipik xatolarni o'qituvchi chizma standartlari bo'yicha materiallarni mustahkamlash yo'li bilan bartaraf qilishi mumkin. Quyida o'quvchilar ko'proq chizmalarda qirqim va kesimlami, shuningdek rezbalarni tasvirlashda yo'l qo'yadigan tipik xatolariga batafsil to'xtalamiz ya shular bo'yicha ayrim metodik tavsiyalarni keltiramiz.



Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish