Anvar va Bahromning Duopoliya sharoitidagi suvning narxi va miqdorini muhokama qilishdan oldin, agar suv bozori yo mukammal raqobat yoki Monopolistik bo`lgandagi qisqacha natijasini keling ko`rib chiqamiz. Bular tabiiy darajaning ikki qutbidir.
Agarda suv bozorida mukammal raqobat bo`lsa, har bir firma ishlab chiqarish qarori narxni chekli harajatlarga teng darajada belgilashga olib keladi. Biz bu nasos bilan tortib olingan qo`shimcha suvning chekli harajati nol bo`lishini qabul qilganmiz, suvni muvozanatli narx ham mukammal raqobat sharoitida nol bo`ladi. Bunda muvozanatli miqdori 120 bochka bo`lar edi. Suvning narxi uni ishlab chiqarish harajatlarini aks ettirgan bo`lar edi va suvning samarali miqdori ishlab chiqarilardi va iste’mol qilingan bo`lardi.
Hozirda Monopoliya qanchalik o`zini tutishi kerakligini ko`rib chiqamiz. 1- jadval 1 bochka suvning narxi 60 so`m va umumiy miqdor 60 bochka bo`lganida foyda maksimallshtirilganligini ko`rsatadi. Foydani maksimallashtirayotgan Monopolist, shunga ko`ra, mahsulot miqdorini va narxini tanlashi kerak. Bu Monopoliya uchun narx chekli harajatlardan ustun bo`lishi kerak. Natija samarasiz bo`ladi, chunki ishlab chiqarilgan va iste'mol qilinadigan suv miqdori ijtimoiy samarali daraja 120 bochkadan pastga tushib ketadi.
Bizning Duopolistlardan qanday natija kutishimiz kerak? Buning bir sababi
Anvar va Bahrom uchrashadilar va ishlab chiqariladigan suv miqdori hamda uning uchun belgilanadigan narx bo`yicha kelishadilar. Ishlab chiqarish miqdori va uning narxi bo`yicha firmalar o`rtasidagi bunday kelishuv maxfiy kelishuv deb ataladi, va kelishuvga muvofiq harakat qiluvchi firmalar guruhi kartel deyiladi. Bir kun kartel tashkil etildi, bozorga Monopoliya samarali xizmat qildi, ya’ni agar
Anvar va Bahrom o`zaro kelishuvga kirishsalar, ular ushbu bozordan ishlab chiqaruvchilar oladigan umumiy foydani maksimallashtiruvchi Monopol ishlab chiqarish hajmi haqida kelishib oladilar. Bizning ikki ishlab chiqaruvchilarimiz umumiy 60 bochka suv ishlab chiqarardi, va bir bochkani 60 so`m narxda sotgan bo`lardi. Yana bir bor, narx chekli harajatlarni oshiradi, va ijtimoiy natija samarasiz bo`ladi.
Kartel qatnashchilari faqat ishlab chiqarishining umumiy darajasi haqidagina bir fikrga kelibgina qolmay, balki uning har bir a'zosi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori haqida ham bir fikrga kelishlari kerak. Bizning holda, Anvar va Bahrom Monopoliya mahsuloti 60 bochkani o`zlari o`rtasida qanchalik taqsimlashlarda o`zaro kelishishlari kerak. Kattaroq bozor ulushi katta foydani anglatadi, chunki kartelda har bir a'zosida bozorning katta ulushini olish istagi paydo bo`ladi. Agar Anvar va Bahrom bozorini teng bo`linishiga rozi bo`lsa, ularning har biri 30 bochka ishlab chiqarib, har bir narx bir bochka uchun so`m 60 bo`lardi va har biri 1800 so`mdan foyda ko`rishadi.