Umumpedogo‘gik bilim va malakalari
Badiiy-ijodiy Bilim va malakalari
tasvirlash bilim, malaka va konikmalar
BADIIY –kompozitsiyon bilim va malakalar
kompyuter grafikasi (Corel Draw Fotoshow) savodhonligi
G‘oyaviy (dunyoqarash) yo‘nalish
kasbiy (fazoviy tasavuri, ijodiy tafakuri) yo‘nalishi
Bilish (faoliyati) yo‘nalishi
Rassom-o‘qituvchining ijodiy ish faoliyati mazmuni
PROFISIYANAL RASSOM-O‘QITUVCHI
«Rangtasvir»kursi bo‘yicha ta’lim mazmuni bilimlarning shakllangan ma’lum sistemasidir. Sistema sifatida, u, tabiiyki, ichki tuzilish, o‘zaro chambarchas bog‘langan ma’lum elementlar jamidan iborat strukturaga ega. Shunday, qonuniyatlarning qandaydir yig‘indisini (rang–ton munosabatlari qonuni, soyalar nazariyasi, rang garmoniyalari nazariyasi va b.) mumkin, ularning har birini kichik struktura deb baholash mumkin.
O‘quv materiali talabalar tomonidan mustaqil o‘zlashtirilishi uchun u savodli tarzda strukturalangan va tartiblangan bo‘lishi kerak. Bu jarayonda ko‘p narsa o‘qituvchining nazariya va amaliyot borasida professionalizmiga bog‘liq. Professor N.N.Rostovsev yozadi: «Pedagogning xizmati ishlarning murakkab kompleksini alohida tarkibiy qismlarga mohirona va chuqur o‘ylab ajratishi sanaladi»6
«O‘quvchilar bilimlarni mustaqil, ijodiy darajada egallashi uchun ular o‘zining bilish faoliyati predmetini va u bilan qanday ishlashni bilishi kerak. Bunga ularni maxsus o‘rgatish lozim»7. Demak, talabalarnig rangtasvir bo‘yicha mustaqil o‘quv–ijodiy faolligini oshirish uchun ta’lim jarayonida talaba ular vositasida rangtasvir qonuniyatlarini o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan alohida shakl va harakat usullarini ajratish kerak. Harakatlarning ma’lum ketma-ketligi va usullaridan iborat bo‘lgan rangtasvir metodlari nafaqat etyudda naturani tasvirlash uchun xizmat qiladi, balki o‘zi ham o‘zlashtirish predmeti sanaladi.
Mustaqillik – shaxsning muhim xarakteristikasi, o‘z oldiga ma’lum maqsadlarni qo‘yish va ularga o‘z kuchi bilan erishishda namoyon bo‘ladi. Aqliy (yoki bilish) mustaqillik shaxsning faolligi va tarishqoqligi ko‘rsatkisi, bilish uchun izlanishga qodirligi sifatida qaraladi.
Rassomning badiiy - kompozitsion tayyorgarligi uning ijodiy- kompozitsiya jarayonida ob’ektlarda rang va ranglar uyg‘unligi, interer va narsalariing badiiy nafosatliligi, ularda badiiy kompozitsiyasi qonun-qoidalariga rioya etishlik kabi kasbiy layoqatlilik mezonlari bilan belgilanadi.
Shuningdek, hozirgi kunda kompyuter grafikasi dasturlarida tasvirlar bajarish zamonaviy rassom-o‘qituvchining ijodiy bilim va malakalarining tarkibiy qismiga aylandi. Hozirgi zamon dizaynerlari kompozitsiya eskizlarni kompyuterning grafik muharrirlarida bajarishmoqda.
6 Ростовцев Н.Н. Академический рисунок. Курс лекций. – М.: Просвещение, 1973, 131 бет.
7 Пидкасистый П.И. Самостоятельная познавательная деятельность школьников в обучении: Теоретико- экспериментальное исследование. – М.: Педагогика, 1980. 88 бет.
Rassom-o‘qituvchining «RANGTASVIR» tarkibini quyidagilar tashkil etmog‘i lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |