Vazirligi o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


TT komponentalarini Ethernet tarmog‘i asosida o‘zaro bog‘lanish



Download 1,04 Mb.
bet7/95
Sana19.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#912791
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   95
Bog'liq
Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazm

TT komponentalarini Ethernet tarmog‘i asosida o‘zaro bog‘lanish

modeli
Taqsimlangan tizimning biron bir kompyuteri nuqtai nazaridan, tizim tarkibidagi boshqa kompyuterlar masofa jihatidan uzoqda joylashgan axborot qayta ishlash tizimlari hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, taqsimlangan tizim doirasida bir - biridan uzoqda joylashgan kompyuterlar orasidagi o‘zaro axborot almashish jarayonlari asosan ochiq tizimlarning munosabatlarini ta’minlovchi yetti sathli OSI/ISO modeli asosida amalga oshiriladi.
Ochiq tizimlar orasidagi munosabatlar standart yetti sathli protokollar asosida belgilanadi, ularning funksional vazifalari adabiyotlarda batafsil yoritilgan.
OSI modelining quyi sathlari (1 - 4 sathlari) TT komponentalari orasida axborot uzatish vazifalarini bajaradi, seans va taqdim etish sathlarining protokollari TT ning oraliq sath (ya’ni, oraliq sath dasturiy ta’minotining) (middleware) vazifalarini amalga oshiradi (1.13 - rasm).
Boshqa so‘z bilan, seans va taqdim etish sathlari bitta oraliq sath bilan almashtiriladi. Ular ilovalar taqdim etish protokollariga bog‘liq bo‘lmaydi.
Bunday maqsadga erishish uchun oraliq sath muhiti taqsimlangan tizim komponentalarining o‘zaro munasabatlarini tashkil etish xizmatlari bilan ta’minlashi kerak. Bunday xizmatlarga quyidagilar kiradi:

  • TT ma’lum bir dasturiy komponentasini uning boshqa komponen- talarining xizmatlaridan operatsion tizim dasturlariga bog‘liq bo‘lmagan holda foydalanishining yaxlit mexanizmlari bilan ta’minlash;

  • TT xavfsizligini ta’minlash: hamma foydalanuvchilar va servislarni autentifikatsiyalash va avtorizatsiya qilish, komponentalar tomonidan


32


uzatilayotgan axborotlami xatoliklardan va ularni uchinchi shaxslar o‘qishidan himoya qilish;



  • ma’lumotlar to‘liqligini ta’minlash, ya’ni masofadagi komponentalar orasida taqsimlangan tranzaksiyalar boshqaruvini ta’minlash;

  • dasturiy komponentalarga ega serverlar yuklamalarini balansirovka qilish;

  • uzoq masofadagi komponentalarni aniqlash;

Bitta TT doirasida bir necha xil oraliq sath muhitlari ishlatilishi mumkin. TT ning taqsimlangan har bir komponentasi o‘zining servislarini faqat bir turdagi oraliq sath muhiti asosida taqdim etishi va bir turdagi oraliq muhit asosida boshqa komponentalarning xizmatlaridan foydalanishi mumkin.





1.13 - rasm. TT kompyuterlarining o‘zaro munosabatlarini
tashkil etish modeli.
Oraliq sath muhiti ochiq, masshtablangan va ishonchli taqsimlangan tizimlarni yaratilishiga imkon yaratadi.
OSI (Open System Interconnection) etalon modeli ochiq tizimlarning turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan tizimlarning bir tarmoqda


33


ishlashini ta’minlovchi o‘zaro bog‘lanishini aniqlaydi va quyidagilami muvofiqlashtiradi:



  • qo‘llanish jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishini;

  • ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini;

  • ma’lumotlar saqlanishi bir xilligini;

  • tarmoq resurslari boshqarilinishini;

  • ma’lumotlar xavfsizligi va axborot himoyasini;

  • dasturlar va texnik vositalarning diagnostikasini.

Protokollarning funksiyalari:
7-amaliy pog‘ona protokoli (prikladnoy protokol) OSI modelining eng yuqori pog‘onasi bo‘lib, qo‘llanish jarayonlarining tarmoq xizmatlariga kirish uchun imkon yaratadi va:

  • ochiq tizimlarni o‘zaro bog‘lanish muhiti bilan foydalanuvchilarning amaliy dasturlarini birga ishlashini;

  • axborot almashish bo‘yicha sheriklarni (partnerlarni) identifikatsiyalashni;

  • ma’lumotlar hajmini aniqlashni;

  • konfedensiallikni ta’minlash mexanizmini muvofiqlashtirishni;

  • xizmat ko‘rsatish sifatini muvofiqlashtirishni;

  • xizmat ko‘rsatish tartibini ta’minlaydi.

6-taqdim etish pog‘onasi protokoli (predstaviteln. protokol) - protokollarni qayta o‘zgartirish, ma’lumotlar translyatsiyasi, qo‘llanilayotgan simvollar to‘plamini almashtirish kabilarga javob beradi.
5-seans pog‘onasi protokoli (protokol seansovogo urovnya) - seans boshlanishi va yakunlanishini, transport tarmog‘i darajasida ishdan chiqish (ishlamaslik) holatlarida qayta ulash xarayonlarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
4-transport pog‘onasi protokoli (protokol transportnogo urovnya) - ning asosiy vazifasi paketlarni xatosiz, dastlabki ketma-ketlikda yo‘qotishsizlarsiz kafolat bilan yetkazib berishdir. Bu pog‘onada ma’lumotlar qayta taxlanadi: uzunlari bir nechta paketlarga ajratiladi, qisqa paketlar esa birlashtiriladi. Shu
34




orqali tarmoqdan paketlami yuborish samaradorligi oshiriladi. Transport pog‘onasida qabul qiluvchi tomonidan ma’lumotlar qabul qilingani xaqida tasdiq signali yuboriladi.
Trasport pog‘onasi protokollari oqimni boshqaradi, xatolarni tekshiradi, paketlarni yuborish va qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal qilishda ishtirok etadi.
3-tarmoq pog‘onasi protokoli (protokol setevogo urovnya) quyidagilarni ta’minlaydi:

  • foydalanayotgan tarmoq va fizik muhitlarni kommutatsiyalash;

  • marshrutizatsiyalashga bog‘liq bo‘lmagan transport tarmoq darajasi uchun axborotlar uzatilishini ta’minlovchi tarmoq ulanishlarni o‘rnatish;

  • tarmoq ulanishlarini faol holda tutish va uzish vositalarini yetkazib berish;

  • ma’lumot oqimlarini boshqarilishini ta’minlash;

  • paketlar jo‘natilishi ketma - ketligini tartibga solish;

  • shoshilinch ma’lumot uzatilishini ta’minlash;

  • xatolarni topish va tuzatilishini ta’minlash.

Tarmoq pog‘onasining ma’lumotlarini paketlar deb atash qabul qilingan. Tarmoq pog‘onasida 2 xil protokollar ishlaydi.

  1. tarmoq protokollari - tarmoq orqali paketlar harakatini yo‘lga qo‘yadi;

  2. marshrutlash protokollari - tarmoq topologiyasidagi va tarmoqlararo bog‘lanishlar to‘g‘risida axborot to‘playdilar.

2-kanal pog‘onasi protokoli (protokol kanalnogo urovnya) kanal uzatishlarini o‘rnatadi va ma’lumot fragmentlarini (kadrlarni) uzatadi, kadrlar bo‘yicha sinxronizatsiiyalashni ta’minlaydi, xatolarni topish va tuzatish, axborot oqimini boshqarish, kadrlar ketma - ketligini tartibga solishlarni ta’minlaydi.
1 -fizik pog‘ona protokoli (protokol fizicheskogo urovnya) fizikaviy kanallar - koaksial kabel, optik tolali kabel yoki radiomuhit orqali bitlar ketma-ketligining uzatilishi bo‘yicha ish olib boradi. Fizik pog‘ona fizik ulashlarni o‘rnatish, faol holatda tutish va o‘zini mexanik, elektron va protsedurali vositalarini boshqarish, bitlar bo‘yicha sinxronizatsiyalash, bitlarni dupleks yoki yarim dupleksli uzatish,


35




ikki yoki ko‘p nuqtali uzatish, fizik darajada ishdan chiqish xolatlari to‘g‘risida kanal darajasini ogohlantirishlarni ta’minlaydi.
Oxirgi yillarda axborot oqimining hajmi tobora oshishi hamda muloqotlarni ta’minlaydigan protokollarning soni ko‘payib ketishi oqibatida taqsimlangan tizimlarning transport qismida muammolar paydo bo‘la boshladi.
Quyida ushbu muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha fikr va mulohazalar keltiriladi.
Cisco kompaniyasi tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida quyidagi statistik ma’lmotlar olingan:

  1. 2014 yilda Internet trafigining hajmi qariyb 780 eksabaytni (1eksabayt =

18
10 bayt), 2014 yilning har oyi trafigi esa 64 eksabaytni tashkil etganligi qayd etilgan. Bu 16 milliard DVD disklarini va 21 trillion MP3 fayllarini tashkil etadi. Bunday hajmdagi trafikni boshqarish va uzatish uchun mavjud aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyatini yetmay qolish ehtimolligi tobora ko‘payib borayapti. Ularning o‘tkazish qobiliyatini o‘sish darajasi trafik o‘sish darajasidan ancha orqada qolib borayaptti.

  1. Mobil qurilmalarining turi va sonining o‘sishi (Wi-Fi, 3G, WIMAX, LTE), mobil servislarining tobora ko‘payishi kuzatilmoqda, bugunda mobil tarmoq foydalanuvchilari turg‘un holatdagi tarmoq foydalanuvchilaridan oshib borayapti, rivojlangan davlatlarda har bir foydalanuvchiga uchta mobil terminal vositalari to‘g‘ri kelayapti;

  2. Hisoblash quvvatlarining o‘sishi ilovalarning tobora ko‘payishiga sabab bo‘layapti, bugunda mobil trafik hajmi geometrik progressiya asosida o‘sib borayapti.

  3. Bugungi IP tarmog‘ining tuzilmasi murakkablashganligi, unda yechilayotgan masalalarning turi, hajmi va murakkabligi tobora oshib borayotganligi sababli, uni boshqarish qiyin kechayapti, axborot xavfsizligiga, ishonchliligiga talablar kuchayib borayapti.

  4. Tarmoqda bir necha o‘nlab, yuzlab kommutatorlar, marshrutizatorlar va boshqa vositalar o‘ta murakkablashib borayapti, taqsimlangan tarmoqda ma’lumot

36


uzatish protokollari ko‘payib borayapti - bugunda ulaming soni 600 dan oshib ketganligi qayd etilgan.



  1. Viruslar, hujumlarning ko‘payishi axborot xavfsizligiga muammolar tug‘dirayapti. Bugunda bu muammolar davlatning milliy xavfsizlik muammolariga aylanib borayapti.

Shunday qilib, bugun faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqda bir muncha muammolar yig‘ilib qolgan, ularning yechimini amalga oshirish uchun mavjud tarmoq arxitekturasiga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritish kerakligi taqozo etiladi. Muammolarni quyidagicha izohlash mumkin:
ilmiy-texnik muammolar - tarmoqlarning faoliyatini ishonchli va nazorat qilish mumkin bo‘lmay borayapti
ijtimoiy muammolar - Internet kundalik hayotga kirib borayapti. U tashqi atakalarga ta’sirchan.
iqtisodiy muammolar - tuzilma murakkab, ularni boshqarish uchun yuqori malakali mutaxassislar talab etiladi.
rivojlanish muammosi - mavjud tarmoqlarning arxitekturalariga yangi innovatsiyalarni kiritish katta to‘siqlarni paydo qiladi, ular bunday yangiliklarni, yangi servislarni kiritilishiga mo‘ljallanmagan.
Mavjud tarmoq arxitekturasini qaytadan qurish tamoyillarini ko‘rib chiqish tobora dolzarb masalaga aylanib borayapti.
Oxirgi yillarda transport tarmog‘i arxitekturasini takomillashtirish maqsadida dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoq (DKT) konsepsiyasi taklif etildi.
DKT tarmog‘i nisbatan yangi va uning tavsifi bo‘yicha adabiyotlar kam hisoblanganligi sababli, quyida ushbu tarmoq imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.


37



  1. Download 1,04 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish