GRAFIK VA DIAGRAMMALARNI MAVZULI CHIZMA VA
RASM BlLAN BADIIY BEZASH USULLARl.
Grafik va diagrammalar kundalik turmush sohalarida ham keng qo'llanilmoqda. Kishilarning dam olish joylari, jamoat transportlari, gazeta va jurnallardagi ishlab chiqarish sohasi yoki korxonalar faoliyati rivojlanish yoki o'sishini reklama qilishda
grafik va diagrammalar maqsadni lo'nda va aniq ifodalash uchun xizmat qiladi.
Reklama maqsadida tayyorlanadigan grafik va diagrammalar o'quv va ilmiy adabiyotlardagi grafik va diagrammalardan o'zining ta'sirchanligi bilan farqlanadi. O'quv va ilmiy adabiyotlarda keltiriladigan grafik va diagrammalar faqat o'rganilayotgan jarayon yoki qonuniyatdagi kattaliklar o'rtasidagi bog'lanishlami ochib berishga xizmat qiladi. Ularda mavzuga aloqasi bo'lmagan, o'quvchining diqqatini chalg'itadigan hech qanday ortiqcha graftik tasvir yoki yozuv bo'lmasligi kerak.
Reklama maqsadlari uchun jamoat joylarida, matbuot va televideniyada foydalanishga mo'ljallangan grafik va diagrammalarni tayyorlashga birmuncha boshqacharoq talablar qo'yiladi. Birinchi navbatda ular ko'plab axborot vositalari orasida o'zining grafik yechimi. ranglar uyg'unligi va bezaklarining originalligi bilan ajralib turib, kishilar e'tiborini o'ziga jalb qilishi kerak. Ikkinchidan, unda uzatiIayotgan axborot hajmi (ma'iumot) ortiqcha ko'p bo'imasdan, sodda va hamma uchun tushunarli bo'lishi zarur.
Ushbu talablarni bajarish uchun avvalambor kishilami qiziqtiradigan, shu kun uchun dolzarb bo'lgan mavzu tanlanib, o'zaro bog'liq bo'lgan statistik ma'lumotlar olinadi. Olingan ma'lumotlar asosida grafik va diagrammalar bajarilib,orqa fon uchun axborot mazmunini ochib beradigan grafik tasvir (fotomontaj, rasm, chizma, ... ) bajariladi. 138-140-shakllarda ommabop mazmunlarda tayyorlangan grafik va diagrammalarga misollar keltirilgan.
138-shakl. Badiiy bezash yordamida bajarilgan sektorli diagrammaga
misol
Ta'lim tizimi (umumta'lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, ... )da badiiy bezakli grafik va diagrammalardan o'quv kabinetlarini jihozlash, devoriy gazetalardagi maqolalarga grafik ilovalar (rasm, chizma, ... ) tayyorlashda foydalanish mumkin.
139-shakl. Badiiy bezash yordamida bajarilgan sektorli diagrammaga
misol
140-shakl. Badiiy bezash yordamida bajarilgan sektorli diagrammaga
misol
Ustunli va sektorli diagrammalar ko'pincha rna'iurn bo'igan biror statistik ma'iurnotni ifodalashda xizmat qiladi. Bunday diagramrnalardan ijtimoiy sohalar bilan bog'liq fanlarni o'rganishda ko'p ishlatiladigan ma'lumotiami eslab qolish uchun foydalaniladi.
Chiziqli gratiklar odatda o'zgaruvchan kattaliklar orasidagi bog'lanish va qonuniyatlarni ochib berishda qo·llaniladi. Bu grafiklar aniq fanlar (matematlka. fizika, ximiya, ... )ni o'rganishda rnuhim o'rin tutishi bilan birgalikda, biror davr mobaynida kattalikning tashqi, iqtisodiy va ijtimoiy ta'sirlarga bog'liq aniq qonuniyatlarsiz o'zgarishini ifodalashda ham keng qo'llaniladi (mamlakat aholi sonining o'sishi aholining biror rnahsulotga bo'lgan talabining ortib yoki kamayib borishi, ... ).
Klassifikatsion va strukturali sxemalar kO'pincha rnahsulot tarkibiga kiruvchi qismlari o'rtasidagi bog'lanishlami ifodalash. biror jarayonning ketma-ketligini kO'rsatish (ochib berish)da qo'l keladi. Bunday sxemalar tabiiy fanlarni o'rganishda, texnik ijodkorlik va shunga o'xshash sohalarda qo'l keladi. 134-140-shakllarda mavzuli shakllar bilan badiiy bezalgan grafik va diagrammalardan ta'lim tizimida foydalanishga rnisollar keltirilgan.
Bu yerda shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, mavzuli chizma va rasm bilan bezalgan grafik va diagrammalardan o'quv plakatlari tayyorlashda foydalanish yaramaydi. Bunda o'quvchining e'tibori dars mazmunini ochib beruvchi asosiy ma'lumotga jalb qilinmasdan, ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo'lgan grafik tasvirga qaratilib, dars samaradorligi pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |