Ma'ruza rejasi:
Yuqori samarali suyuqlik xromatografik usulni asosiy prinsiplar
Yuqori samarali suyuqlik xromatografik usulni nazariy asoslari
Yuqori samarali suyuqlik xromatografik usulda qo‘llaniladigan qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan fazalar.
Tayanch so`z va iboralar: Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, xromatogramma, moddalarni ushlanish vaqti, pik asosining kengligi, gauss aylanmani dispersiyasi
Yuqori samarali suyuqlik-suyuqlik xromatografik usuli
Xrormatografik usullarning rivojlanishi jarayonida ularning nazariy va amaliy qo‘llanish sharoitlarini takomillashtirish natijasida yangi yuqori samarali suyuqlik xromatografiya (YUSSX) usulini kirib kelishiga sabab bo‘ldi.
Agarda 1950 va 1960 yillarda xromatografik usullardan yupqa qatlam xromatografiya va qog‘ox xromatografiyasi, rivojlangan bo‘lsa, 1970 yillarda kolonkali xromatografiyaning taraqqiy etishi yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulini rivojlanishiga zamin bo‘ldi. YUSSX usullarda (nasos, injektor, detektor), hamda o‘ziga xos talablarga javob beradigan yuqori tozalikka javob beradigan, yuqari tozalikka ega erituvchilar va kimyoviy reaktivlarni qo‘llash talab etiladi.
YUSSX tahlil usulini yaratilganiga qisqa vaqt bo‘ldi, lekin bunday xromatografik tahlilini rivojlanishi juda kattadir. Uning nazariy asoslari va eksperimental usullari undan avvalroq GSX usuli yaratilgandann keyinoq asos solingan edi.
YUSSX usulni olib borishda ananaviy kolonkali xromatografiyaga qo‘yilgan talablar asos bo‘lib xisoblanadi, ular sorbentning dispersligi, kolonkalarni o‘lchami va suyuqlik oqimining tezligidir. SHularga qaramay bu xromatografik usulning o‘ziga xos tomoni, yuqori bosimda xromatografik jarayonni olib borishga qaratilgandir.
Suyuq qo‘zg‘aluvchan faza yordamida xromatografik tahlilni olib borish M.S. Svet tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan usul, yangi aralashma tarkibidagi moddalarni sifat va miqdoriy tahlilini aniqlanishga asoslanib, foydalanilgan kolonkalarning diametri 1 sm dan oshiq bo‘lgan. Bunda qo‘zg‘aluvchan faza kolonka orqali o‘zining og‘irlik kuchi yordamida kolonkadan o‘tish natijasida hamda gidrostatik bosimi asosida 60 ml/soat 1 sm2 tezlikka erishilgan. Lekin dori moddalarini va aralashmalarini aniqlashda bunday kolonkalardan ko‘p foydalanish natijasida ajratib olish sifati o‘zgaradi.
Keyingi yillarda kolonkali xromatografiyani keng qo‘llanishi va sezgir detektorlarni paydo bo‘lishi asos bo‘ldi, uning yordamida elyuat tarkibidagi moddalarni aniqlashga erishildi. YUSSX usulini takomillashtirishga gaz xromatografiyasida qo‘llanilgan va tajribadan o‘tgan usullardan foydalaniladi.
YUSSX usulida moddalarni ajratish uchun diametri 2-6 mm bo‘lgan kolonkalardan va ularning ichiga ko‘zg‘almas sorbentning zarrachalarini o‘rtacha diametri 50 mkm dan kichik zarrachalardan iborat bo‘lgan, hamda ko‘zg‘aluvchan fazani 0,1-0,5 sm/sek tezlikda yuqori bosim yordamida (10-400 atm) foydalanish maqsadga muvofiqdir.
YUSSX usulida ikki moddani bir-biridan ajratish, ulardan biri qo‘zg‘almas fazada ushlanib qolishini xromatografik kolonkadan qarshiliklarni engib chiqqan modda avval, so‘ngra asta-sekin ikkinchi modda chiqa boshlaydi. Bu xromatografiyada ham moddalarni ajralishini qo‘zg‘almas fazada ushlanish vaqti (tR1) qiymati bilan ifodalanadi. Umumiy ushlanish vaqti (tR), qo‘zg‘almas fazada ushlanish vaqti (tR1) va qo‘zg‘aluvchan fazadagi ushlanish vaqtining(tm) qiymatlarini yig‘indisidan tashkil topgan.
tR = tR1 + tm
Bunday sharoitda kolonkalarda moddalarining bo‘linishi quyidagicha chizma holida ifodalash mumkin.
tm – qo‘zg‘aluvchan fazani ushlanish vaqti
t’R1, t’R2 – toza ushlanish vaqti
tR1, tR2 – moddalarni ushlanish vaqti
Do'stlaringiz bilan baham: |