Zonali elektroforez
Zonali e-z stabilizasiyada elektroforetik zonalar hosil qilgan, mustahkamlanmagan muhitda olibboriladi. Ikkalasidan qaysi birini o’tkazishdan qatiy nazar, elektroforezni ko’p varianti mavjud.
Yirik g’ovakli tashuvchilarda elektroforez Yirik g’ovakli tashuvchilar sifatida fil’tr qog’ozi, kraxmal, selyuloza, kukunsimon plastvassa, agar-agar, asetilseluloza, shisha kukuni ishlatiladi.
Blokdagi elektroforez Tashuvchi sifatida kraxmal ishlatiladi, blok shaklini hosil qilib, 2ta elektrodga ulangan, bufer eritma bilan to’ldirilgan lotokka solinadi. Aniqlanuvchi preparat eritmasini quruq kraxmalga shimdiriladi va blok o’rtasiga joylashtiriladi. Elektroforez tugagach blokni alohida bo’laklarga bo’linadi va har bir bo’limdan aniqlanayotgan moddani elyuasiyalanadi va miqdori aniqlanadi. Bu usul molekulyar massasi 3000dan katta bo’lgan moddalarni ajratish uchun qo’llaniladi, chunki kichik molekulyar massali moddalar kraxmal donalariga adsorbsiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |