DKTtarmog‘ining infrastruktura sathida shu ikki MUS va MUBS sath funksiyalari ajratiladi.
1.16, 1.17 - rasmlarda DKT arxitekturasi va an’anaviy tarmoq tuzilmalarining qiyosiy ko‘rinishi keltirilgan (ya’ni, MUS va MUBS sathlarini ajratilmagan va ajratilgan holatlari).
Markazlashgan boshqaruv asosidagi DKT arxitekturasi an’anaviy taqsimlangan boshqaruv asosidagi tarmoq arxitekturasiga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega:
Tarmoq boshqaruvi dasturlar asosida bajarilganligi sababli, u egiluvchan, tarmoq boshqaruvini modifikatsiyalash yangi ilovalarni yaratish va joriy etish evaziga boshqaruv sodda bajariladi, boshqaruv avtomatlashtiriladi;
42
Tarmoq boshqaruvi adaptiv rejimda bajariladi, ya’ni boshqaruv tarmoqning joriy holatiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Tarmoq uskunalari real vaqtda ishlashi davomida ularning holati o‘zgarishi
tabiiy.
An’anaviy tarmoq
Paket Boshqaruv'Boshqaruv Boshqaruv Кабул килиб
олувчи
SDN tarmoq OpenFlow Boshqaruv
Xizmatlar API (ochiq yoki yopiq)
- rasm. DKT arxitekturasi va an’anaviy tarmoq tuzilmalarining farqini paketlarni an’anaviy va DKT tarmog‘i negizida uzatish jarayonida ko‘rsatuvchi
diagramma.
DKTda maxsus yaratilgan yangi tarmoq dasturlari va servislari asosida tarmoq boshqaruvi yangi holatga mos ravishda tashkillashtiriladi. Yangi tarmoq ilovalarini (dasturlarini ) yaratishga ketadigan vaqt va xarajatlar tarmoq konfiguratsiyasini “qo‘lda” o‘zgartirish uchun ketadigan vaqt va xarajatlarga qaraganda ancha kam bo‘ladi.
Tarmoq dasturiy ta’minoti tarmoq qurilmalariga bog‘liq emas;
MUS va MUBS sathlari bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ishga tushirilishi va rivojlantirilishi (ya’ni kengaytirilishi) mumkin;
43
Tarmoqni ishonchliligi oshadi - taqsimlangan boshqaruv axboroti hajmini va operatsiyalarini kamayishi hisobiga.
Har bir kommutatsiya markazida o‘rnatilgan taqsimlangan protokollar aloqa kanallarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi ma’lumotlariga qarab ish yuritadi. Lekin bunday ma’lumot markazlashgan holda bitta joyda, ya’ni kontrollerda saqlanishi tarmoqda kelishilmagan holda qaror qabul qilish holatlarini yo‘qga chiqaradiv [10].
Tarmoq uskunalari va tuzilmasi soddalashadi - ular ko‘p standart va protokollarni bajarishlari o‘rniga bitta kontrollerdan kelgan buyruqni bajaradi;
Kommutator va tarmoq infrastrukturasining xotira va boshqaruv qismlari bitta kontrollerga ko‘chirilishi hisobiga ularning narxi qisqaradi.
DKT tarmog‘i komponentalarining ishlash prinsiplari OpenFlow spesifikatsiyalarida (me’yoriy hujjatlarida) yoritiladi.
Bunday me’yoriy hujjatlarni yaratadigan tashkilotning nomi Open Networking Foundation - ONF, (https://www.opennetworking.org/).
«ATUR^jl^EATUR^ OPERATNG SYSTEM
^ЕАТЦР^Д^ЕАПЖ OPERATING SYSTEM
^ЕАТЦЙ^Щ^ЕАТЦВ^ OPERATING SYSTEM
«aturJJ^eatur^ OPERATING SYSTEM
Network of vertically integrated,
closed, proprietary switches
OpenFlow/SDN: Separation of control and data plane
Open interface between control and data plane
Open interface to the control plane
Network control and management features In software
- rasm. MUS va MBUS sathlarini ajratilmagan va ajratilgan holatlarining
sxemalari.
44
Me’yoriy hujjatlarga (spesifikatsiya) asosan OpenFlow (ya’ni, DKT) tarmog‘ining asosiy komponentalariga quyidagilar kiradi (1.18 - rasm):
Kontroller, tarkibida:
tarmoq operatsion tizimi; tarmoq ilovalari.
OpenFlow kommutatori;
Kontroller va kommutator oralig‘dagi himoyalangn aloqa kanali;
OpenFlow protokoli.
OpenFlow-tarmog‘ining umumiy ishlash prinsipi quyidagicha izohlanadi:
tarmoqdagi har bir OpenFlow-kommutator kontroller bilan himoyalangan kanal o‘rnatadi (rasmda shtrix chiziqlar)., ushdu kanal yordamida kontroller kommutator ishini boshqaradi
kommutator bilan kontroller orasidagi o‘zaro munosabatlar Open Flow protokolining ma’lumotlari yordamida amalga oshiriladi.
kontroller tarmoq elementlarining holati o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’lumot qabul qiladi va uning asosida yangi tarmoq uskunalarini konfiguratsiyalaydi, tarmoq infrastrukturasini va axborot oqimini boshqaradi. Keng ma’noda kontroller - bu maxsus dasturiy ta’minot o‘rnatilgan jismoniy server.
Tarmoqdagi hamma marshrutizator va kommutatorlar tarmoq operatsion tizimi (TOT)ning boshqaruvi asosida birlashtiriladi. TOT muntazam ravishda tarmoq vositalarining konfiguratsiyasini nazorat qilib boradi va ilovalarga tarmoqni boshqarishga imkon yaratib beradi.
DKTning asosiy protokoli OpenFlow nomli protokol hisoblanadi.
Quyida OpenFlow komponentalari asosida dasturiy konfigurasiyalanadigan tarmog‘i vositalari yordamida ma’lumot uzatish jarayonlari yoritiladi.
45
- rasm. OpenFlow (ya’ni, DKT) tarmog‘ining asosiy komponentalarini ko‘rsatuvchi sxema.
OpenFlow kommutator tuzilmasi. OpenFlow kommutatori uchta qismdan
iborat:
Oqimlar jadvali. U o‘z tarkibida oqimlarni va har bir oqimni qayta ishlash uchun bajarilishi kerak bo‘lgan amallarni mujassam etadi.
Himoyalangan kanal - masofadagi kontroller va kommutator orasida paketlarni hamda boshqaruv komandalarini uzatish uchun foydalaniladi;
OpenFlow protokoli - kontroller va kommutatorlarni ochiq hamda maxsus andoza asosidagi o‘zaro munosabatlarini tashkil etish yo‘lini taqdim etadi.
OpenFlow-tarmog‘ining maxsus spesifikatsiyasiga muvofiq har bir kommutator tarkibida bitta yoki bir nechta oqim jadvallari (flow table), guruhiy jadval (group table) va uzoq masofadagi kontroller bilan aloqa qilish uchun himoyalangan kanal (Secure channel) tashkil etiladi.
OpenFlow kommutatorining tuzilmasi 1.19 - rasmda keltirilgan. OpenFlow kommutatorining oqimlar jadvali himoyalangan kanal orqali masofadan turib kontroller tomonidan boshqariladi (1.20 - rasm).