Mavzu: oqsillarga sifat va miqdor reaksiyalar



Download 208,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana13.08.2021
Hajmi208,3 Kb.
#146468
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
oqsillarga sifat va miqdor reaksiyalar



NamDU fiziologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi  dotsentlari 

A.SHeraliev va S.Mirzaevlarning “Jismoniy madaniyat” yo’nalishi talabalari 

uchun “Biokimyo ” fanidan “OQSILLARGA SIFAT VA  MIQDOR  

REAKSIYALAR” mavzusidagi laboratoriya mashg’uloti uchun dars 

ishlanmasi 

 

Мазкур лаборатория ишланмасида организм учун муҳим бўлган 

полимер органик бирикмалардан бири оқсилларга бағишланган бўлиб, 

унда оқсилларни ва аминокислотарани биологик объектларда аниқлаш 

рангли реакциялари ва уларни бажариш тартиблари баён этилган  

REJA: 

 

1.  Oqsillarga hos rahgli reaksiyalar 

2.  Aminokislotalarga hos sifat  reaksiyalar 

3.  Oqsillarni miqdorini aniqlash 

 

  

          Oqsil  va  aminokislotalarning  sifat  va  miqdorini  aniqlashda  ularda  sodir 



bo'ladigan  rangli  reaksiyalardan  keng  foydalaniladi.  Bu  reaksiyalar  ikki  gruppaga 

bo'linib  o'rganiladi.  -  1.  Oqsil  tarkibidagi  har  xil  ximiyaviy  bog’lar  borligidan 

yuzaga chiqadigan rangli reaksiyalar. 2. Aminokislotalarning funksional gruppalari 

bilan yuzaga chiqadigan rangli reaksiyalar. 

  

a) BIURET   REAKSIYASI 



  

          Kerakli  reaktiv  va  asboblar:  1.  Oqsil  eritmasi.  2.  karbamidning  quruk 

holdagisi.  3.  10%  li  natriy  gidroksid  eritmasi.  4.  1  %  li  mis  sulfat  eritmasi.  5. 

Probirkalar. 6. Pipetkalar. 7. Shtativ. 8. Elektr plitka yoki gaz gorelka. 

         Oqsil eritmasi ishqoriy muhitda mis sulfat ionlari bilan pushti-binafsha yoki 

ko'k-binafsha  rang  beradi.  Rangning  hosil  bo'lishi,  oqsil  molekulasidagi  peptid 

bog'larining mis ionlari bilan hosil qiladigan kompleksiga bog'liq. 

         Biuret reaksiyasini oqsilning to'la parchalanmasligi natijasida hosil bo'ladigan 

pepton  va  polipeptidlar  ham  beradi.  Bunday  rangli  reaksiyani  karbamid 

(mochevina)  ni  qizdirgan  paytda  hosil  bo'ladigan  biuret  ham  beradi.  Reaksiya 

quyidagi tenglamaga muzofiq boradi: 

 

                   Karbamid 



 

                                      Biuret 




          Biuret  reaksiyasi  paytida  hosil  bo'ladigan  kompleksning  rangi  peptid 

zanjirining uzunligiga qarab har xil bo'lishi mumkin. Masalan, to'rtta aminokislota 

qoldig'idan iborat polipeptid beradigan kompleks qizil, tripeptid-binafsha rang va, 

nihoyat, dipeptid ko'k rang beradi. 

         Biuret reaksiyasini o'z molekulasida — CS — NH — yoki — CH — NH — 

guruhi  bo'lgan  birikmalar  va  shuningdek,  aminokislotalardan  gistidin,  amidlardan 

asparagin ham beradi. Biuret reaksiyasining rangi eritmadagi mis ionlari miqdoriga 

qarab  o'zgaradi,  ya'ni  mis  sulfat  eritmasi  ko'proq  qo'shilsa  ko'k  rang,  kamroq 

qo'shilsa pushti rang hosil bo'ladi. 

         Ishning bajarilishi. Ishni bajarish uchun yaxshi yuvilib quritilgan probirkaga 

karbamid  kukunidan  ozroq  solib,  elektr  yoki  gaz  plitkada  qizdiriladi.  Qizdirish 

natijasida  karbamid  suyuq  holatga  o'tadi. Agar  qizdirishni davom  ettirsak, u  yana 

qotadi.  Karbamidning  qattiq  holatga  o'tishi  bilan  qizdirish  to'xtatiladi. 

Karbamidning  qizdirilish  paytida  biuret  hosil  bo'ladi,  ammiak  esa  havoga  chiqib 

ketadi. Ammiakning chiqishini uning hididan bilish mumkin. 

         Probirka sovigach, unga 1 ml natriy gidroksid eritmasi solib chayqatiladi va 

1—2 tomchi mis sulfat eritmasidan tomizilib aralashtiriladi. Natijada probirkadagi 

eritma  pushti  rangga  o'tadi.  Mis  sulfatni  qo'shishda  ehtiyot  bo'lish  kerak.  Agar 

undan ko'proq qo'shilsa, eritma ko'k-havo rangga o'tib ketishi mumkin. 

          Bu  ishni  o'simlik  oqsili  bilan  ham  olib  borish  mumkin.  Buning  uchun 

probirkaga  o'simlik  oqsilidan  solib,  uning  ustiga  1  ml  natriy  gidroksid  eritmasi 

tomizib  chayqatiladi.  So'ngra  1—2  tomchi  mis  sulfat  qo'shib,  eritma  asta-sekin 

aralashtiriladi. Probirkada binafsha rang hosil bo'ladi. 

         Olingan natijalar asosida zaruriy xulosa chiqariladi. 

  

  


Download 208,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish