Usulni olib borishda foydalaniladigan qurilma tuzilishi.
YUSSX usulni olib borishda quyidagi rasmda keltirilgan qurilmalardan foydalaniladi.
2-rasm. Yuqori samarali suyuqlik xromatografining tuzilish chizmasi.
Apparatni bir meyorda ishlashi uchun erituvchi solinadigan moslama 1000 ml hajmida bo‘lishini talab etiladi. Ko‘p holatlarda bu moslama suyuqlik tarkibidagi gazlarni yo‘qotish asboblari bilan uzviy bog‘liqlikda ulangan bo‘ladi.
Suyuqlikni kolonkaga o‘tkazishda nasosning ahamiyati kattadir. Bunda suyuqlik tezligi 10 ml-min, hamda 300-400 atm. Bosim oralig‘ida harakatlanadi. Aniqlanuvchi moddani kolonkaga dozator orqali eritma holida yuboriladi. Kolonkalar asosan zanglanmaydigan po‘lat, hamda shisha va titan naychalardan tayyorlanadi. SHisha kolonkalardan foydalanishda tashqaridan kuzatishga imkoniyat baladi, lekin ichki
bosimni 70 atm. dan yuqoriga ko‘tarish maqsadga muvofiq emas. Kolonkalar termostatga joylashtirilgan bo‘lib, asosan ichki diametri 2-4 mm, uzunlgi 10-50 sm ni tashkil etadi.
Kolonkadan o‘tayotgan suyuq erituvchini harakatini doimiy ravishda detektor orqali tekshirib beriladi. Detektorlar ikki guruhga: o‘ziga xos guruh moddalarni xususiyatini aniqlashga hamda universal xususiyatni namoyon etadigan o‘ziga xos guruh moddalarini aniqlashda fluoressensiyalanish va boshqa elektrokimyoviy usullar yordamida aniqlashga asoslangan. Unga asosan dori vositalarining kam miqdorini biologik suyuqliklar tarkibidagi chiqindi moddalarni va qo‘shilmalarni aniqlashda foydalaniladi. Universal detektorlar yordamida moddaning bor yoki yo‘qligidan qat’iy nazar suyuqlikdan ajralib chiqayotgan har qanday moddani xususiyatini aniqlashga qodirdir. Bu usul hozirgi kunda neft kimyosi, oziq-ovqat sanoati va farmatsiya ishlab chiqarish sanoatlarida keng foydalanib kelmoqda.
Detektorlarga qo‘yilgan talablar:
yuqori sezgirlikka ega bo‘lishi;
tekshirilayotgan modda detektor orqali o‘tayotganda parchalanmasligi;
v) haroratni o‘zgarishi, suyuqlikning oqim tezligi, hamda qo‘llanilayotgan erituvchining tarkibi detektorning ishlash jarayoniga ta’sir ko‘rsatmasligi;
detektor tekshiriluvchi moddani sifatini va miqdorini aniqlashda asosiy ko‘rsatgichni bera olishi lozim.
UB detektori va defferinsial refraktometrlar hozirgi zamon yuqori samarali suyuqlik xromatograflarida ko‘proq qo‘llaniladi. UB detektorlar UB to‘lqin uzunligidagi nur yutilishi ko‘pgina dori moddalarini aniqlashda sezgirdir. Shuning uchun foydalaniladigan erituvchi o‘ta toza va spektral tiniq bo‘lishi talab etiladi.
Differensial refraktometrlar harorat va bosimga juda sezgirdir. Ikkala tur detektorlar eritmadagi moddani konsentratsiyasini aniqlashda foydalaniladi.
UB detektorning kamchiligi faqatgina ayrim molekulalarni nur yutilish xususiyatini aniqlashga mo‘ljallangan bo‘lib detektorni nur yutilishni sezish oralig‘iga to‘g‘ri kelsa yoki shunga yaqin oraliqda bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Detektorning o‘ta kuchli sezgirligiga asosan modda tahlilini yuqori nur yutish to‘lqin uzunligida olib borilmasa ham bo‘ladi. Detektorni UB nurni simobli lampa ishtirokida 254 nm to‘lqin
uzunligida aromatik birikmalar, ko‘pchilik ketonlar, aldegidlarni aniqlashga erishish mumkin. Ayrim holatlarda UB nurni fosforli ekran ishtirokida 280 nm to‘lqin uzunligida tahlil olib borishi mumkin.
YUSSX uskunalarida refraktometrli detektorlardan ham foydalaniladi. Unda ham elyuant orqali ajratilib chiqayotgan moddaning xususiyatini aniqlashga erishiladi. Bu turdagi detektorla o‘zining universalligi bilan ikkinchi (UB detektordan so‘ng) ahamiyatlidir. Shu bilan bir qatorda bu detektor yordamida har qanday erituvchi uchun o‘ta tozalikni talab etmaydi hamda 150S gacha jarayonda amalga oshirish mumkin. Bu usulni ayniqsa sintetik polimerlarni tahlilida qo‘llash ahamiyatlidir.
YUSSX usulini olib borishda qo‘zg‘aluvchi fazaga katta talab qo‘yilgan. Chunki ulardan foydalanish davrida
tarkibidagi chiqindilar kolonkani ifloslashi, hamda noto‘g‘ri natijalarni hosil bo‘lishga sabab bo‘lishi mumkin.
Quyidagi jadvalda YUSSX usulini olib borishda nur o‘tkazuvchanlik xususiyatiga asoslanib keng foydalaniladigan erituvchilar keltirilgan.
1-jadval
Jadvaldagi keltirilgan erituvchilar ichida eng yaxshi nur o‘tkazuvchanlik xususiyatiga tozalangan suv egadir. Shuning uchun erituvchini faqat
“spektroskopiya” uchun foydalanish ko‘rsatkichi berilgan bo‘lishi kerak, aks holda avval tozalab so‘ngra foydalanishni talab etiladi.
Shuning uchun YUSSX uskunalarda refrektometrli detektorlardan ham foydalaniladi. Unda ham elyuant orqali chikayotgan moddaning xususiyatlarini Aniqlash ga erishiladi. Bu turdagi detektorlar o‘zining universalligi bilan 2 chi (UB detektordan) so‘ng ahamiyatlidir. SHu bilan bir katordav bu detektor yordamida har kanday erituvchi yordamida o‘ta tozalikni talab etmaydigan hamda 1500S gacha jarayonda amalga oshirish mumkin. Bu esa ayniksa sintetik polimerlarni tahlilida ko‘llashga ahamiyatlidir.
YUSSX usulni amalga oshirishda qo‘llaniladigan erituvchilar sistemasiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
xromatografik ajratish haroratida moddani to‘liq erita olishi;
qo‘llaniladigan kalonkani aktivlik xususiyatiga ta’sir etmaslik;
qo‘zg‘almas fazaning adsorbsiya jarayoniga ta’sir etmaslik;
qo‘llanilayotgan detektorning sezgirligini oshirib berishda yuqori xususiyatga ega bo‘lishi
Kam qovushqoqlikka ega va zaharsiz bo‘lishi kerak
Olib borilgan tahlil natijalarining aniqligiga ayniqsa erituvchining barqarorligi va uni xromatografik kolonkaga etkazib berish tezligiga katta bog‘liqdir. Hozirgi qo‘llanilayotgan xromatografik usullardagi nasoslar yordamida har doim bir xil natija olishga sharoit yaratib bera olmasligi mumkin. Oddiy jarayonda 1ml/min farqni erituvchini nasos yordamida ta’minotida 0,01ml/daqiqani tashkil etsa, bu o‘z holatida aniqlanuvchi moddaning molekulyar og‘irligiga nisbatan 10% xatolikka olib kelishi mumkin. Bu holatni bartaraf etish uchun har doim xromatografik jarayonni amalga oshirish davrida nasos orqali berilayotgan erituvchining tezligini tekshirib turish lozim.
Kolonkalarning yuqori samaradorligini saqlash maqsadida 10 mkm o‘lchamga ega bo‘lgan sorbentlar uchun erituvchining oqimi o‘rtacha 1 ml/min ga to‘g‘ri kelishi kerak. Agarda erituvchining oqim tezligi ko‘paytirilsa kolonkaning TTB qiymati kattalashadi natijada, ayniqsa, yuqori molekulyar og‘irlikdagi moddalarni ajratishda aniqlik darajasi pasayadi. Masalan sintetik polimerdan polisterolni M39*104 g
moddani qattiq sorbentli kolonkadan erituvchini oqim tezligini 1 ml/min dan 2 ml/daqiqagacha oshirilsa kolonkani samaradorligi 1,5 marotaba kamayishiga olib keladi.
YUSSX usulni olib borishda harorat ma’lum darajada bo‘lishini talab etiladi. Asosan jarayon 20-25S haroratda olib boriladi, lekin modda xususiyatiga qarab ayniqsa polimerlarni tahlilida 135-150S haroratli termostat yordamida amalga oshiriladi. Haroratni ko‘tarish ayrim erituvchilarning qovushqoqlik xususiyatini kamaytirishi kolonkaning samaradorligini oshiradi. Shuning uchun xona haroratiga nisbatan haroratni 40-50S Yuqorida olib borish maqsadga muvofqdir.
Kolonkaga yuboriladigan tahlil qilinadigan moddaning miqdori ham ahamiyatga egadir. Asosan 1 g sorbent saqlagan kolonkaga polimer moddalaridan 0,1-0,5 mg miqdorda yuborish talab etiladi.
Hozirgi kunda keng qo‘llaniladigan diametri 7-8 mm, uzunligi 50-60 sm kolonkalarga 3-5 mg aniqlanuvchi moddani yuborish maqsadga muvofiqdir, aks holda katta miqdor moddani qo‘llash natijasida kolonkada moddalarni ushlanish hajmi ortiti va kolonkani samaradorlik xususiyatini kamayishiga sabab bo‘ladi.
YUborilayotgan erituvchining hajmi, ko‘p miqdorda bo‘lishi maqsadga muvofiq emas. Asosan kolonkaga yuboriladigan moddaning hajmi 25-300 mkl oralig‘ida bo‘lishi kerak. Aks holda hajmini ko‘payishi hosil bo‘ladigan piklarni noaniqliklariga olib keladi.
Shuning uchun izlanish olib borilayotgan moddaning xususiyatini inobatga olgan holda og‘irligiga, eritmaning konsentratsiyasiga, kolonkaga yuborilayotgan erituvchining hajmiga va boshqa ko‘rsatkichlariga itoat qilgan holda aniq natijalarga erishiladi.
Differensial refraktometr yordamida umumiy, ya’ni tekshiriluvchi modda va elyuatni nur yutish xususiyatini aniqlashga erishiladi. Shuning uchun moddaning signalini, erituvchining signalidan farqlash maqsadida differensial detektorlardan foydalaniladi. Differensial detektorlarni kamchiligi detektor sezgirligi haroratni o‘zgarishga bog‘liqdir. Agarda 1S harorat o‘zgarsa detektorning ko‘rsatishi 10-4 qiymatiga o‘zgaradi. Shuning uchun detektordagi haroratni +0,001S aniqlik bilan tahlilni olib borishini talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |