O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Nishonboev T.N., Usmanova N.B.
TAQSIMLANGAN TIZIMLAR
O’quv qo’llanma
Toshkent 2018
Mualliflar: T.N. Nishonboev, N.B. Usmanova
“Taqsimlangan tizimlar”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: TATU. 2018. b.
Referat
AXBOROT, ARXITEKTURA, INTERNET, MA’LUMOT, MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARI, TARMOQ TEXNOLOGIYALARI, DASTURIY TA’MINOT, TARMOQ ARXITEKTURASI, AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TARMOQLARI, TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARI, DASTURIY - KONFIGURATSIYALANADIGAN TARMOQLAR, INFRASTRUKTURA SATHI, BOSHQARUV SATHI, ILOVALAR, ILOVALAR SATHI, TARMOQ RESURSLARI, TARMOQ XIZMATLARI, TARMOQ OPERATORI, MODEL, MODELLASHTIRISH, PROTOKOL, INTERFEYS, OSI MODELI, OPENFLOW PROTOKOLI, TAQSIMLANGAN TIZIMLAR, GRID, GRID TEXNOLOGIYASI, GRID TEXNOLOGIYASI ASOSIDAGI TAQSIMLANGAN TIZIMLAR, BULUT TETEXNOLOGIYASI, BULUT TEXNOLOGIYASI ASOSIDAGI TAQSIMLANGAN TIZIMLAR. SERVISGA YO‘NALTIRILGAN ARXITEKTURA NEGIZIDAGI TAQSIMLANGAN TIZIMLAR, MA’LUMOT QAYTA ISHLASH MARKAZI.
O‘quv qo‘llanmada taqsimlangan tizim (TT)larning arxitekturasi va funksional xususiyatlari, samarali ishlashini belgilaydigan ko‘rsatkichlar, TT larning turlari va imkoniyatlari, taqsimlangan fayl tizimlarini tashkil etish tamoyillari yoritilgan. Qo‘llanmada servisga yo‘naltirilgan arxitektura konsepsiyasi hamda “Grid” va “Bulut” texnologiyalari negizidagi taqsimlangan tizimlar, ularda virtuallashtirish texnologiyasini qo‘llash tamoyillari, TT xususiyatlari negizida bulutdi ma’lumot qayta ishlash markazlarini yaratish mavzulariga alohida urg‘u berilgan.
O‘quv qo‘llanma axborot-kommunikatsiya tarmoqlari yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavr va magiistrlar uchun mo‘ljallangan, u AKT sohasida ilmiy- tadqiqot ishlari olib borayotgan mustaqil izlanuvchilarga ham foydali bo‘lishi mumkin.
2
Belgilanishi
|
Kengaytmasi
|
AKT
|
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
|
AT
|
Axborot texnologiyalari
|
AHX
|
Axborot hisoblash xizmati
|
BT
|
Bulut texnologiyalari
|
BT SYTT
|
Bulut texnologiyalari asosidagi servisga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizim
|
GT
|
Grid texnologiyalari
|
GT SYTT
|
Grid texnologiyalari asosidagi servisga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizim
|
DKTT
|
Dasturiy konfiguratsiyalangan taqsimlangan tizim
|
DKT
|
Dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoq
|
ITT
|
Integrallashgan taqsimlangan tizimlar
|
MUBS
|
Ma’lumot uzatilishini boshqarish sathi
|
MUS
|
Ma’lumot uzatish sathi
|
SYA
|
Servisga yo‘naltirilgan arxitektura
|
CYTT
|
Servisga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizim
|
TOT
|
Tarmoq operatsion tizimi
|
TT
|
Taqsimlangan tizim
|
TX
|
Terminal xizmati
|
API
|
Application programming interface
|
HTML
|
Hyper Text Markup Language
|
HTTP
|
Hyper Text Transfer Protocol
|
ICMP
|
Internet Control Message Protocol
|
IP
|
Internet Protocol
|
NUMA
|
Nonuniform Memory Access
|
OSI
|
Open System Interconnection
|
3
QoS
|
Quality of service
|
SCTP
|
Stream Control Transmission Protocol
|
SDN
|
Software Defined Networks
|
SIP
|
Session Initiation Protocol
|
TCP
|
Transmission control protocol
|
UDP
|
User Datagram Protocol
|
UMA
|
Uniform Memory Access
|
4
Kirish
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ijtimoiy hayotga kiritilishi yangi turdagi xizmatlar va murakkab amallarni talab qiladigan masalalarni keltirib chiqaradi. Bunda axborotni qayta ishlash va uzatish tizimlari murakkab infokommunikatsiya majmuasi bo‘lib, ulami boshqarish va
imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni ta’minlaydigan mas’ul mutaxassislardan chuqur bilim va ko‘nikmalarni talab qiladi.
Taqsimlangan tizimlar yo‘nalishining tarixi qisqa bo‘lishiga qaramasdan bugungi kunda juda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan va yangidan - yangi g‘oyalar va yondoshuvlar paydo bo‘layotgan yo‘nalish hisoblanadi.
«Servisga yo‘naltirilgan arxitektura», «Grid texnologiyalari» va «Bulutda hisoblash» fanlari axborot texnologiyalari (AT) sohasining eng yangi yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ularning imkoniyatlari asosida taqsimlangan tizimlarni shakllantirish, resurs va xizmatlarini taqdim etish usullarini o‘rganish va ular asosida yangi samarali usullarni ishlab chiqish muhim ilmiy va amaliy axamiyat kasb etadi.
Taqsimlangan infokommunikatsiya tizimlarini ishlab chiqish va rivojlantirishning maqsadli orientatsiyasi hisoblangan global axborot infrastruktura (GAI)si quyidagi asosiy funksiyalar to‘plamini tavsiflovchi kommunikatsiya, axborotni saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini o‘zida birlashtiradi:
foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan axborot, kommunikatsiya va muammoga yo‘naltirilgan xizmatlarni akkumulyatsiyalash va integrallash;
xizmat va tarmoq resurslariga personal murojaatini vaqt va foydalanuvchining joylashuvidan qat’iy nazar ta’minlash;
qo‘llash, qurish va amalga oshirishning tashkiliy-texnik va tizimli-texnik o‘zgarishlariga ochiqlikni ta’minlash.
Birlashish va o‘zaro muloqotda bo‘lish jarayonlarini o‘zida aks ettiruvchi taqsimlangan tizimlar komponentalarining o‘zaro funksional ishlashini tashkil qilish jarayoni bilan bog‘liq jihatlarni tizimlashtirish, klassifikatsiyalash va standartlashtirishni amalga oshirilishini talab etadi.
5
Taqsimlangan tizim doirasida tanlangan tarmoq arxitekturasi amalga oshirilishiga bog‘liq turli funksional yo‘naltirilgan elementlar (ob’ektlar) mavjud. Elementlar infrastrukturaning ham axborot qayta ishlash, ham tarmoq tashkil etuvchilariga tegishli bo‘lishi mumkin, bunda elementlarning o‘zaro ishlashi uchun oraliq muhit (oraliq dasturiy ta’minot) kerak bo‘ladi.
Bugungi kunda mavjud bo‘lgan oraliq muhitlar ochiq, kengaytirilishi mumkin bo‘lgan va barqaror taqsimlangan tizimlarni yaratishga imkon beradi: buning uchun oraliq muhit taqsimlangan tizim komponentalarining o‘zaro ishlashi uchun ularni servislar bilan ta’minlashi kerak bo‘ladi. Bu yo‘nalishda yaratilgan ilmiy - amaliy ishlanmalarni o‘rganish va yangi usullarini ishlab chiqish axborot - texnologiyalari sohasiningdolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma ushbu dolzarb muammoga bag‘ishlangan bo‘lib, kirish, 5 ta bob va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qismlaridan iborat.
Birinchi bob “Taqsimlangan tizimlarning arxitekturasi va funksional xususiyatlari”, deb nomlanib, uning bandlarida taqsimlangan tarmoq va tizimlarning ta’rifi va tarkibi, taqsimlangan tizim (TT) - laming arxitekturaviy xususiyatlari, TT oraliq muhit (Middleware) ining o‘rni va axamiyati, TT komponentalarini Ethernet va dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmog‘i asosida o‘zaro bog‘lanish modellari, TT ning samarali ishlashini belgilaydigan ko‘rsatkichlar qatorida TTlarda jarayonlar va aloqalar, sinxronizatsiya, xavfsizlik masalalari hamda TTlarda ishonchlilik masalalari va replikatsiya usullari yoritiladi.
Ikkinchi bob “Taqsimlangan tizimlarning turlari va imkoniyatlari”, deb nomlangan, uning bandalarida mijoz-server texnologiyasi, va R2R texnologiyalari, ob’ektga yo‘naltirilgan va Web - texnologiyalar asosidagi taqsimlangan tizimlar yoritilgan hamda taqsimlangan fayl tizimlarini tashkil etish tamoyillari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Uchinchi bobning nomi “Servisga yo‘naltirilgan arxitektura konsepsiyasi asosidagi taqsimlangan tizimlar”, unda servisga yo‘naltirilgan arxitekturaning konseptual modeli, taqsimlangan tizimlarni servisga yo‘naltirilgan arxitektura
6
konsepsiyasi asosida shakllantirish asoslari, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari resurs va xizmatlarini servisga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizim negizida taqdim etish masalalari yoritilgan.
To‘rtinchi bobda “Grid” va “Bulut” texnologiyalari negizidagi taqsimlangan tizimlar, ularda virtuallashtirish texnologiyasini qo‘llash tamoyillari kabi mavzular sistemalashtirilgan holda tavsiflanadi. Bobning bandlarida grid texnologiyalari imkoniyatlari negizida taqsimlangan tizim infrastrukturasini shakllantirish asoslari, grid texnologiyalari asosidagi TT resurslarini SYA asosida taqdim etish tamoyillari, “Bulut” texnologiyasining mazmuni va mohiyati, “Bulut”
texnologiyasining afzalliklariga asoslangan taqsimlangan tizimlarni shakllantirish modeli kabi mavzular o‘z aksini topgan.
Beshinchi bob “Taqsimlangan tizim xususiyatlari negizida ma’lumot qayta ishlash markazlarini yaratish asoslari” da ma’lumot qayta ishlash markazlarining maqsad va vazifalari, dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoq negizidagi taqsimlangan ma’lumot qayta ishlash markazining infratuzilmasi tushuntiriladi, axborot-kommunikatsiya tarmog‘i resurs va xizmatlarini taqsimlangan tizimlar asosida taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi.
O‘quv qo‘llanma mualliflarning Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshknt axborot texnologiyalari universiteti talabalariga “Taqsimlangan tizimlar” nomli fan bo‘yicha bir necha yil davomida olib borgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari materiallari hamda ushbu yo‘nalishda bajarilgan Grant loyihalarining natijalari asosida yozilgan.
Mualliflar kitobni nashrga tayyorlashda va chop ettirishda faol ishtirok etganligi uchun Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti “Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasining assistenti M. Abdullaevga o‘z minnat-dorchiligini bildiradi.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |